Filogenetik daraxtlar haqida umumiy tushuncha
Filogenetik daraxtlarda bizni qiziqtirayotgan turlar daraxt shoxlarining uchlarida joylanadi. Ushbu shoxlar turlarning evolyutsion tarixini ifodalagan holda oʻzaro tutashgan boʻladi. Umumiy ajdoddan rivojlanib chiqishi shoxlanish (yaʼni ikkiga ajralish) bilan ifodalanadi. Har bir shoxlanish nuqtasida shu shoxlardagi turlarning eng soʻnggi umumiy ajdodi joylashadi. Daraxtdagi har bir chiziq uzoq davom etgan rivojlanishdagi avlodlar ketma-ketligini ifodalaydi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun filogenetik daraxtlar mavzusini koʻrib chiqing.
Filogenetik daraxtni oʻqiy olgan taqdiringizda ham sizni bir savol qiynashi mumkin: filogenetik daraxtlar oʻzi qanday tuziladi? Ushbu maqolada filogenetik daraxtlar qanday tuzilishi bilan yaqinroq tanishib chiqamiz.
Filogenetik daraxt tuzish ortidagi asosiy gʻoya
Filogenetik daraxt qanday tuziladi? Uning asosida Darvinning “modifikatsiyalangan avlod” nazariyasi yotadi. Umuman olganda, hozir mavjud organizmlardagi yangi paydo boʻlgan oʻzgarishlarga (yangi belgilarga) qarab ularning umumiy ajdoddan qanday rivojlangani haqida taxmin qilish mumkin.
Misol tariqasida quyida berilgan filogenetik daraxtni koʻrib chiqaylik (oʻylab topilgan sichqonsimon organizmlarning evolyutsion tarixi keltirilgan). Rasmda evolyutsiyaning turli bosqichlarida uchta yangi belgi paydo boʻlgani tasvirlangan: hurpaygan dum, katta quloq va moʻylovlar. Belgi paydo boʻlgan ajdoddan rivojlangan barcha turlarda ushbu belgi bor (rasmda alohida ajratilgan), ajdod paydo boʻlishidan oldin filogenetik daraxtdan shoxlangan turlarda esa ushbu belgi mavjud emas.
Agar filogenetik daraxtni sinflar uchun tuzadigan boʻlsak, belgilar odatda jadval koʻrinishida beriladi. Biz esa uni daraxt koʻrinishiga keltirishimiz kerak. Misol uchun, quyidagi jadvalda turli belgilarning bor (+) yoki yoʻqligi (-) koʻrsatilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |