О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim vairligi Jizzax Davlat Pedogika Universiteti Sirtqi bo’lim biyologiya fakultuti Biyologiya o’qitish metotikasi kurs ishi mavzu: A. Engler va A. Taxtadjyanlarning filogenetik sistemalari taxlili


Filogenetik daraxtni tuzish namunasi


Download 187.08 Kb.
bet12/16
Sana13.02.2023
Hajmi187.08 Kb.
#1193401
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Eragashov O\'lmasov

Filogenetik daraxtni tuzish namunasi
Agar siz qachonlardir biolog olim boʻlsangiz va ilmiy ishingiz uchun filogenetik daraxt tuzishingiz zarur boʻlsa, dastlab unda organizmlar guruhini tanlab olishingiz kerak boʻladi. Bundan tashqari, ushbu organizmlarning qaysi belgilariga asoslanib filogenetik daraxtni tuzishni ham aniqlash zarur (ularning bir nechta jismoniy, biokimyoviy va xulq-atvor belgilaridan ayrimlari tanlab olinadi).
Bizning misolimizdagi minoga jagʻsiz, normal skeletga ega boʻlmagan baliq boʻlib, u tashqi guruh vakili sanaladi (mustahkamlash uchun maʼlumotlar yana takrorlandi). Minogada jadvalda berilgan belgilarning hech qaysisi yoʻq. Unda oʻpka, jagʻ, pat, halqum va yung mavjud emas. Ushbu maʼlumotga tayangan holda, ushbu belgilarning boʻlmasligi ajdod belgi, ularning boʻlishi esa yangi paydo boʻlgan belgi deb aytish mumkin.

Belgi

Minoga

Antilopa

Oqbosh suvburgut

Alligator

Dengiz okuni

Oʻpka

0

+

+

+

0

Jagʻ

0

+

+

+

+

Pat

0

0

+

0

0

Halqum

0

0

+

+

0

Yung

0

+

0

0

0

Robert Bear va boshqalar CC BY 4.0 ʼga tegishli “Taxonomy and phylogeny: Figure 4” (Taksonomiya va filogeniya: 4-rasm) nomli jadval oʻzgartirib olindi.
Endi organizmlar guruhining oʻxshash belgilariga asoslanib filogenetik daraxt qurishga kirishishimiz mumkin. Birinchi navbatda eng koʻp organizmlarda uchraydigan belgini tanlaymiz. Bizning misolimizda bu jagʻning boʻlishidir. Tashqi guruh (minoga)dan tashqari barcha organizmlarda jagʻ bor. Shuning uchun daraxtdan birinchi boʻlib minoga boshqa turlardan shoxlanib chiqadi. Qolgan barcha organizmlarni esa jagʻ mavjud boʻlgan guruhga kiritamiz.

Rasm Robert Bear va boshqalar CC BY 4.0ʼga tegishli Taxonomy and phylogeny: Figure 6 (Taksonomiya va filogeniya: 6-rasm) nomli grafik materialga asoslangan.
Endi ikkinchi oʻrinda eng koʻp tarqalgan belgini qidiramiz. Bu belgi oʻpka boʻlib, u antilopa, oqbosh suvburgut va alligatorda bor, dengiz okunida esa yoʻq. Bunga asoslanib dengiz okunining oʻpkaga ega boshqa turlardan (antilopa, oqbosh suvburgut va alligator) shoxlanib, chiqib ketishini chizishimiz mumkin.

Rasm Robert Bear va boshqalar CC BY 4.0ʼga tegishli Taxonomy and phylogeny: Figure 6 (Taksonomiya va filogeniya: 6-rasm) nomli grafik materialga asoslangan.
Shu yoʻsinda davom etib, keyingi oʻrinda keng tarqalgan belgini qidiramiz. Bu belgi halqumning mavjudligi boʻlib, u alligator va oqbosh suvburgutda bor, antilopada esa yoʻq. Bunga asoslanib antilopaning halqumga ega organizmlardan (alligator va oqbosh suvburgut) shoxlanib chiqishini chizishimiz mumkin.

Rasm Robert Bear va boshqalar CC BY 4.0ʼga tegishli Taxonomy and phylogeny: Figure 6 (Taksonomiya va filogeniya: 6-rasm) nomli grafik materialga asoslangan.
[Lekin nima sababdan oqbosh suvburgut chapga, alligator esa oʻngga qoʻyilgan?]
Yung va pat singari qolgan belgilar-chi? Bu belgilar yangi paydo boʻlgan boʻlsa-da, ular faqat bir tur vakillarida uchraydi. Umumiy boʻlmagan yangi paydo boʻlgan belgilar filogenetik daraxtni qurishda yordam bermaydi. Shunga qaramasdan, ularni toʻgʻri joylashtirish mumkin. Masalan, pat oqbosh suvburgut shoxlangan joyga, yung esa antilopa shoxlangan joyga qoʻyiladi.

Rasm Robert Bear va boshqalar CC BY 4.0ʼga tegishli Taxonomy and phylogeny: Figure 6 (Taksonomiya va filogeniya: 6-rasm) nomli grafik materialga asoslangan.

Download 187.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling