О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim vairligi О‘zbekiston Milliy Universiteti “Ekologiya” fakulteti


- Rasm. 2015 yilda О‘zbekiston hududining chо‘llanish darajasi


Download 199.6 Kb.
bet3/5
Sana25.02.2023
Hajmi199.6 Kb.
#1230859
1   2   3   4   5
Bog'liq
Halilov Jasur. Ko`rs ishi.

1- Rasm. 2015 yilda О‘zbekiston hududining chо‘llanish darajasi.

2 – Rasm. 2030–2040 yillarda О‘zbekiston hududining chо‘llanish darajasi (prognoz)
Chо‘llanish darajasini kо‘rsatuvchi belgilar Olimning aytishicha, 2015 yildagi О‘zbekiston hududining chо‘llanish jarayoni aks etgan 1 million masshtabli xaritada yashil hududlar kо‘pligini kо‘rish mumkin. Shu holatda О‘zbekiston 80ga yaqin quruq va hо‘l mevani yetishtirib, 180ga yaqin mamlakatga eksport qiladi.
“Agar chо‘llanishga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirmasak, 2030–40 yillarga borib, eksport hajmi keskin tushib ketadi. Bu jarayon yildan yilga kuchayib boryapti. Masalan, janubiy, sharqiy, shimoliy va borgan sari g‘arbiy viloyatlarga qarab chо‘llanish jarayoni tezlashyapti.
Qarnachо‘l, Mirzachо‘l, Sherobod, Dalvarzin, Qoraqalpoq chо‘llari chegaralari kengayishda davom etyapti. Ular qatoriga о‘tgan yillar ichida eng yosh bо‘lgan chо‘l – Orolqum ham qо‘shildi. Orolqum hozir 60 yoshga tо‘ldi va uni dunyodagi eng yosh chо‘l desak, mubolag‘a bо‘lmaydi.
Orolqum chо‘li Turkmanistondagi Qoraqum chо‘li bilan О‘zbekistondagi Qizilqumni birlashtirib yubordi. Avval bularning о‘rtasidan Amudaryo oqib о‘tardi”.
Rafiqov Orolning tubidan kо‘tarilgan chang tuz, 300–400 kilometr radiusda atrofga yog‘ilayotgani haqida ham tо‘xtaldi. 2018 yil chо‘llanishning bevosita ta’siri mayda chо‘l zonasidan kо‘tarilgan qum changlar respublikamiz va Turkmaniston, hamda Qozog‘istonga ta’sir kо‘rsatdi [5].


XULOSA
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA CHО‘LLANISH VA QURG‘OQCHILIKKA QARSHI KURASHISH BО‘YICHA ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH ChORA-TADBIRLARI TО‘G‘RISIDA.

  1. Respublikada chо‘llanishning oldini olish, о‘rmonlarni qayta tiklash va ihota о‘rmonlarini kо‘paytirish bо‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda respublika hududining 70 foizi yoki 31,4 mln ga tabiiy shо‘rlanishga, qum kо‘chkilari, changli bо‘ronlar va garmsellar tarqalishi ta’siriga uchragan qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil maydonlardan iborat. Orol fojiasi oqibatida 5,5 mln gektardan ortiq maydonli Orolqum chо‘li vujudga kelgan.
Yerlar chо‘llanishining oldini olish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish sohasida amaldagi davlat boshqaruvi tizimi ushbu yо‘nalishdagi ishlarni samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash imkonini bermayapti.
Chо‘llanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash bо‘yicha ishlarni olib borish samaradorligini oshirish, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini samarali bajarishni ta’minlash maqsadida:
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi 125-I-son qarori bilan Qattiq qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan va (yoki) chо‘lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, Afrikada chо‘lga aylanib borishlarga qarshi kurash bо‘yicha BMT Konvensiyasi (keyingi о‘rinlarda — Konvensiya) ratifikatsiya qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. О‘zbekiston Respublikasi О‘rmon xо‘jaligi davlat qо‘mitasiga quyidagi qо‘shimcha funksiyalar yuklansin:
respublikada chо‘llanishning oldini olish, о‘rmonlarni qayta tiklash va ihota о‘rmonlarini kо‘paytirish bо‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
О‘zbekiston Respublikasining chо‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bо‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish;
chо‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish masalalari bо‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali о‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
О‘zbekiston Respublikasida chо‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bо‘yicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadigan vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;
Konvensiya talablarini bajarish doirasida О‘zbekiston Respublikasining milliy vakolatli organi vazifalarini amalga oshirish.
3. О‘zbekiston Respublikasi О‘rmon xо‘jaligi davlat qо‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasida О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining Konvensiya doirasida xalqaro majburiyatlar bajarilishi uchun mas’ul bо‘lgan shtat birliklarini kerakli miqdorda tugatish hisobiga boshqaruv xodimlarining shtat soni 4 nafardan iborat bо‘lgan CHо‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tashkil etilsin.
4. О‘zbekiston Respublikasi О‘rmon xо‘jaligi davlat qо‘mitasi:
doimiy ravishda Konvensiya doirasida О‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari о‘z vaqtida va zarur darajada bajarilishini ta’minlab borsin;
chо‘llanishning oldini olish, qurg‘oqchilikka qarshi kurashish, о‘rmonlarni qayta tiklash va ihota о‘rmonlarini kо‘paytirish bо‘yicha yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xorijiy ixtisoslashtirilgan tashkilotlar mutaxassislarini zarur hollarda jalb qilsin;
har chorakda chо‘llanishning oldini olish, qurg‘oqchilikka qarshi kurashish, о‘rmonlarni qayta tiklash va ihota о‘rmonlarini kо‘paytirish bо‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida bajarilgan ishlar haqida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
5. Tashqi ishlar vazirligi О‘zbekiston Respublikasining chо‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bо‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish yuzasidan О‘zbekiston Respublikasining milliy vakolatli organi funksiyalari О‘zbekiston Respublikasi О‘rmon xо‘jaligi davlat qо‘mitasiga yuklatilgani tо‘g‘risida belgilangan tartibda Konvensiya Kotibiyatiga xabarnoma yuborsin.
О‘zbekiston Respublikasi О‘rmon xо‘jaligi davlat qо‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda:
О‘zbekiston Respublikasida chо‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bо‘yicha 2019 — 2023 yillarga mо‘ljallangan «Yо‘l xaritasi»ni;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan о‘zgartirish va qо‘shimchalar tо‘g‘risida takliflarni kiritsin.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish О‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.



Download 199.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling