O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomli jdpi tarix fakulteti Milliy g’oya, Ma’naviyat asoslari va Huquq ta’limi yo’nalishi


Ma’naviy hayotdagi islohotlar jamiyat hayotidagi o’zgarishlarning muhim yo’nalishi


Download 118.87 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi118.87 Kb.
#1551662
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dilora

2.3. Ma’naviy hayotdagi islohotlar jamiyat hayotidagi o’zgarishlarning muhim yo’nalishi.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu vaqt va makondagi darajasi ko’p jihatdan fuqarolar ma’naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma’naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qonlirilishiga bog’liqdir. Mustaqillik davrigacha va undan keyingi o’tgan tarixan qisqa muddat ichida ro’y bergan holatlar, jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-mafkuraviy sohasidagi o’zgarishlar bizga sho’rolar mustabid tuzumi hamda istiqlol yillarida O’zbekistonning real hayotida xolisona javob izlashga va unga erishishga imkon beradi.
Хususan, eng avvalo, mamlakat xukumati, Prezidentning ma’naviy-ma’rifiy omillarga nisbatan munosabati shakllandi. Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustivor yo’nalishi, deb hisoblandi. Joylarda ma’naviyat bilan bog’liq shularning amalga oshirilishi uchun butun ma’suliyatning hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmalariga yuklatilishi juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
Ikkinchidan, ma’naviyati yuksak millat va davlatnigina kelajagi buyuk yuulishi mumkin ekanligi to’g’risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. Darhaqiqat iqtisodiy-siyosat omillarning har qanday davlat, millat hayotidagi o’rni va roli kattadir. Biroq, ma’naviy omillargina jamiyatda sodir bo’lgan barcha muammolarni hal etishga qodir omil ekanligi endi haqiqatdir.
Uchinchidan, ma’naviyat va ma’rifat jamiyatni poklantiruvchi kuch ekanligi e’tirof etilmoqda, zero sho’rolar mustabid tizimi davridan qolgan yaramas «ma’naviy» merosdan poklanmasdan turib istiqlolga ximazt qiladigan, fuqarolik qalbi va ongini yangilashga qodir ma’naviyatni shakllantirish mumkin emas.
Тo’rtinchidan, istiqlol davri O’zbekiston jamiyati ma’naviyatining eng muqaddas maqsadlaridan biri-o’tmish tarixiy-madaniy, ilmiy, axloqiy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlariga sho’ro davrida tarkib topgan munosabat kib «illat» sifatida emas, aksincha, jamiyatni poklantiruvchi va kelajakni ma’naviy jihatdan mustahkamlovchi omil asnosida qarashdan iborat jamoatchilik fikri shakllandi.
Beshinchidan, istiqlol davrida ma’naviyatning har qanday siyosiy hukmron mafkuralardan holiligi, muhimi, shakllanayotgan milliy mafkuraning ma’naviyat bilan uyg’unligi ta’minlandi. Mamlakat Perizdenti Islom Karimov qayd etganidek, mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo’lgan eng ustivor vazifa «xalqimiz orasida katta ma’rifiy-amaliy ishlarni olib borish, milliy mafkuramizga kuch-kuvvat beradigan, keng ommaga ta’sir o’tkazishga, xalqni o’ziga tarafdor etishga xizmat qiladigan siyosiy, ijitmoiy, iqtisodiy, ma’naviy manbalarni to’g’ri belgilab olishdir.
Mustaqil O’zbekistonda istiqlol ma’naviyat sohasida mavjud bo’lgan vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik sharoitida muttasil ravishda bajarilib kelinmoqda. Chunonchi, agar istiqlolning dastlabki yillarida jamiyat ma’naviy hayotida turgan eng bosh vazifa fuqarolarda sho’rolar davriga xos tafakkurni eskicha fikrlash sarqitlarini bartaraf etish edi. Mazkur masalada qator yutuqlarga erishildi. Biroq, bu borada hali talay ishlarni bajarish lozim.
Ikkinchi, eng muhim vazifalardan yana biri erkin fuqarolik jamiyatining ma’naviyatini shakllantirishdir, zero «ozod, o’z haq-huquqilarini yaxshi taniydigan. Boqimandalikning har qanday ko’rinishlarini o’zi uchun or deb biladigan, o’z kuchi va aqliga ishonib ashaydigan, ayni zamonda o’z shaxsiy manfaatarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iboratdir.
Ma’naviyat targʻibot markazi hamda Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlashtirish yoʻli bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qayta tashkil etildi.
Eslatib oʻtamiz, Markaz Prezidentning 25.08.2006 yildagi PQ–451-son qarori bilan ikkita tashkilotga ajratilgan edi. 
Markaz zimmasiga quyidagi asosiy vaziflar yuklatildi:

  • amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini targʻibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish, “Ma’rifat” targʻibotchilar jamiyatini tashkil etish;


  • dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va gʻoyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali gʻoyaviy kurash olib borish;


  • jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;


  • milliy gʻoyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari oʻrtasida keng targʻib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuygʻularini kuchaytirish;


  • targʻibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh хususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish;


  • ma’naviy-ma’rifiy targʻibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta’minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazishni muntazam yoʻlga qoʻyish;


  • yoshlarda sogʻlom dunyoqarash, jumladan, kitobхonlik koʻnikmasini shakllantirish, internet, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda gʻoyaviy va aхborot хurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;


  • mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;


  • хalqimizning tariхiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz oʻrtasida dinlararo bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik va oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish.

Oʻrnatilishicha, Prezident Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining raisi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari tegishli ravishda hududiy kengashlarga boshchilik qiladi.
Markaz rahbari uning tuzilmasiga хodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega va maqomi, maishiy ta’minoti, tibbiy va transport хizmatidan foydalanish shart-sharoitlariga koʻra – vazirga, Markaz rahbarining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari – tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Dunyoning qariyb barcha mamlakatlari ko’p millatli. Respublikamiz ham ana shunday boy, turfa madaniyatlar gullab yashnayotgan mamlakatlardan biri ekani har bir O’zbekistonlikka iftixor baxsh etadi. O’zbekistonni o’z Vatani deb bilib, uning taraqqiyoti yo’lida fidokorona mehnat qilayotgan turli millatga mansub yurtdoshlarimizdan har biri buni dildan teran his qilmoqdalar. Olib borilayotgan oqilona milliy siyosat tufayli Respublikamizda qaror topgan tinchlik ijtimoiy totuvlik o’zaro hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.1
Respublika Baynalminal Madaniyat Markazi (RBMM) va milliy madaniyat markazlari (MMM)ning faoliyati bu yerda yashovchi xalqlarning milliy an’analari, urf odatlari va marosimlarini qayta tiklash, ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg’unlashtirishga qaratilgan. Turli millatlarga mansub fuqarolarimizning katta umumxalq bayramlariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish, mamlakat madaniy turmushidagi shonli voqealarni nishonlashda faol ishtirok etayotganliklari samimiy sahovat va mehr oqibat muhitini yaratmoqda.
Bu muhit bizga yagona oila tuyg’usini qayta qayta his etish 1 Internet ma'lumoti www.wikipediya.uz/ milliy istiqlol g’oyasi/ arg. 15 "O’zbekiston umumiy uyimiz" degan so’zlar zamiridagi chuqur ma’noni anglab olish imkonini beradi, Dastlabki milliy madaniyat markazlari Koreyslar, Qozoqlar, Yaxudiylar, Armanlar tomonidan Respublika viloyatlarida 1989 yilda tuzildi. O’sha paytda ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turish maqsadida O’zbekiston hukumatning qaroriga binoan Madaniyat ishlari vazirligi huzurida Respublika millatlararo madaniyat markazi tashkil etildi. Ammo bu markazlarning chinakam rivojlanish va ravnaq topishi 1991 yildan mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin isbotlandi. 1992 yilning yanvarida birinchi Prezident I.A.Karimovning tashabbusi bilan Respublika millatlararo Baynalmilal markazi qoshidagi Madaniyat ishlari vazirligi Respublika baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi. Shu tariqa uning faoliyati negizida millatlar va elatlarni jipslashtirishga asosiy e’tibor qaratildi. RBMM to’g’risidagi nizomda uning mustaqil muassasa ekanligi belgilab qo’yilgan. Markaz milliy madaniy markazlarning faoliyatiga raxbarlik qiladi. O’zbekistonda yashovchi milliy guruhlarning madaniy extiyojlarini qondirishda davlat idoralariga va jamoat tashkilotlariga ko’maklashadi.1 Respublika Baynalminal Madaniyat Markazining moddiy texnikaviy baza bilan ta’minlanishi RBMM va MMM ishlarini faollashtirdi, ularning birlashuvi va samarali hamkorlik qilishi uchun keng istiqbollar ochdi. Uning tarixiy va xuquqiy asoslari. "Dinlararo bagrikenglik g’oyasi — xilmaxil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi"1 . Din qadimqadimdan aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o’zida mujassam etib keladi. Milliy va diniy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham ularni bir-birlari bilan yaqin mushtarak maqsadlarga egaligidadir. Chunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanadi, yaxshilik tinchlik do’stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik mehrshafqat va bag’rikenglikka da’vat etadi. Hozirgi zaminda bu g’oya ezgulik yo’lida, nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Masalan, azal-azaldan diyorimizda turli diniy ta’limotlar yonmayon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov, xonaqohlarning mavjud bo’lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o’z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig’idir. 
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling