O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim vazirligi o’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakulteti tarix o’qitish metodikasi yo’nalishi


Ilk oʻrta asrlarda Yevropada feodal tarqoqlik kuzatildi. Keyin birlashgan Yevropani yaratishda xristianlikning roli katta bo’ldi


Download 1.12 Mb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1550065
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi

Ilk oʻrta asrlarda Yevropada feodal tarqoqlik kuzatildi. Keyin birlashgan Yevropani yaratishda xristianlikning roli katta bo’ldi.



II. Asosiy qism
2.1 Xitoyda feodal munosabatlar Xan imperiyasi va shimoldagi qabilalar ibtidoiy jamoa tuzumi zaiflashuvi asosida tarkib topa boshlagan.
Xan davlati Buyuk Xitoy devoridan Janubiy Xitoy dengizigacha bo„lgan hududda joylashgan bo’lib, 50 milliondan ortiq aholi yashagan. Qadimiy poytaxtlari Chan'an (Sian) va Loyan shaharlari edi. Xalq nomi xanlar bo’lgan. Ipakchilik, kulolchilik, qurolsozlik, qog’oz ishlab chiqarish rivojlangan.
O’zaro urushlar va 184- yildagi «Sariq peshonabog’lilar» qo’zg’oloni mamlakatning zaiflashuviga sabab bo„lgan. Natijada, imperiya uch lashkarboshi tomonidan bo’lib olinib, «Uch podsholik davri» boshlangan.
Birinchi podsholik mamlakat shimoli va poytaxt tumanlarida vujudga kelib, unda qo’zg’olon rahbarlaridan biri Sao-Sao hukmronlik qilgan. Ikkinchi podsholik U deb nomlanib, janubi-sharqda hozirgi Nankin tumani hududida bo’lgan. Uchinchisi esa mamlakat g’arbidagi Shu davlati edi.
265- yilda Vey lashkarboshisi Sima Yan Sao-Sao avlodini tugatib Szin sulolasiga asos solgan. Shimolliklar dastlab Shu, 280- yilda esa U davlatini egallaganlar va imperator Sima Yan hukmronligi o’rnatilgan.
280- yil Sima Yan tomonidan chiqarilgan qishloq xo’jaligi tizimi to’g’risidagi farmonga binoan, xazina foydasiga ma'lum shartlarni bajargan, mehnatga layoqatli 16–60 yoshli erkak va ayollar yer olishga huquqli bo’lgan. 13–15 va 61–65 yoshlilar esa belgilangan yerning yarmini olishlari mumkin bo’lgan. Yosh bolalar bilan qariyalarning yer olish uchun huquqlari bo’lmagan, shuningdek, ular soliq ham to’lamaganlar. Yer olganlar hosilning beshdan ikki qismini soliq sifatida to’laganlar. Har bir hovlidan, agar boshliq erkak bo’lsa, uch dona shoyi matosi va 3 o’lchov birligida ipak olingan. Agar oila boshlig’i ayol, o’smir yoki qariya bo’lsa, u holda belgilangan soliqning yarmi to’langan. Davlat ishlarida 11

yildaga o’ttiz kun ishlab berish majburiyati bo’lgan. Uzoq va chegara tumanlarida mazkur majburiyat muddati qisqaroq bo’lgan.


Bu tizim keyingi asrlardagi agrar tadbirlarning ham asosi bo’lib xizmat qilgan. Davlat xizmatidagi boyroq odamlarni jalb qilish maqsadida egallagan lavozimi va darajasiga qarab yer berilgan.
Oliy darajadagi amaldor mulkidagi davlat solig’idan ozod bo’lganlar soni 50 hovlidan oshmasligi shart bo’lgan. Islohot yuqori tabaqa manfaatlariga mos bo’lib, yerga davlat va xususiy egalik birlashib ketgan. Shuning uchun o’zaro raqobat zaif bo’lgan.
289- yil Sima Yan o’limidan so’ng taxt uchun kurash boshlanib, unga ko’chmanchi syanbi, uxuan va xunnlar aralashgan.
Birinchi podsholik
2.2. Biologiya va anatomiya fanlari o’rta asrlarda sezilarli darajada rivojlanmadi bunga bosh sabablardan biri yevropada nasroniylik dinining tasiri kuchli edi. Ayniqsa odam haqidagi ilmiy qarashlarning deyarli barchasiga katolik cherkovi juda katta qarshilik ko’rsatar edi. Hattoki ushbu sohada yangilik qilganlarni ko’pchiligini o’lim jazolanar edi. Bu davarda biologiya va anatomiya sohasida Leonardo da Vinchi, Konrad Gesner, F. Paraselsus, Vesallus va Uilyam Garvi kabi ko’plam olimlar o’z xissalarini qo’shdilar.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling