O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 0.8 Mb.
bet3/4
Sana31.03.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1314420
1   2   3   4
Bog'liq
ZF

3.Tarixda shahsning roli.


XX asrda M.Veber ilgari surgan tarixiy jarayonning teng huquqli omillari ta'siri haqidagi g‘oyasi asoslab berildi. Ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bir qancha nazariyalari texnika, sanoat, axborot tizimlari, kommunikatsiya, globallashuv kabi omillarni birinchi o‘ringa qo‘yadilar. I.A. Karimov (1938) tarix falsafasini tarixiy xotira bilan uyg‘un holda ko‘radi. Uning fikricha “Inson uchun tarxidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir” . Fikrining davomida u tarixiy xotirasi bor inson irodali inson, jamiyatning har bir a'zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta'siriga olish mumkin emas. tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi, deb ta'kidlaydi. Buning uchun har bir millat o‘zining tarixiy ildizlariga nazar solishi, u yoki bu mafkura ta'sirida xash-po‘shlangan tarixiy xotirani o‘z holicha qayta tiklashga harakat qilishi lozim. “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q” . Shundagina millat, xalq o‘z-o‘zini anglaydi. Tarixchilar millatga uning haqqoniy tarixini ko‘rsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan tarix xalq ma'naviyatining asosidir. N.Jo‘raev (1952) fikricha, vaqt o‘tgan sari insoniyat tafakkuri kengayib, ijtimoiy fanlar taraqqiy topib borishi natijasida tarix falsafasi atrofidagi mulohazalar kengayadi. Uning predmeti va ob'ektiga aniqlik kiritiladi. Shu ilmiy haqiqatdan kelib chiqib, N.Jo‘raev hozirgi zamon tarix falsafasining quyidagi vazifalarini belgilaydi: - insoniyat tarixi rivojlanish qonuniyatlarini, ularning manbalari va mohiyatini o‘rganish; - insoniyat tarixini, jumladan, milliy tarixni ham hozirgacha ta'sirini o‘tkazib kelayotgan .
kommunistik mafkura asosidagi ilmiy metodologiyada mavjud bo‘lgan tamoyillardan voz kechib, milliy istiqlol g‘oyasi asosida o‘rganish va davrlashtirish muammosini hal etish;- sivilizatsiyalar va madaniyatlar yuzaga kelishining yaxlit tizimini ishlab chiqish, ular inqirozi sabablarini chuqur tahlil etish;- tarixiy jarayonning umumiy shaklini tahlil etish, ularni o‘tmish, bugun, kelajak tizimida mantiqan o‘rganish hamda insoniyat istiqboli haqida tasavvurlarga aniqlik kiritish;- tarixiy taraqqiyot omillarini diniy va dunyoviy qonunlar nuqtai nazaridan o‘rganish, nazariy jihatdan baquvvat ilmiy va amaliy asoslangan xulosalarni ishlab chiqish;- qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan tadqiq etish va baholash;- insoniyat tarixida to‘plangan moddiy, ma'naviy va madaniy qadriyatlarning tarixiy tahlili orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o‘rganish;- tarixni anglashning yangi yo‘nalishlarini hozirgi zamon falsafiy tafakkur mezonlari asosida belgilash hamda unga tayangan holda ijtimoiy taraqqiyot maqsadlarini aniqlash orqali, tarixning murabbiylik rolini oshirish;- yaxlit insoniyat taraqqiyoti omillarini va manbalarini o‘rganish, shu asosda jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash;- tarix fani predmeti va metodologiyasini hozirgi zamon talablari asosida qayta ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo‘nalishlarini, jumladan, siyosiy tarix, iqtisodiy tarix, din tarixi, san'at tarixi, etnogenezis va boshqa yo‘nalishlar bilan mushtarak holda kompleks tadqiqotlarni olib borish orqali, inson, insoniyat va uning tarix yaxlit mohiyatini ochib berish .Ana shu vazifalarni hal etishda tarix falsafasi va tarix fanining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha, bir qarashda tarix falsafasi va tarix fani bir-biridan ayri yo‘nalishdek ko‘rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqyelikka, insoniyat tarixida qaysidir hodisaga tarixchi tarix ko‘zi bilan qarasa, faylasuf faylasuf ko‘zi bilan qaraydi. Aslida har ikki qarashlar zamirida inson taqdiri, tafakkur tarzi va manfaatlar ustuvorligi yotadiki, bu inson fenomeni va hayot falsafasining mantig‘idir.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling