O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
Farg’ona Davlat Universiteti
Sirtqi bo’limi Pedagogika- Psixologiya yo’nalishi
----guruh talabasi ------------------------ning
Rivojlanish psixologiya va pedagogik psixologiya fanidan yozgan
KURS ISHI
Mavzu: Kichik maktab yoshida muloqot xususiyatlari
2023
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………………...…….3
I. PSIXIK JARAYONLARNI SHAKLLANISHIDA TILNING AHAMIYATI
1.1. Muloqot haqida umumiy tushuncha……………….……………..........…….5
1.2. Muloqotning kommunikativ tomoni………………..……….…………..…..12
1.3. Muloqotning psixologik vositalari va darajalari …………………….....……18
II. SOTSIAL PSIXOLOGIYADA MULOQOTNING NAZARIY O’RGANILISHI…………………………………………………………………24
2.1 Sotsial muloqotning chet el psixologlari tomonidan o’rganilishi…………………..……………………...…………………………….24
XULOSA………………..……………………………………………………….27
TAVSIYALAR…………………………….……………………………………28
ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………………………………29
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da mazkur muammoga alohida e`tibor qaratiladi. Xuddi shu sababli, ta`lim jarayonida o`qituvchi bilan o`quvchilar o`rtasidagi munosabatlar hamda psixologik hamkorlik faoliyatining yangi bir bosqichga o`tib borayotganligini ta`kidlash mumkin. Barkamol avlod kamoloti g`oyasini turmushga tatbiq etish uchun istiqlolning dastlabki kunlaridanoq milliy ma`naviyat, milliy ta`lim va tarbiya masalalari yetakchi muammolardan biri hisoblanmoqda. Ma`lumki, ta`limtarbiya ongning mahsuli va ongning darajasi bo`lish bilan birga ongning rivojini ham belgilaydigan omildir. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Yetarlicha shakllanmagan muloqot madaniyatisiz sog'lom ijtimoiy munosabatlami o'matish mushkul. Muloqot bilan bog'liq muammolar psixologiya fanida chuqur o'rganilgan. Unga tayanib insonning ruhiy taraqqiyotini, uning atrofdagilar bilan bo'ladigan aloqasini, individning shaxs bo'lib shakllanishini muloqotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Chunki muloqot ham insonning o'ziga xos ehtiyojlaridan biri. Insonning go'daklik va o'smirlik davrlarida muloqot yetakchi, ya’ni yangi psixologik xususiyatlarning shakllanishiga bevosita ta.’sir ko'rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanadi. "Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular interiorizatsiyalanadi. Muloqot davomida ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar amalga oshadi, uning vositasida hamkorlikdagi faoliyat ro'yobga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |