O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligiga qarashli denov tadbirkorlik va pedag ogika institutining tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 8bh-20 guruh talabasi elmatov shahzodning xalqaro moliyaviy hisobot standartlari fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 365.51 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi365.51 Kb.
#1378437
Bog'liq
elmatov sh. xmhs 1mavzu


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGIGA QARASHLI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAG OGIKA INSTITUTINING TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI 8BH-20 GURUH TALABASI ELMATOV SHAHZODNING XALQARO MOLIYAVIY HISOBOT STANDARTLARI FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
DENOV-2022

MAVZU: MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARGA KIRISHI.

REJA:

1. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining asosiy mazmuni va uning buxgalterlarni tayyorlash tizimidagi o’rni.

2.Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha qo’mita(MHXSQ)ning maqsadi va uning tavsifi 3. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ishlab chiqish, qabul qilish va foydalanish imkoniyatlari

Aktivlar - avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida olingan va korxona tomonidan nazorat qilinadigan, ularni foydalanishdan kelajakda iqtisodiy naf olinishi kutiladigan resurslardir. Majburiyatlar – bu avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida paydo bo’lgan korxonaning joriy qarzi, ushbu qarzlar qaytarilishi natijasida korxonaning iqtisodiy nafni o’z ichiga olgan resurslarni kamayishiga olib keladi. Xususiy kapital – bu barcha majburiyatlarni ayrgandan keyin korxonaning aktivlardagi bo’lgan ulushi. Foyda - bu xo’jalik sub’ektiga ta’sir etadigan asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyat, hodisalar sharoitlar natijasida kapitalning ko’payishi bo’lib, xususiy kapitalga to’lanadigan kapital bundan mustasnodir.


Zararlar – bu asosiy faoliyat va barcha xo’jalik muomalalari, hodisalar, sharoitlar natijasida xususiy kapitalning kamayishi bo’lib, harajatlar yoki xususiy kapitalning taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir. Daromadlar – bu aktivlarni kelib tushishi yoki ko’payishi yoxud majburiyatlarni kamayishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni oshiradigan iqtisodiy naflarni ko’payishi, ammo aktsiyador kapitalga ta’sischilar tomonidan to’lanadigan badallar bundan mustasnodir. Xarajatlar - bu aktivlarni sarflanishi yoki yemirilishi yoxud majburiyatlarni ko’payishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni kamaytiradigan iqtisodiy naflarni kamayishi, ammo aktsiyador kapitalni ta’sischilar orasida taqsimlanishi bundan mustasnodir

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol o’ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: - ko’pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar uchun asos bo’lib xizmat qilish; - hisob va hisobotga nisbatan o’z talablarini ishlab chiqayotgan alohida mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi (sanoati rifojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda endi rivojlanib borayotgan bozorlar uchun, masalan, Xitoy, Osiyoning boshqa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari ham shular jumlasidandir); - fond birjalari va tartibga soluvchi organlar tomonidan moliyaviy hisobotni

Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga mos ravishda tuzilishini talab qilgan hollarda; - kapital bozorlari uchun standartlar ishlab chiqishda to’lig’icha Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga asoslanishga qaror qilgan Yevropa Komissiyasi kabi milliy organlar tomonidan ishlatishi; - Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talab qilinmaydigan mamlakatlarda ham kompaniyalarp soni ortganligi tufayli foydalanilishi.


AQShning Qimmatbaho qog’ozlar va birjalar bo’yicha Komissiyasi esa quyidagilar haqida 1996 yil 11 aprelda ma’lum qildi: - standartlar buxgalteriya hisobining keng qamrovli bazisini taqdim etuvchi buxgalterlik talablarining asosiy qismini o’z ichiga olishlari kerak; - standartlar yuqori sifatli bo’lishlari shart, chunki ular ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligi, ravshanligi hamda to’liq yoritilishini ta’minlashlari kerak; - standartlar interpretatsiyasi berib borilishi kerak va ularga so’zsiz amal qilinishi kerak. Shunday qilib, MHXSK tomonidan hozirgacha ishlab chiqilgan standartlardan foydalanish xalqaro hamjamiyatga yuqori samara bermoqda, deb xulosa qilish mumkin.
Hisobotlarning xalqaro miqyosdagi turli tumanligi quyidagilarga olib keladi:  moliyaviy hisobotlarni tuzishga ketadigan xarajatlarning mo’ljaldan yuqori darajada bo’lishi – chunki transnatsional kompaniyalar o’z faoliyatlari haqida turli mamlakatlar uchun turlicha hisobotlar tuzishga majbur bo’ladilar;  tijorat kompaniyalari turli mamlakatlardagi faoliyatlari moliyaviy natijalarini baholash uchun yagona tizimga ega bo’lish ehtiyoji tug’iladi. Kompaniyalar, bundan tashqari, ularning tashqi hisobotlari faoliyatni baholashning ichki baholashlariga mos tushishlarini ham xohlaydilar. Bu ikki maqsadga erishish esa turli mamlakatlardagi hisobotlar turlicha bo’lgani holda juda mushkul hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha Komitet (MHXSK) – nodavlat tashkilot bo’lib, unga butun jaxon buxgalterlik faoliyati sohasining vakillari a’zodirlar. Komitet doimiy ravishda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ishlab chiqish va rivojlantirish uchun javobgardir. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari esa, ma’lumki, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish bo’yicha xalqaro miqyosda umumqabul qilingan qoidalardir. MHXSK – mustaqil notijorat tashkilot bo’lib, u butun jaxonda tijorat korxonalari va boshqa tashkilotlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida qo’llaniladigan buxgalterlik printsiplarini muvofiqlashtirishga erishish maqsadida tuzilgandir.

E’TIBORIZ UCHUN RAHMAT


Download 365.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling