O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiya vazirligi
Download 52.99 Kb.
|
Macroeconomics77 Ibroximov I
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI MAKROIQTISODIYOT FANIDAN BIRINCHI MUSTAQIL TA’LIM BO’YICHA TAYYORLANGAN HISOBOT Tayyorladi:Ibroximov I Topshirilgan sana: Qabul qildi:Choriyev F TOSHKENT-2023 Braziliya, rasmiy nomi Braziliya Federativ Respublikasi- Janubiy Amerikadagi eng katta va aholisi eng koʻp boʻlgan mamlakat boʻlib,maydoni 8512 ming km2. Aholisi 215.157 mln kishi.Poytaxti Brazilia shahri.Pul birligi – Braziliya reali. Yirik va yaxshi rivojlangan qishloq xo‘jaligi, tabiiy resurslarni qazib olish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari hamda keng bandlik bazasi bilan Braziliya iqtisodiyoti Janubiy Amerikaning boshqa har qanday davlatidan ustun turadi. Asosiy eksport kofe, temir rudasi, apelsin sharbati, po'lat va samolyotlar (Embraer). Mamlakat samolyot ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi eksporti bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Braziliyaning YaIM hajmi(trillion dollar)1 1-chizma.
Braziliyaning 2015-yildagi YaIM hajmi 1.8 trillion AQSH dollarini tashkil etgan va bu keyingi 2016-yilda ham o’zgarishsiz qolgan. 2017-yilda YaIM hajmi so’ngi yillardagi eng yuqori nuqtasiga yetdi va 2.06 trillion dollarga teng bo’ldi.Keyingi yillarda esa YaIM hamji sezilarli darajada kamaydi va bu 2018-yilda 1.92 trln. dollarni, 2019-yilda 1.87 trln. dollarni tashkil etdi.2020-yilda koronavirus pandemiyasi sababli Braziliya YaIM hajmi ancha pasaydi va 1.45 trln dollarni tashkil etdi.2021-yilda bu ko’rsatkich 1.61 trln dollarni tashkil etdi.
2016-yilda Braziliyaning YaIM hajmining o’sishi -3.3 % ni tashkil etdi.2017-yilda bu ko’rsatkich ancha yaxshilandi va 1.3% ga o’sdi. Uy xo’jaliklari iste’moli,xususiy investitsiyalar va eksport hajmi osishi 2018-yilda YaIM hajmining 1.8% ga o’sishiga olib keldi.2019-yilda bu ko’rsatkich 1.2% ga o’sdi. 2020-yilda YaIM hajmi o’sishi -3.9% ni tashkil etdi va bu holat davlatda qashshoqlikni oshishiga sabab bo’ldi.2021-yilda YaIM hajmi o’sishi so’ngi yillardagi eng yaxshi o’sishni,ya’ni 4.6% ni tashkil etdi.
1,2https://data.worldbank.org/country saytidagi ma’lumotga asosan,muallif tomonidan tayyorlandi. 3-chizma. Braziliyada 2016-yilda inflatsiya darajasi 8.7% ni tashkil etgan.Bunga oziq-ovqat va ichimliklardagi yuqori narxlar sabab bo’lgan.2017-yilda inflatsiya ancha kamaygan va 3.4% ni tashkil etgan.2018-yilda bu ko’rsatkich 3.8% ni,2019-yilda 3.7% ni va 2020-yilda 3.3% ni tashkil etgan.2021-yilda inflatsiya darajasi 8.4% ni tashkil etgan va bunga koronavirus pandemiyasi va yoqilg’i narxlari asosiy sabab bo’lgan. 4-chizma. Braziliya yalpi milliy daromadi 2016-yilda 1.7 trillion dollarni tashkil etgan. Keyingi 2017-yilda esa YaMD i 2 trillion dollar bo’lgan. 2018-yilda ko’rsatkich 1.8 trillion,2019-yilda 1.7 trillion dollarni tashkil etgan. 2020-yilda YaMD ancha pasaygan va 1.4 trillion dollarni tashkil etgan.Bu pasayishga asosiy koronavirus pandemiyasi sabab bo’lgan.2021-yilda YaMD hamji oshdi va 1.6 trillion dollarni tashkil etdi. 3,4https://data.worldbank.org/country saytidagi ma’lumotga asosan,muallif tomonidan tayyorlandi. Download 52.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling