O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi kafedrasi buxgalteriya hisobi va audit
Download 90.95 Kb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazir-fayllar.org
Ichki audit tabiatan majburiy emas, lekin tashkilotning operatsion faoliyatini ko'rib chiqish uchun o'tkazilishi mumkin. Ushbu turdagi auditda ish maydoni korxona rahbariyati tomonidan belgilanadi.
Aksincha, Tashqi audit bu har bir alohida yuridik shaxs uchun majburiydir, bu erda auditorlik tekshiruvini o'tkazish va kompaniyaning Moliyaviy hisoboti to'g'risida o'z fikrini bildirish uchun tashkilotga uchinchi shaxs olib kelinadi. Bu erda ish ko'lami tegishli nizom bilan belgilanadi. 10 Auditorlik tekshiruvining ikki turini tekshirish jarayoni deyarli bir xil va shuning uchun odamlar bu ikkisi o'rtasida adashib qolishadi. Shu bilan birga, ichki audit va tashqi audit o'rtasida juda katta farq mavjud. XULOSA Auditni xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda. Bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga yanada chuqurroq kirib borishi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro standatlarga moslashtirishni taqozo qilmoqda. Bu borada auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mulkchilikning xilma-xil shakllarining vujudga kelishi hamda xo`jalik yuritishning zamonaviy usullarining joriy etilishi xo `jalik yurituvchi sub`ektlarda ichki va tashqi auditni tashkil etish borasida muammolarni vujudga keltirdi. Ichki va tashqi auditni tashkil etishda ishlarni zamonaviy talablar asosida tashkil etishga bo layotga intilish, shak shubhasiz, bu boradagi muammolarni barataraf etishga xizmat qiladi. Ichki va tashqi auditni tashkil etishning hozirgi holati, bu boradagi kamchiliklar, ularni bartaraf etishning imkoniyatlari ko`rsatib o`tildi. Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, ichki va tashqi auditni tashkil etish borasidagi muammolar va ularni barataraf etish bo yi ha takliflar ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Ichki va tashqi auditni tashkil etish xususiyatlari bo`yicha muammolarni o`rganish kurs ishimni yozish davomida quyidagi xulosalarga to’xtalib o’tdim: 1. Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda ichki audit faoliyati tizimining maqsadlari aniqlandi va uning mohiyati hamda tashqi auditdan farqlari qiyosiy tahlil etildi. Ichki auditdan foydalanish usullari bitta tizimga birikadi va xo`jalik yurituvchi sub`ekt boshqarish maqsadida foydalaniladi. Ichki audit ma`lumotlari xo`jalik yurituvchi sub`ekt boshqaruvchilarini, xo`jalik jarayonlaridagi me`yoriy shartlardan og` ishishlar to’g’risida tezkor axborotlar bilan ta’minlaydi. 2. Ichki audit faoliyatini olib borish jarayonlari tahlil etilib, undagi muammolar aniqlandi. Ichki audit xizmatining tashkil etilishi xo`jalik yurituvchi sub`ektlar rahbarining aniq qo`ygan vazifalarini bajarishga qaratilgan bo lib, uning sifati audit tizimining samaradorligini oshiradi. Audit tekshiruvlarini tashkil etish, rejalashtirish, resurslarni aniqlash, tekshirish dasturini tuzish, dastur asosida faoliyat olib borish, auditdan so`ng nazorat jadvalini ishlab chiqish va bu jadval 58 asosida kamchiliklar bartaraf etilishini nazorat ostiga olish kabi bosqichlardan tashkil topadi. 3. Ichki audit tizimining xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyati samaradorligini ta`minlashdagi o`rni beqiyos bo`lsada, hozirda ichki audit tizimini respublikamiz xo`jalik yurituvchi sub`ektlarida joriy etishda bir qator hal etilishi lozim bo`lganmasalalar mavjud. 4. Respublikamiz hududida tashkil qilingan auditorlik firmalarining ko`rsatayotgan tashqi audit xizmatlaridan chet el sarmoyadorlari juda oz foydalanmoqdalar, negaki mahalliy auditorlik firmalari to’la xalqaro andozalarga mos ravishda o`z ishini yo`lga qo`ya olmayotirlar. Buning bir necha sabablari bor, birinchidan tashkil qilinayotgan auditorlik firmalari hajmi jihatdan kichkina bo’lib, ularning mablag’i ham yetarli emas, ikkinchidan, mahalliy auditorlik firmalari to`la metodologik jihatdan yetarli manbalar bilan ta`minlashga, uchinchidan, davlat tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ hujjatlar bilan ta`minlash yaxshi yo`lga qo`yilmagan va nihoyat to`rtinchidan , bu firmalarga ishga qabul qilinayotgan auditorlarning malakasi yetarli emas, ular kompyuterlarda hisobni yuritish sharoitlarida ishlash tajribasidan, ayrim hollarda, hatto, oddiy buxgalteriya qoidalaridan ham xabardor emaslar. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlar uchun qulay variantlardan biri, xususiy auditorlarning tashqi audit faoliyatidan foydalanishni yo`lga qo`yish hisoblanadi. Ma`lumki, qonunning 3-moddasiga asosan auditor malaka sertifikatiga ega bo`lgan jismoniy shaxsdir. Lekin, shaxs sifatida xususiy auditorlik faoliyati bilan shug` ullanishining huquqiy tomonlari, yani ularning huquqlari va majburiyatlari qonunda o z aksini topmagan. Hozirgi bozor talablaridan kelib chiqib, xususiy auditor o`z faoliyati natijasida kelib chiqadigan javobgarlik masalasini qanday hal qilishini atroflicha o`ylab ko`rish lozim. 5. Ichki va tashqi audit xizmatlarini xalqaro amaliyot bilan integratsiyalashuvini ta`minlash, respublikamiz miqyosida auditorlar va auditorlik tashkilotlari o`rtasida raqobatni kuchaytirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish mamlakatimiz iqtisodiyotini barqarorlashtirida va rivojlangan mamlakatlar qatorida o`rin olishida asosiy mexanizmlardan biri bo’lib xizmat qiladi. Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash joizki, puxta rejaga asosan amalga oshirilayotgan auditorlik tekshiruvlari muddat va sifat jihatdan tekshiruvni amalga oshirayotgan auditorlik tash iloti u hu yuqori aflili ega bo ladi. Oqibatda teshiruv ob`e kti bo`lib hisoblanayotgan iqtisodiy sub`ekt faoliyati yetarlicha o`rganilib mavjud oliyaviy holat yuzasida xolis xulosa tuziladi. Bu esa davlatning xo`jalik sub`ektlari va tashkilotlar ustida o`rnatgan nazorat tizimining asosiy maqsadini belgilab beradi. Bunda tegishli huquqiy organlarga taqdim etilajak auditorlik tekshiruvi xulosalari haqqoniylik va yuqori sifatda amalga oshirilganligi jihatdan maqsadga muvofiqdir. Download 90.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling