Mashinada ipsiz tikish. Asbob va materiallar: tikuv mashinasi, ipsiz tikish uchun gazlama bo‘lagi yoki qog‘oz, chizg‘ich, qalam.
Gazlama bo‘lagi yoki qog‘ozga chizg‘ich yordamida orasi 2 sm ga teng bo‘lgan parallel chiziqlar o‘tkaziladi.1
Mashinaning moylarini artib, tepkisi ko‘tarib qo‘yiladi.
Gazlamani yoki qog‘ozni tepki tagiga qo‘yib, igna so‘ngra tepki tushiriladi va tikish boshlanadi.
Parallel chiziqlar bo‘ylab baxyaqator tikiladi. Bunda choklarning to‘g‘ri bo‘lishiga e’tibor beriladi.
Ignani, tepkini ko‘tarib, gazlamani yoki 1 qog‘ozni chap qo‘l bilan tortib, tepki va igna tu shirib qo‘yiladi.
Mashinaga ip o‘tkazish. Kerakli ish jihozlari: tikuv mashinasi, g‘altak ip. Ustki ipni o‘tkazish (1-rasm).
Mashinani ish holatiga keltirib, ignasi yuqoriga ko‘tariladi (ignaning ariqchasi ichkari o‘ng tomonda turishi kerak).
Ipli g‘altak maxsus ustunchaga o‘r natiladi va ip yo‘naltirgich – 1 orqali o‘tka- 32-rasm. Ustki ziladi. ipni o‘tkazish.
2-rasm. Ostki ipni o‘tkazish.
Ustki ipni rostlovchi ikki tarelkacha – 2 orasidan va moslovchi prujina – 3 orqali o‘tkaziladi.
Ip tortkich teshikchasi – 4 orqali o‘tkazilib, yon qopqoqdagi ip yo‘li – 5 bilan, igna ustunidagi ip yo‘liga – 6 (ilgakdan) o‘tkaziladi.
Ip igna teshigiga ip yo‘li orqali – 7 ignaning ariqchasi tomonidan o‘tkaziladi, ipning ortiqcha uchi 10–15 sm bo‘ladi. Ostki ipni o‘tkazish (2-rasm):
Ip o‘ralgan naycha mokiga o‘rnatiladi (2-rasm, a).
Naychadagi ipni mokidagi ip chiqaruvchi prujina orasidan o‘tkaziladi, ipning ortiqcha qismi 10–15 sm bo‘ladi (2- rasm, b).
Moki o‘zining uyasiga o‘rnatiladi (2-rasm, d).
Ustki surilma plastinkani yopib, mokidagi ip igna plastinkasining teshikchasidan chiqariladi (2-rasm, e).
Har ikkala ipni tepkining orqasiga o‘tkazish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |