O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan vainnovatsiyalar


shahri eng yuqori faollik barometri indeksi bilan reytingda 1-o‘rinni egalladi.  Keyingi o‘rinlarni Samarqand


Download 267.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi267.01 Kb.
#1515212
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IQTISODIY VA IJTIMOIY SOHADAGI 14 USTUVOR XALQARO REYTINGLAR VA ULARGA O\'ZBEKISTONNING INTEGRASIYALASHUVI

shahri eng yuqori faollik barometri indeksi bilan reytingda 1-o‘rinni egalladi. 
Keyingi o‘rinlarni Samarqand va Sirdaryo viloyatlari egalladi. 
Nisbatan past ko‘rsatkichlar Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida 
kuzatildi. 
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari Sherzod 
Otaboyevga ko‘ra, iqtisodiy faollikni baholashda 12 ko‘rsatkich hisobga olinadi. 
“Eng birinchi ishlab chiqarish faolligi, ya'ni hududda sanoat mahsulotlari va 
iste'mol tovarlari ishlab chiqarish, qurilish ishlari, xizmat ko‘rsatish va chakana 
savdo aylanmasi hajmlaridagi o‘sish sur'atlarini ifodalaydigan 5 ta ko‘rsatkich 
hisobga olinadi. 
Tadbirkorlik faolligini ham 5 ko‘rsatkich bilan ifodaladik. Bunda faoliyat 
yuritayotgan kichik biznes sub'yektlari, yangi tashkil etilgan va faoliyatini tugatgan 
kichik biznes sub'yektlari sonining o‘sish sur'atlari, faoliyat yuritmayotgan va 


faoliyatini ixtiyoriy tugatish jarayonidagi kichik biznes sub'yektlarining ro‘yxatdan 
o‘tgan jami kichik biznes sub'yektlari sonidagi ulushi hisobga olindi. Tashqi savdo 
faolligi – tovar va xizmatlar eksport-import hajmlarining o‘sish sur'atlarini 
ifodalaydigan 2 ta ko‘rsatkich ham muhim omil bo‘ldi. 
IFBni hisoblashda nisbiy farqlar va o‘zaro taqqoslash uslublaridan foydalanildi va 
IFB ko‘rsatkichi integral indeksda ifodalandi. Bunda “0”dan “1”gacha qiymatga 
ega bo‘lgan integral indeks qancha “1”ga yaqin bo‘lsa, joriy faollik darajasi 
shuncha yuqoriligini anglatadi va aksincha”, – deydi u. 
Toshkent shahri va Sirdaryo viloyati ishlab chiqarish va tashqi savdo faolligi
Samarqand viloyati tashqi savdo va tadbirkorlik faolligi nisbatan yuqori 
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgani sababli IFB bo‘yicha reytingda yuqori o‘rinlarni 
egalladi. 
Shuningdek, tadqiqotda 2021 yilning yanvar-iyul davrida yanvar-iyun davriga 
nisbatan IFBning o‘zgarishi baholandi. 
Unga ko‘ra, ijobiy o‘zgarishlar Toshkent shahri, Xorazm, Farg‘ona, Andijon, 
Navoiy viloyatlarida yuz berdi va mazkur viloyatlar IFB bo‘yicha tuzilgan 
reytingda o‘z o‘rinlarini yaxshilashga erishdi. Ammo Sirdaryo, Jizzax va 
Surxondaryo viloyatlarida pasayish kuzatildi. 
Ma'lumot uchun, IFB (iqtisodiy faollik barometri) joriy yilning ma'lum bir davrida 
o‘tgan yilning mos davriga nisbatan hududlar o‘rtasida kuzatilgan iqtisodiy faollik 
darajasini ko‘rsatadi va u har oyda hisoblab boriladi. 

Download 267.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling