Интернет сайты:
e-mail: kursy@online.ru (пособия)
http://slovari. yandex.ru
www.gramota.ru.
www. krugosvet.ru (доклады, рефераты)
www.google.ru (поисковая система).
http:// magazines.russ.ru/noviy.mir/ (журналы).
Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi
О‘RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIMNING
“Avtotransportga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash”
О‘zbek tili fanidan
О‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya nomi:
|
Texnik-mexanik
“B” yoki “BC” toifali avtomobil xaydovchisi.
|
O’quv rejadagi tartib raqami:
|
1.06
|
Ajratilgan soat:
|
80
|
Toshkent 2021
Tuzuvchilar:
|
J.R.Qulmuxamedov
|
Toshkent avtomobil va yo’llar
texnikumi direktori
|
|
S.O.Mirshaxo’jaev
|
Toshkent avtomobil va yo’llar
texnikumi o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
|
|
S.S.Raximberdiev
|
Toshkent avtomobil va yo’llar
texnikumi direktor o’rinbosari..
|
|
S.X. Hasanova
|
Toshkent avtomobil va yo’llar texnikumi o’zbek tili va adabiyoti fani
o’qituvchisi
|
|
O.I.Fayziyeva
|
Toshkent avtomobil va yo’llar texnikumi o’zbek tili va adabiyoti fani
o’qituvchisi
|
Taqrizchilar:
|
|
|
|
Ravshanxo’ja Rasulov
|
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti professori, filologiya fanlari doktori.
|
|
Yormat Tojiyev
|
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori.
|
O’quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
O’zbek tili
|
Ajratilgan soat
|
80
|
Мavzular soni
|
40
|
Dasturning maqsadi
|
Ixtisoslik ta’lim yo’nalishidagi bilim, ko’nikma va malaka bilan birgalikda kundalik muloqotga bog’liq hamda ma’naviy- ma’rifiy bilimlarni o’z ichiga oladigan mavzularga ham e’tibor qaratish.
|
O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
|
turli uslubiy ko’rinishdagi asliy matnlarni o’qish (qisman lug’at yordamida);
o’qilgan matndan talab etilgan yo’l-yo’riqqa asosan topshiriqning mazmun-mohiyatiga ko’ra ma’lumotni ola bilish;
matnning mantiqiy uzviyligini aniq bilish;
o’qib chiqilgan manba asosida reja tuzish;
nutqni eshitish va dialogda qatnashib unga munosib javob qaytarish (kasbiy va boshqa yo’nalishda);
berilgan topshiriqqa yoki amaliy vazifaga muvofiq ma’lumotlarni ajrata olish;
o’qigan, eshitganlarining mazmun-mohiyatlarini kalit so’zlar, chizma, jadvallar va boshqa belgilardan foydalangan holda og’zaki nutqda yetkaza olish;
taqdim etilgan mavzu va tayanch so’zlar asosida o’z mulohazasini bildirish;
tasviriy matn ko’rinishidagi monologik mulohaza tayyorlash;
qabul qilingan ma’lumotni yig’iq yoki yoyiq holatda qayta tiklash;
o’z mulohazasini asoslashda dalil-isbotlar va qarshi dalillar keltirish;
mutaxassislik boyicha adabiyotlarga annotatsiya, rezyume yozish va referat tuzish;
tavsiya etilgan vaziyatlarda bahs-munozara, kasbiy suhbat va fikrlar almashinuvini, ijtimoiy-maishiy va jamoatchilik sohalariga mos qolipdagi dialoglar olib borish;
taqdim qilingan matn asosida reja va tezis yoza olish.
|
Bilimlar
|
o’zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi, tilshunoslik, til va nutq tushunchalari haqida tasavvurga ega bo’lish;
til – ijtimoiy hodisa, til bilish – davr talabi ekanligi, dunyo tillari haqida tushunchaga ega bo’lish;
millatlararo do’stona munosabatlar, mustaqil O’zbekiston jahon hamjamiyatida teng huquqli davlat ekanligi, milliy til haqida ma’lumotlarga ega bo’lish;
milliy qadriyatlar –millat qadriyati ekanligi, adabiy til, vatan va vatanparvarlik, tirik va o’lik tillar haqidagi bilimlarga ega bo’lish;
o’zbekiston tarixi – shonli yo’l ekanligi, o’zbek adabiy tili va shevalari haqida tushunchaga ega bo’lish;
ulug’ ajdodlarimiz merosi, o’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari, tilshunoslik fanining bo’limlari haqidagi bilimlarga ega bo’lish;
o’zbek xalqining milliy urf-odatlari va an’analari, fonetika bo’limi, o’zbek milliy liboslari, nutq tovushlari va alifbo
|
|
haqida ma’lumotlarga ega bo’lish;
o’zbek milliy hunarmandchiligi, bo’g’in va uning turlari, o’zbek milliy me’morchiligi, urg’u va uning turlari haqida tushunchaga ega bo’lish.
|
Ko’nikmalar
|
o’quvchi orfografiya bo’limi, harf, asos va qo’shimchalar imlosini mustaqil tasniflay olishi;
leksikologiya, morfologiya, lug’at va lug’atshunoslik bo’limlarini bir-biridan ajrata olishi;
mustaqil so’z turkumlari, yordamchi so’z turkumlari, alohida so’z turkumlarini farqlay olishi;
sintaksis bo’limi haqida bilishi, so’z, so’z birikmasi va gapni to’g’ri ishlata olishi, gap bo’laklaridan unumli foydalana olishi;
gapning tuzilishiga ko’ra turlarini haqidagi ma’lumotlarni puxta egallashi va ulardan to’g’ri foydalanishi;
sodda gaplar va qo’shma gaplarni bir-biridan farqlay olishi;
so’zlashuv uslublarini o’z o’rnida qo’llay olishi;
Hujjat turlarini ajrata olishi va ularni qo’llay olishi;
Hujjat turlarida tinish belgilarini to’g’ri ishlata olishi;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |