Internet saytlari:
http://moodle.edu.uz
www.intuit.ru
http://virtual-university eurasia.org
http://www.opennet.ru
www.linux.org.ru
https://nashol.com
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
О‘RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIMNING
“Avtotransportga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash” O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
O’QUV DASTURI
Kvalifikatsiya nomi:
|
Texnik-mexanik
“B” yoki “BC” toifali avtomobil xaydovchisi.
|
О‘quv rejadagi tartib raqami:
|
1.05.
|
Ajratilgan soat:
|
60
|
Toshkent 2021yil
Tuzuvchilar:
|
J.R. Qulmuxamedov
|
Toshkent avtomobil va yо‘llar
texnikum direktori
|
|
S.O.Mirshaxo’jaev
|
Toshkent avtomobil va yo’llar texnikumi o’quv ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari
|
|
S.S.Raximberdiev
|
Toshkent avtomobil va yo’llar
texnikumi direktor o’rinbosari..
|
|
S.I.Almatova
|
Toshkent avtomobil va yo’llar
texnikumi tarix fani o’qituvchisi
|
|
M. Avazova
|
Toshkent avtomobil va yo’llar texnikumi tarix fani o’qituvchisi
|
Taqrizchilar
|
X.S.Jumaniyozov
|
Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti dotsenti, s.f.n.
|
|
U.B.Nig’manova
|
Toshkent Davlat Pedagogika
Universiteti dotsenti, s.f.n.
|
O’quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
O’zbekistonning eng yangi tarixi
|
Ajratilgan soat
|
60
|
Мavzular soni
|
30
|
Dasturning maqsadi
|
O’quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, ko’p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
O’quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;
O’quvchilarda O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining o’z millati va boshqa millatlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanish qonuniyatlarini izchil o’rganish quroli ekanligini anglatishdir.
|
O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
|
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining mazmun- mohiyatini ta’riflay olish;
Yangilik kiritishga intilishi;
“O'zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan olgan bilimlarini ishlab chiqarishda qo’llay olishi;
Mustaqil ish va vazifalarni to'liq bajarishi;
Taraqqiyotning yangi bosqichida yangi O’zbekiston hukumatining respublikamizda uchinchi renessans poydevorini yaratish borasida amalga oshirayotgan islohotlar strategiyasi mazmuni bilan tanishish;
Mustaqil va ijodiy fikrlash, o’z fikrlarini yozma va og’zaki ravon bayon etish malakalarini egallash;
Bilimlarni muntazam oshirib, yangilab borishga intilish, o’quv va mehnat faoliyatiga ijodiy, mustaqil yondashish sifatlariga ega bo’lish;
O’zbekistobda yoshlarga oid davlat siyosati va uning mazmun – mohiyati bilan tanishish;
xarita ustida ishlay olishi, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olishi, bayon qila olishi, munozara va bahslarda
ishtirok eta olishi kerak.
|
Bilimlar
|
olamning yagona va yaxlitligini, O’zbekiston uning ajralmas bir qismi ekanligini idrok etish;
O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi haqida bilimlarga ega bo’lish;
O’zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo’li va uning ahamiyati haqida bilimlarga ega bo’lish;
O’zbekistonning xalqaro aloqalari va jahon hamjamiyatidagi o’rni haqida bilimlarga ega bo’lish;
2017-2021 – yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishni beshta ustuvor yo’nalishi boyicha Harakatlar Strategiyasi haqida bilimga ega bo’lishi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev - yangi O’zbekistonning novator rahbari sifatida olib borayotgan islohotlari haqida bilimga ega bo’lishi;
O’zbekiston Pandemiya sharoitida davlatimizning xalq salomatligini asrash borasidagi samarali faoliyati haqida
|
|
bilimlarga ega bo’lishi kerak.
|
Ko’nikmalar
|
tarixiy hodisalarni, ularning mohiyati va sabablarini,
ahamiyatini baholagan holda tahlil etish hamda umumlashtira olish;
tarixiy voqeaning sodir bo’lish sabablari va oqibatlari haqida darslik matni yoki o’qituvchining hikoyasiga asoslangan holda kengaytirilgan reja tuzish;
tarixiy voqealarning sabablari va oqibatlarini tahlil qilishda xaritadan foydalanish;
ko’rgazmali qurollar, rasmlar va xaritalar orqali shu davrning xarakterli xususiyatlarini ochib berish;
jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o’zining mustaqil munosabatini bildira olish;
O’zbekistonning eng yangi tarixi barcha bosqichlarga oid ma’lumotlarni farqlay, davrlashtirish, ulardan ratsional – ilmiy xulosalarni chiqarish ko’nikmalariga ega bo’lish;
Tarixiy voqealarni bugungi davr nuqtai nazaridan solishtirish, taxlil qilish orqali jamiyatdagi ijtimoiy muammolarning yechimi boyicha istiqbolli xulosalar chiqarish ko’nikmasiga ega bo’ladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |