О‘RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIMNING
“Avtotransportga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash”
Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash o'quv amaliyotidan
ISHCHI DASTUR
Kvalifikatsiya nomi:
|
1.Texnik-mexanik
|
O’quv rejadagi tartib raqami:
|
3.1.7
|
Ajratilgan soat:
|
180
|
XIVA 2022 yil
Tuzuvchilar:
|
J.R.Qulmuxamedov
|
Toshkent avtomobil va yo'llar texnikumi direktori
|
|
S.O.Mirshaxo’jaev
|
Toshkent avtomobil va yo’llar texnikumi o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
|
|
S.S.Raximberdiev
|
Toshkent avtomobil va yo'llar
texnikumi direktor o'rinbosari..
|
|
R.J.Maxkamov
|
Toshkent avtomobil va yo'llar texnikumi maxsus fan o'qituvchisi.
|
Taqrizchilar:
|
R.S.Xikmatov.
|
TDTrU t.f.n. dotsent
|
|
U.Soipov.
|
SHMKFUSTIB yetakchi muxandis
|
O'quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash o'quv amaliyoti
|
Ajratilgan soat
|
180
|
Мavzular soni
|
20
|
Dasturning maqsadi
|
O'quvchilarda avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ko'nikma va malakalarini shakllantirish.
|
O'zlashtirish (o'qitish) natijalari
|
avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarga tashhis qo'yish;
-avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarga texnik xizmat ko'rsatish;
-avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarni joriy ta'mirlash;
-yengil avtomobillarga servis xizmat ko'rsatish;
|
Bilimlar
|
-avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari;
-avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarning nosozlik va buzuqliklarini, ularni sodir bo'lish sabablarini aniqlash, bartaraf etish yo'l-yo'riqlari;
-avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash texnologik jarayoni hamda ishni tashkil qilish usullari;
-TXK va ta'mirlash hamda tashxislash jarayonida foydalaniladigan asbob uskunalar va moslamalarni, ularni ishlash tartibini va foydalanish qoidalari;
-TXK va ta'mirlashda mehyoriy ko'rsatkichlar va texnikaviy hujjatlar;
-avtomobillar va ehtiyot qismlarni saqlashni tashkil etish.
-yengil avtomobillarga TXK korxonalari. servis xizmat ko'rsatish korxonalarida TXK va ta'mirlash texnologik jarayonini tashkil etish;
-avtotransport va yyengil avtomobillarga TXK korxonalarining zona, ta'mirlash xonalarini loyihalash asoslarini bilishi;
|
Ko'nikmalar
|
-xavfsizlik texnikasiga amal qilishni;
-avtomobilni umumiy tekshirish va tashxislashni;
-dvigatel, sovitish, moylash tizimini tekshirish, tashxislash, nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishni;
-ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatmani tashxislash, nosozliklarni aniqlash va ularga TXK va ta'mirlashni;
-orqa ko'prik, oldingi ko'prik, yurish qismi, boshqarish mexanizmlarni nosozliklarini aniqlash va bartaraf etishni;
-ta'minlash tizimi va elektr jihozlarni tekshirish, nosozliklarini aniqlash, TXK va ta'mirlash ishlarini bajarishni;
-dvigatellarni mexanizm va tizimlarga TXK bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni mustaqil ravishda bajarishni;
-avtomobillarning transmissiyasi, yurish qismi, boshqarish, organlariga TXK bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni mustaqil ravishda bajarishni;
-barcha turdagi avtomobillarga TXK tavsifnomalarini maxsus mahlumotnoma asosida tuzib chiqishni mustaqil bajarish ko'nikmasiga ega bo'lishi kerak.
| Do'stlaringiz bilan baham: |