O'zbekiston respublikasi oliy


Download 308.52 Kb.
bet6/8
Sana11.09.2020
Hajmi308.52 Kb.
#129348
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
talim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning pedagogik shart-sharoitlari oliy talim misolida (1)






Talabalarga g'oyalar, faktlar, qaydlar va qadriyatlar orasidagi bog'lanishlarni ochish uchun izohlashga qaratilgan savollar beriladi.

Sendrs izohlashni talab etadigan savollarga fikrlashni yuqori darajaga ko'taradigan tayanch savollari deb qaraydi, boshqalar esa (Vogn va Estes) tushunishning o'zigina izohlashdir, deb hisoblaydilar.

Tatbiq qilishga qaratilgan savollar uqish (talaffuz) jarayoni yoki o'rganish tajribasida uchraydigan mantiq muammolarini yechish va chuqur o'rganish uchun imkoniyat beradi.

Tahlil etishga qaratilgan savollar talabalardan u yoki bu voqeaning ahamiyati yetarli darajada yaxshi yoritilganmi, yo'qmi degan savolga javob berishga undaydi.

Sintez qilishga qaratilgan savollar yangicha fikrlash asosida ijodiy muammolarni hal qilishga da'vat etadi. Sintez savollari talabalarga o'zining barcha bilim va tajribalarini muammoning ijodiy yechilishida foydalanishga imkon beradi. Sintez savollari muqobil ssenariylar yaratishni ham taqozo qilishi mumkin.

Baholash savollari yaxshi va yomon, adolat yoki adolatsizlik to'g'risida hukm chiqarish uchun beriladi.

Baholash savollari talabalarga, axborotlar sifatini, yangi axborotlarga nisbatan o'z munosabatini baholay olishi, ularni qadrlay olishi uchun beriladi.

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda mualliflari fikrlash jarayonini tashkil etishda idrok qilishning 4 o'rinni farqlaydilar:

Yaxlitligicha idrok etish. Mavzu yoki fan to'g'risida umumiy bilimni mujassamlantirgan idrokdir.

Izohli idrok etish. Bu Blum izohlari darajasiga aynandir. Idrokning bu turida talaba g'oya va hodisalarning o'zaro aloqalarini yoritadi, uning mohiyatini muhokama qiladi, fanning turli sohalariga oid g'oya va axborotlarni hatto tashqi jihatdan bog'liq hodisalarni birlashtiradi.

Shaxsiy idrok etish. Talabalar o'zlarida avvaldan mavjud bo'lgan shaxsiy tajriba va bilimlarni yangi bilimlar bilan bog'lab tushunish jarayoni aks ettiradi.

Tanqidiy idrok etish. Mazmunni bir tomonga qo'yib, uni tahlil qilish, uning nisbiy qimmatini, to'g'riligini, foydaliligini va talabalarning bilishi, tushunishi va qabul qilishi doirasida uning ahamiyatini baholashdir.

Shunday qilib, axborotlarni chorlash, o'ylab ko'rish va fikrlash metodikalaridan foydalanish quyidagi muhim vazifalarni yechish imkoniyatini beradi:

y talabalarga maqsadlarini anglab olishga yordam beradi;

y mashg'ulotlarda ularningfaolligini ta'minlaydi;

y samarali munozaraga chorlaydi;

y talabalarning o 'zlari savollar tuzishi va uni savol tarzida bera olishi uchun yordam beradi;

y talabalarga o 'z shaxsiy bilimlarini ifoda qilishga yordam beradi;

61

y talabalarning shaxsiy mutolaasi motivatsiyasini qo 'llab-quvvatlaydi;



y har qanday fikrlarga bo 'lgan hurmat kayfiyatini yaratadi;

y talabalarda personajlarga nisbatan tuyg 'ularni o 'stirishga yordam beradi;

y talabalar qadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi;

y talabalarning tanqidiy jalb qilinishiga bir qator umidlar bildiriladi.

Klasterlarga bo'lish. Bu pedagogik strategiya bo'lib, talabalarning u yoki bu mavzu bo'yicha erkin va bemalol o'ylashlariga yordam beradi. U faqat g'oyalar orasidagi bog'lanishlarni fikrlashni ta'minlaydigan tuzilmani aniqlab olishni talab qiladi. U fikrlashning oddiy shakli emas, balki miya faoliyati bilan zid bog'liqdir.

Klasterlarga bo'lishdan axborotlarni chorlash bosqichida ham, fikrlash bosqichida ham foydalaniladi. U muayyan mavzu sinchiklab o'rganilguncha fikrlash faoliyatini ta'minlashda foydalanilishi mumkin. Klasterlarga bo'lish talabalarning tasavvurlarini yangi bog'lanishlari yoki ularning grafik ifodalari ko'rinishlarini ta'minlovchi sifatida ham o'tganliklarini yakunlash vositasi sifatida qo'llanilishi mumkin. Bu o'z bilimlariga, muayyan mavzu to'g'risida tasavvuriga va uni tushunishga yo'l ochadigan nazardagi strategiyadir.

Klasterlarga bo'lish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

  1. Hushingizga kelgan barcha fikrlarni yozib olish. Bu fikrlarni muhokama qilmang, shunchaki yozib olavering.

  2. Xatni (matnni) kechiktiradigan imlo va boshqa omillarga ham parvo qilmang.

  3. Sizga berilgan vaqt nihoyasiga yetmagunga qadar yozishdan to'xtamang. Miyangizga fikr kelishi tuxtab qolsa, toki yangi fikrlar kelgunga qadar qog'ozda nimalarnidir chizib o'tiring.

  4. Imkoni boricha, bog'lanishi mumkin bo'lgan g'oyalarni tizib chiqing, g'oyalarning oqimi sifati va ular orasidagi aloqalarni chegaralab qo'ymang.

Klasterlarga bo'lish, ayrim tadqiqotchilarning ta'biricha, bu juda moslashuvchan strategiyadir. Uni individual tarzda ham guruhda ham qullash mumkin. Guruh faoliyatida u guruh g'oyalarining tirgovichi sifatida xizmat qiladi.

Bu esa talabalarni har bir amalda bo'lgan bog'lanishlarga, aloqalarga yaqinlashtiradi.

Sinkveyn. Axborotlarni qisqacha bayon qilish, murakkab g'oyalarni, sezgilarni, tasavvurlarni bir necha so'zlar vositasida bayon qilish imkoniyati muhim malakadir. Bu boy tushunchalar zahirasi asosidagi uylangan refleksiyani talab qiladi. Sinkveyn bu she'r bo'lib, u biror voqea munosabati bilan yoziladigan yoki refleksiya qilinadigan qisqa ifodalarda axborot va materiallarning sintezlanishni talab etadi.

Sinkveyn so'zi fransuzcha so'z bo'lib, besh degan tarjimani beradi. Demak, sinkveyn besh qatordan iborat she'rdir.

Sinkveynni yozib chiqish qoidasi quyidagicha:



    1. Birinchi qatorda bir so'z bilan mavzu yoziladi (odatda ot turkumidagi oid so 'z bilan).

    2. Ikkinchi qatorda mavzu ikki so'z bilan tavsif qilinadi (sifat turkumiga oid ikki so 'z bilan).

    3. Uchinchi qatorda ushbu mavzu bo'yicha hatti-harakatlar uch so'z bilan tavsif etiladi.

    4. To 'rtinchi qatorda temaga aloqadorlikni ko 'rsatuvchi 4 so 'zdan iborat gap (ibora) yoziladi.

    5. Beshinchi qator mavzu mohiyatini takrorlovchi bir so 'zdan iborat sinonimdir.28

Darsdan tashqari mashg'ulotlarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish, tanqidiy fikrlashini shakllantirishda tarbiyaviy ishlar va ularni tashkil etish, milliy mafkura vazifalari maxsus tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar, shuningdek, ta'lim- tarbiya jarayonida va darsdan tashqari mashg'ulotlarda amalga oshiriladi.

Tanqidiy fikrlashini shakllantirishda talabalar faoliyatining darsdan tashqari tizimini loyihalash. Tanqidiy fikrlashini shakllantirishda darsdan tashqari faoliyat tizimi o'qitishning nazariy va amaliy tizimini to'ldiradi. Uning asosiy vazifasi talabalarning o'qishdan tashqari vaqti mobaynida o'zini-o'zi tarbiyalash va

ijtimoiy foydali mehnat bilan shug'ullanish uchun oqilona taqsimlashga yordam berishdir.

Talabalarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash vazifalariga tanqidiy fikrlashini shakllantirishda quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ijtimoiy moslashuv doirasini tashkil etish va talabalarning ijtimoiy harakatchanligini ko'rsatish;

  • bo'lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zaruriy shart- sharoitlar yaratish;

  • talabalarni mustaqil ravishda ta'limni davom ettirishga yo'naltirish;

  • xar bir talabaning qobiliyati, qiziqishi va ishtiyoklarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • talabalarlarga bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishni va dam olishni o'rgatish.

Darsdan tashqari faoliyat tizimi ko'p komponentli bo'lib, talabalarning bo'sh vaqtlarini quyidagi, tartibda, shaklda va joylarda amalga oshirilishi mumkin: o o'quv guruhi tarkibida; o o'quv yurti jamoasi tarkibida; o individual (yakkama-yakka) tartibda; o ijtimoiy birlashmalarda va tashkilotlarda; o klublarda, to'garaklarda, muzeylarda; o mehnat jamoalarida;

o alohida fanlarni chuqur mustaqil o'rganish chog'ida; o ta'lim muassasasidan tashqaridagi madaniy dam olishning turli shakllarida. Tanqidiy fikrlashini shakllantirishda talabalarning darsdan tashqari faoliyat tizimining o'ziga xosligi shundaki, uning har bir komponenta alohida loyihalashtiriladi va har doim xam pedagogik ta'sir doirasi bilan qamrab olinmaydi.

Tarbiyaviy ishlarning texnologiyasi va har bir anik ishlarni o'tkazish, tashkil qilish uslubiyoti pedagogik maqsad tushunchasidan boshlanadi, ya'ni pedagogik maqsadga muvofiklik (ushbu ish nima uchun tashkil qilingan va o'tkazilmokda,

64

shuningdek, tarbiyachi va o'quvchi nimaga erishishi kerak?) va pedagogik mshorat (aniq ishlarni o'tkazish, tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, talabalarni qiziktirish, jarayonda mustaqil qatnashish va ijodiy ishlashga istak uyg'otis h uchun turli usul va uslublardan foydalanish) va ularning natijalarini nazorat va tahlil qilish, umumlashtirish (o'quvchilar nimalarga o'rgandilar?).



Tanqidiy fikrlashini shakllantirishda tarbiya jarayonini loyihalashtirish davrida o'qituvchi talabalar bilan o'tkazilishi lozim bo'lgan tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish chog'ida ko'llaniladigan uslub, shakl va usullarni tanlaydi. So'ngra, aniq tarbiyaviy ishlarga qo'yilgan maqsadlarni amalga oshiradilar. Keyinchalik, ular ishni nazorat qilish, yakunlash va tahlil qilish mexanizmini aniklaydilar (Nima ma'kul keldi? Nima ma'kul kelmadi? Nega? Nima yaxshi edi- yu, nimadan voz kechish kerak? Kim ajra lib turdi?) va xokazo.

Bu ishlarning hammasini umumlashtirib ta'lim muassasalarining tarbiyaviy ishlar texnologiyasi - ta'lim muassasasi sharoitida qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirishda har bir aniq tarbiyaviy ishni o'tkazish va tahlil qilish uchun qo'llaniladigan uslub va shakllar yig'indisidan iborat ekanligini aniqladik. Masalan, ta'lim muassasasida talabalarning o'qishi va tarbiyasi davrida guruhlarda, turli xil qizikarli tadbirlar, bayramlar, tanlovlar shuningdek, sportga, mehnatga, ijodiy ishga, badiiy mavzuga bag'ishlangan tadbirlar, mashg'ulotlar, o'yinlar, sayllar va boshqa tadbirlar o'tkaziladi. Har bir tarbiyaviy ish va tadbirga mos uni tayyorlash va o'tkazish uslubi mavjud. Lekin, mazmunsiz uslubiyot ham o'z- o'zidan mavjud ham bo'lmaydi, chunki tarbiya jarayonini, eng avvalo, tarbiyaviy ishning aniq mazmuni va shakli orqali amalga oshirish mo'ljallanadi. Shunday ekan, aniq tarbiyaviy ishning ta'sirchanligi va samaradorligi - ularni tayyorlash va o'tkazish, tarbiyachilarning talabalar bilan jamoaviy faoliyatni tashkil qilishi tarbiyaviy ishlar texnologiyasi tizimiga bogliq.

Tanqidiy fikrlashini shakllantirishda tarbiyaviy ishlar jamoaviy va ijodiy tabiatiga ega bo'ladi va mos ravishda jamoaviy tarbiyaviy ishlar (JTI) yoki jamoaviy ijodiy ishlar (JII) deb nomlanadi. JII - ish va o'yin, ijod va o'rtoklik, hayotiy umid va xursandlik bilan to'ldirilgan va ayni paytda, asosiy tarbiyaviy

65

vosita bo'lgan jarayonni tashkil etish usulidir. Tarbiyaviy ishlarda o'qituvchilar va talabalar o'zaro hamkorligining shakllari, vositalari va usullari uygunlashib ketadi.



Tarbiyaviy ishlar asosida ikkita: faol va majmuaviy yondashuvlar yotadi. Yondashuvlarning birinchisi, faoliyatning bilish, mehnat, ijtimoiy, badiiy, sport va erkin mulokot kabi turli ko'rinishlarini tashkil etishni talab etadi. Ikkinchi majmuaviy yondashuv esa, faoliyatning barcha ko'rinishlarining yagona jarayonga ta'siri bilan tabiiy «ko'shilib» ketishida namoyon bo'ladi. Tarbiyaviy ishlar, ayni paytda, o'ziga ahloqiy, estetik, siyosiy va akdiy (intellektual) ta'sirlarni kamrab oladi. Faoliyatga oid yondashuv tarbiya yo'nalishiga ishora qilsa, majmuaviy yondashuv - uning mazmun tabiatini (pedagogik maqsad (vaziyat, tarbiyaviy maqsadning asosiy va bog'liq tomonlarini shakllantirish)ni; rejalashtirish; tashkil etish va tayyorlashni; ishni bevosita amalga oshirishni; erishilgan natijalar tahlilini) belgilaydi.

O'qituvchilarning kasbiy mahoratlari



    1. Tarbiyachilarning tashkshotchi sifatidagi faoliyati bilan bog'liq. mahoratlari. Ular quyidagilar:

y ko'pchilik o'quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga va qiziqishlar mos holda faoliyatga jalb qila olish;

y turli ishlarni belgilangan muddatda bajarish bo'yicha vazifalar oqilona tasdiqlash;

y turli rag'batlantiruvchi omil va pedagogik usullardan foydalangan-holda, talabalar jamoasi ishlarida ularning qatnasha olishlar qiziqtirish va faolliklarini oshirish bo'yicha xoxish uygotishni ta'minlaydi.

    1. Guruh rahbarlarining tarbiyachi sifatidagi faoliyati bilan bog'liq mahoratlari. Ular quyidagilar:

S talabalarga O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy vazifalarini tushuntira olish;

S talabalarning savollariga asosli javob bera olishi, suhbat, baxs yurita olishi, u yoki bu holatlarni isbotlash va rad qila olish;

S O'zbekiston Respublikasi davlat Qonunlarida qabul qilingan moddalarni bilishi va ularga rioya qilishi;

S jamoaning shaxsga ta'sirida tarbiyaviy imkoniyatlardan foydalanish;

    1. Pedagogik ta'sir uslublari bilan bog'liq mahoratlar. Ular quyidagilar:

  • ish jarayonida musobaqa, talab, rag'batlantirish, jazo, ishontirish usullaridan foydalanish;

  • talabalar bilan yakkama-yakka tartibda ish olib borish;

  • talabalar uchun namuna bo'lish, tashqi ko'rinishda ko'rkamlik, ixchamlik;

  • so'z va ish birligi, javobgarlik, puxtalik va sh.k.lar.

    1. Amaliy mahoratlar:

y guruh burchaklarini, ko'rgazmalarni tayyorlash va tashkil kila olish;

y devoriy gazetalarni tayyorlash va eshittirishlar tashkil qilish, o'tkazish;

y jamoaviy o'yinlarni, qo'shiqlarni, raqslarni tashkil qilish va ularni o'tkaza olish;

y sayoxatlarni va ekskursiyalarni tashkil eta olish, yo'nalishlarni tanlay olish;

y sport musobaqalarida hakamlik qilish;

y sodda narsalarni yasay olish;

O'qituvchilarining talabalar jamoasi rahbari sifatidagi faoliyati bilan bog'lik bo'lgan mahoratlar. Ular quyidagilar:

  • talabalar jamoasining aniq vazifalarini belgilash;

  • kasbiy mahorat darajasini mustaqil ravishda takomillashtirish, o'z ustida ishlash;

  • anik tadbirlarni tayyorlash va ularni o'tkazish rejalarini ishlab chiqish;

  • talabalar jamoasi faoliyati jarayoni va ish natijalarini tahlil qilish;

  • o'z-o'zini asosli baholash, ishning yangi istiqbollarini ko'ra olish.

Talabalar guruhi rahbarining xizmat vazifalari. O'qituvchilarning xizmat

vazifalari ular faoliyat ko'rsatayotgan ta'lim muassasasining yo'nalishiga, xususiyatiga, imkoniyatiga, sharoitiga, talabalarning saviyasiga va tarbiyalanganlik

67

darajasiga hamda ularning tashkilotchilik kobiliyatiga pedagogik mahoratiga asoslangan holda belgilanadi. Talabalar guruhida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonida o'qituvchi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:



    1. talabalar shaxsini o'rganish;

    2. guruhda tarbiyaviy jarayon va o'zaro munosabatlarni tahlil etish, muvofiklashtirish va yaxshilash;

    3. guruh talabalari bilan ishlovchi o'qituvchilarning ishlarini muvofiklashtirish;

    4. talabalar jamoasi faoliyati bosqichlarini, guruh tadbirlarini rejalashtirish, tayyorlash, o'tkazish va yakunlash; tarbiyaviy soat, axborot va muloqot, tanlov va shakllarga vaqt ajratish;

    5. zarurat tug'ilganda talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazish;

    6. guruhda talabalar o'zini-o'zi boshkarish faoliyatining pedagogik

ta'limoti;

    1. guruh jurnalini olib borishni tashkil etish.

O'qituvchi o'z vazifalarini amalga oshirish mobaynida:

  • o 'quv yili boshida:

  • guruh ro'yxatini tuzadi va jurnalni rasmiylashtiradi (o'quv xaftasining birinchi yarmida);

  • talabalar bilan xamkorlikda guruhning ish rejasini tuzadi va ta'lim muassasasining tarbiyaviy ishlar bo'yicha mas'ul xodimi bilan uni muvofiklashtiradi (sentabr oyi ichida).

  • har kuni:

  • darsga qatnashmayotgan talabalarni guruh jurnaliga qayd etadi, ularning darslarga qatnashmaganliklari sabablari bilan qiziqadi;

  • guruh talabalarining o'z-o'zini boshqarish organlariga pedagogik yordam ko'rsatadi;

  • talabalarning tashqi ko'rinishini nazorat qiladi;

  • guruhda o'tayotgan navbatchiliklarni nazorat qiladi.

  • har haftada:

У o^tuv^cM^ tomonidan gumh jumalini rasmiylashtishini nazorat qiladi;

У tarbiyaviy soat (yoki axborat soati) va muloqot o'tkazadi.

  • har oyda:

  • gumh jamoasini tuñi tadbiгlaг va ishlaráa ishtiгok etishini tashkil etadi;

  • kabinetni yoki gumhga ta'lim muassasasida ajratilgai hududni tozalashni tashkil etadi.

  • semestr davomida:

У gumhing ta'lim muassasasi bo'yicha navbatchiligini tashkil etadi (jadval asosida);

У o'quv auditoгiyalaгining holatini nazorat etishni tashkil qiladi;

У zarnrat tug'ilganda, ota-ona^ yig'ilishini o'tkazadi;

  • semestr oxirida:

  • gumhning o'tgan semestг (chorak)dagi o'quv natijalaгi va faoliyatining yakunini tahlil qiladi;

  • ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha dekan o'rinbosariga bajarilgan ishlaг xaqida hisobot beradi.

  • o 'quv yili oxirida:

  • gumh faoliyatining yakuniy natijalarini e'lon qilishni tashkil etadi;

  • o'quv xonalarini ta'mirlashni tashkil etadi.




I







MAQSAD:




1

r


*talabalami axborot psixologik xavfsizligini ta'minlash.

*Milliy qonunchiligimizda yoshlarni nosog'lom axborotlardan

himoyalash

* Behayolik, shafqatsizlik va zo'ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta'sir ko'rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etishlariga sabab bo'luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etishning taqiqlash.







metod
vosita

_ i

r _

shakl

i

r





Kichik guruhlarda ishlash;

Juftlikda ishlash

Individual

Tadbirlar

Uchrashuvlar

Blinder lyorning

(aralash o'qitish )

Talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish strategiyasi; Sinkveyn SWOT taxlil FSMU T-jadval

Venn diagrammasi Nilufar guli BBB texnologiyasi Bumerang Zig zag Muz yorar Zinama-zina

Ma'ruza matni; darslik va o'quv qo'llanmalar;

lug'at;

kichik guruhlarda ishlash bo'yicha yo'riqnomalar;



ekspert topshiriqlar, slaydlar,

videoproyektor;



kompyuter;

II bob yuzasidan xulosalar

Bugungi kunda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da qo'yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda talabalarni ijodiy fikrlashga o'rgatish muammosi oliy ta'limning o'z yechimini kutayotgan eng dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldi.

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va esdan chiqariladigan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashni rivojlantiradigan yagona yo'l ham yo'q. Lekin tanqidiy fikr shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o'quv to'plami mavjud. Uning uchun:

  • talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;

  • turli-tuman g 'oya va fikrlarni qabul qilish;

  • talabalarning o 'quv jarayonida faolligini ta 'minlash;

  • talabalarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak;

  • har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga ishonch hissini uyg 'otish;

tanqidiy fikrlashningyuzaga kelishini qadrlash lozim.

Talabalarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash vazifalariga tanqidiy fikrlashini shakllantirishda quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ijtimoiy moslashuv doirasini tashkil etish va talabalarning ijtimoiy harakatchanligini ko'rsatish;

  • bo'lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zaruriy shart- sharoitlar yaratish;

  • talabalarni mustaqil ravishda ta'limni davom ettirishga yo'naltirish;

  • xar bir talabaning qobiliyati, qiziqishi va ishtiyoklarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

talabalarlarga bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishni va dam olishni o'rgatish.

III bob. Ta'lim tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishga qaratilgan tajriba-sinov ishlarining tavsifi va natijalari



3.1. Tajriba- sinov ishlarining borishi

Yoshlarda axborot madaniyatining shakllanishida jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti, uning evolyutsion rivojlanishi muhim rol o'ynaydi. Shu munosabat bilan talaba yoshlarning ilm fan, ma'rifat ma'naviyat, odob-ahloqga hamda siyosiy ongiga asoslangan axborot madaniyatini shakllantirishda uzluksiz ta'lim tizimining tarkibiy qismlarining o'rni va roli beqiyosdir.

Birinchidan, uzluksiz ta'lim tizimi o'zini tarkibiy tuzilish bilan juda keng va ko'p qirrali asoslarga va vositalarga ega. Ularning har birida shaxs axborot madaniyatini shakllantirishning keng imkoniyatlariga ega bo'lgan ta'lim-tarbiya bo'g'inlari shakillangan o'ziga xos ichki tizimi mustahkamlangan. Bugungi uzliksiz ta'lim tizimini zamonaviy axborot vositalari va yangi pedagogik texnologiyalarsiz tasavvur etish mumkin emas. Shu turdagi ishlarga axborot madaniyatini shakllantirishda uzliksiz ta'lim tizimini rolini falsafiy ilmiy tahlil qilish keng qamrovli muammoni o'z ichiga oladi.

Ikkinchidan, muammoga mustaqil, tahliliy yondashuv o'zaro bog'liq bo'lgan mavzuni taqdim etishni taqazo etadi yani bir tomoni ta'lim tizimini tashkil etuvchi yo'nalishlarni, sohalar, muassasalarni faoliyatini umumiy tarzda tadqiq qilishni talab etlsa, ikkinchi tomondan ularning shaxs, va ularda axborot madaniyatini shakllantirishga yo'naltiridgan maqsad va vazifalarni analiz qilish zaruriyatini vujudga keltiradi.

Uchinchidan, bu o'rinda masalani to'laqonli tarkibda ko'zda tutilgan ya'ni ularni axbort madaniyatini tarbiyalash va shakllantirishdagi ahamiyat bilan uzviy bog'liqlikda bo'ladi. Talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirishga yo'naltirilgan faoliyatni tashkil etish, bu borada samaradorlikka erishish yo'lida beriladigan bilimlar majmui yaratilgan. "Harbiy pedagogika va psixologiya asoslari" fani mavzulari asosida talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirishda o'qituvchining pedagogik shart-sharoitlari ko'rsatilgan.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirish o'qituvchining tajribasi va pedagogik mahoratining yuksak bo'lishini talab etadi. Bu sharafli ishda o'qituvchining ilmiy pedagogik va ahloqiy obro'si, so'zi bilan ishining birligi, nazariy bilimga ega bo'lishi va talaba ruhiyatini yaxshi bilishi katta ahamiyatga egadir. Shu munosabat bilan ushbu bobda o'qituvchilarning dars jarayonidagi pedagogik mahorati hamda talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirishning quyidagi modeli ishlab chiqilgan. Ushbu modelda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirishning tuzilishi, xususiyatlari, o'zaro bog'liqligi ifodalangan.





2-Rasm. Talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni



shakllantirish modeli.

Ushbu model asosida talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirish haqidagi bilim, ko'nikma va malakalar rivojlantirilgan.

Tajriba-sinov ishlarining tashkiliy-tayyorgarlik bosqichida tajriba maydonlari tanlandi, bosqichlari rasmiylashtirildi, respondentlar tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Ishlanmalar tayyorlandi.

Tajriba-sinov ishlarida "Pedagogika va psixologiya asoslari" fanini o'qitish jarayonida talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni

shakllantirishning yo'l va vositalari ishlab chiqildi.

Tajriba-sinov ishlari doirasida tashkil etilgan har bir mashg'ulot va tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligi aniqlandi. Respondent talabalarning fikrlari umumlashtirildi.

Talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirish bo'yicha amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari va natijalari shuni ko'rsatadiki, ular "Pedagogika va psixologiya asoslari" fanining mohiyati va vazifalarini chuqur o'zlashtirish bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Davlatimiz Konstitutsiyasi va ramzlarini hurmat qilish o'zlari-ning fuqarolik burchi ekanligini bildirishgan. Ularda ifodalangan ogohlik va fidoyilik haqidagi bilimlar borasida o'z fikrlarini bayon etganlar.

Talaba hamda o'qituvchilar ishtirokida suhbat, davra suhbati, debat, bahs- munozara, ma'ruza, konferensiya, amaliy seminar va treninglar tashkil etildi. Asoslovchi tajriba-sinov ishlarining natijalari asosida talabalar-da zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirish haqidagi bilim va dunyoqarash rivojlandi. Biz talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etish shakllanganligini yuqori, o'rta, past darajalarga bo'ldik.


Download 308.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling