O'zbekiston respublikasi oliy
Voyaga yetmaganlar o'rtasidagi axborot xavfsizlikka asosiy tahdidlarni ya'ni
Download 308.52 Kb.
|
talim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning pedagogik shart-sharoitlari oliy talim misolida (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- deb aytishimiz mumkin.
Voyaga yetmaganlar o'rtasidagi axborot xavfsizlikka asosiy tahdidlarni ya'ni, internet tarmog'idagi xavflar, sabrsizlik, zo'rlash va shafqatsizlik targ'iboti, giyohvandlikka tobelikning turli shakllardagi targ'iboti, pornografik resurslar, kiberbulling va giromaniya, suitsid yo'nalishidagi sekta va resurslar, deb aytishimiz mumkin. Voyaga yetmaganlar uchun internetdagi xafv-xatarlar qatorida, birinchi o'rinda, suitsidni ajratish lozim. Bunday saytlarda bolalar hayotni tark etish usullari haqida axborot olishadi. Keyingisi, narkosaytlar; pornografik yo'nalishdagi saytlar; milliy nizo va irqiy ajratishni keltirib chiqaruvchi, rahmsizlik va zo'rlashni targ'ib qiluvchi saytlar; shuningdek, sektalar va shunga o'xshash tanishuv saytlari va boshqalar.Bundan tashqari, o'smirlar orasida kompyuter va internetga tobelik, kompyuter o'yinlariga beriluvchanlik (igromaniya), kiberbulling (internetdagi zaharlash) kabilar uchramoqda. Bularning hammasi bolalar tarbiyasiga mas'ul bo'lgan davlat va jamoat tashkilotlari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Ma'naviyat targ'ibot markazi, barcha ta'lim muassasalari, mahalla, ota-onalarni, umuman, barchamizni befarq qoldirmaydi. Ayniqsa, yovuz kuchlar internetdan fahsh, giyohvandlik va zo'ravonlik, terrorizm, fashizm, natsizm va shovinizm kabi balo-qazolarni tarqatish vositasi sifatida foydalanayotgani, buni yoshlarga to'g'ri tushuntirish, targ'ibot ishlarini olib borishga alohida mas'uliyat bilan yondashishni talib etadi. Xalqaro ekspertlar dunyo miqyosida 38 foiz yoshlar zo'ravonlik ruhidagi saytlarni, 26 foizi millatchilik xarakteridagi veb-sahifalarni muntazam kuzatib borishini aniqlagan. YuNISEF tomonidan o'tkazilgan so'rovlar internetdan foydalanadigan yoshlarning 90 foizi ahloqsiz surat va videolarga duch kelishi, 60 foizi esa bu turdagi axborotni maqsadli ravishda izlaganini ko'rsatmoqda. Hatto o'zimizning ba'zi yoshlarimiz uchun ham internet va qo'l telefonlari ahloqsizlik manbaiga aylanayotgani o'ta tashvishlidir. Negaki, oqibatda bunday ziyonli ta'sir domiga tushib qolgan farzandlarimizda yaqinlari va qarindoshlarga nisbatan hurmat va muhabbat tuyg'ulari susayib, milliy qadriyatlarimizni mensimaslik, egoizmga moyillik kuchayib bormoqda. Mafkuraviy xurujlar, avvalo, yoshlarning ongini egallashga yo'naltirilgan bo'lib, "ommaviy madaniyat" deb qaralayotgan mazkur illat halqimizning ma'naviy xazinasi bo'lgan odob-ahloq, ibo, or-nomus, iroda, sharm-hayo, iffat- andisha kabi fazilatlarimizga tajovuz qilib, ko'p ming yillik milliy qadriyatlarimizning ildiziga putur yetkazayotgani ham, taassufki, bor gap. Boshqacha aytganda, hamma gap internetning boy axborot resurslaridan kim va qanday maqsadlarda foydalanishiga bog'liq. Tarmoqni ta'qiqlash, undan illat izlash bilan ovora bo'lmasdan, aksincha, internetning imkoniyatlaridan Vatanimiz shon-shuhratini dunyo miqyosida keng yoyish yo'lida foydalanish va buni yoshlarimizga tushuntirishimiz bugunning muhim masalalardan biridir.17 Davlatimiz rahbari barcha ommaviy axborot vositalari qatori internet ham yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochishini ta'kidlab, "Internet - bu katta bir do'kon. Do'konga borganda, odam xohlagan molini sotib oladi. Internetni ham shunday bir bozor, ya'ni axborot bozori, deb tushunish kerak", deydi. Biz o'sib kelayotgan avlodni shunday tarbiyalashimiz kerakki, ular internet bozoriga kirganda faqat o'zi uchun zarur narsani olsin, internetdagi axborotdan foydalanish madaniyatini o'rgansin. Internetdan foydalanuvchi har bir fuqaro, avvalo, internetdan foydalanish qoidalarini yaxshi bilishi zarur. Xususan, notanish saytlarga kirmaslik, hech qachon hech kimga shaxsiy parolni yubormaslik, internet orqali muloqot paytida shaxsiy ma'lumotlarni kiritmaslik va tahallus (nik)dan foydalanish, kattalarning nazoratisiz hech qachon internet tizimida tanishib qolgan shaxs bilan uchrashmaslik va kompyuter ekranidagi ma'lumotlarni qarovsiz qoldirmaslik internetdan foydalanish qoidalariga kiradi.18 Zamonaviy jamiyatda voyaga yetmaganlarning axborot xavfsizligini ta'minlash hamma tegishli shaxslarning muvofiqlashtirilgan harakatini talab qiladi. Bunda oiladan boshlab, ta'lim muassasalari, keng jamoatchilik va mahalliy davlat hokimiyati organlari ham mas'uldirlar. Albatta, yoshlarning yurish-turishi, kiyinishi, odob-ahloq va madaniyatiga xavf solayotgan bu illatning oldini olishda, ularni milliy qadriyatlarimizga, urf-odat va an'analarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda, yuksak ma'naviyatli insonlar etib voyaga yetkazish hamda turli global tahdidlardan himoyalashda jamoat tashkilotlarining, xususan, mahallaning alohida o'rni bor. Mahallalarda Ma'rifat va ma'naviyat hamda Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo'yicha komissiyalar faoliyat ko'rsatib, ular hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yoshlarni barkamol etib tarbiyalash, turli yot ma'naviy tahdidlardan himoya qilish, nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirib kelmoqda. Ayniqsa, voyaga yetmaganlarning dars vaqtlarida "internet-kafe"lar va "kompyuter klublarida" bo'lishi, ma'naviy-ahloqiy buzuqlikni targ'ib etuvchi saytlarga kirishi holatlariga barham berish maqsadida jamoatchilik nazorati tashkil etilayotganligi, ota-onalarning farzand oldidagi majburiyatlari tushuntirilayotgani, "internet-klublari" rahbarlari javobgarlikka tortilayotgani o'z samarasini bermoqda. Hozirda "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi" hamkorligi tizimli tashkil etilgan. Ushbu hamkorlik doirasida tarbiyasi og'ir talabalar, yoshlar o'rtasida milliy qadriyatlarimizni targ'ib etish bo'yicha muayyan ishlarni amalga oshirib kelinmoqda. Ayni paytda asosiy e'tiborni mana shu tizim doirasida voyaga yetmaganlar yoshlarni ma'naviy tahdid va informatsion xurujlardan himoya qilishga qaratish lozim. Informatsion xurujning asosiy ko'rinishi zamonaviy uyali aloqa vositasi orqali kirib kelayotgani hech kimga sir emas. Negaki yoshlar uyali aloqa vositasi orqali bemalol internetga ulanishi va xohlagan saytiga kirishi mumkin. SHu nuqtai nazardan, bugungi kunning eng muhim talabi — ota-onalar o'z farzandlarining uyali aloqa vositasidan va internetdan to'g'ri foydalanishi bo'yicha doimiy nazoratni olib borishi lozim. Ota-onalar nazorati — bu dastur va xizmatlar, qaysiki ota-onalarga bolalarni kompyuterdan qanday maqsadlarda foydalanayotganini, xususan internetdagi 28
muloqotlarni chegaralashdan tortib, elektron qutilarni kuzatishgacha bo'lgan nazorat shakli hisoblanadi. Tan olish kerak, ko'pincha ota-onalar axborot savodxonligida o'z farzandlaridan ortda qoladilar, shuning uchun ham farzandlari uyda kompyuter yoki televizor oldida o'tirib, qanday xatarga yo'liqishlari mumkinligi haqida tasavvurga ega bo'lmaydi. Ota-onalarning yosh avlodni tarbiyalash bo'yicha huquqiy, ma'naviy-ahloqiy va fiziologik bilimlarini oshirish maqsadida fuqarolar yig'inlarida "Ota-onalar universitetlari" tashkil etilgan. Bugun ko'tarilgan mavzuning naqadar dolzarb ekanligini inobatga olib, mazkur universitetning yo'nalishlari bo'yicha mashg'ulotlar rejasiga "Farzandingizni axborot xurujlaridan saqlang", "Oilada ma'naviy-ahloqiy tarbiya", "Farzandingizni zararli odatlardan asrang" mavzularini kiritish va shu orqali ota-onalarning o'z farzandlarini axborot xurujlaridan saqlash bo'yicha bilim va mas'uliyatini oshirish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Voyaga yetmaganlarni turli ma'naviy tahdidlar va informatsion xurujlardan himoyalash bo'yicha davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan quyidagilarni amalga oshirish taklifini bildiramiz: Manfaatdor idora va tashkilotlar tomonidan voyaga yetmaganlarni turli informatsion xurujlardan himoyalash maqsadida internet tarmog'idan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish; Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi bilan hamkorlikda voyaga yetmagan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ijtimoiy- foydali mehnatga, to'garaklarga, shuningdek, turli sport musobaqalariga jalb qilish; Ota-onalar uchun farzandini tashqi ma'naviy tahdid va informatsion xurujlardan himoya qilishda mas'uliyati, bilimi va javobgarligini oshirish bo'yicha internet va uyali aloqa vositasidan fodalanish madaniyatini shaklantirishga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va tarqatish. Ma'naviyat targ'ibot markazi, "Kamolot" YolH bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar o'rtasida axborot xavfsizligining mazmun-mohiyati, "ommaviy madaniyat"ning salbiy oqibatlari hamda yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ta^'ibot ishlarini olib borish; ta'lim muassasalarida soha mutaxassislarini jalb etgan holda yoshlarning internetda hayot va sog'liqqa tahdid soluvchi vaziyatlarda xavfsiz harakat qilish bo'yicha malakasini oshiruvchi muloqotlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar uyushtirish; "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi" hamkorligida talaba-yoshlarning dars vaqtlarda "internet-kafe"lar va "kompyuter klublarida" bo'lishi, uyali aloqa telefonlari orqali ma'naviy-ahloqiy buzuqlikni taгg'ib etuvchi rolik, saytlarga kirishi holatlariga barham berish maqsadida jamoatchilik nazoratini tizimli tashkil etish. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, avvalo, davlat va jamoat tashkilotlar bilan hamkorlikda ma'naviy-ma'гifiy ishlarni tizimli ravishda tashkil etishimiz lozim. Buning uchun esa, har birimizdan fidoyilik, tashabbuskorlik va mas'uliyat talab etiladi.19 I bob bo'yicha xulosa Kelajagi buyuk va ertangi kuni porloq yurtga, millatga har tomonlama sog'lom, ma'nan yetuk yoshlar zarur. Shu bois, bugungi kunda yosh avlod tarbiyasiga bo'lgan e'tibor bizda davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Birinchi Prezidentimizning: "Bugun yoshlarimiz hal qiluvchi kuch bo'lib hayotga kirayapti. Men bu yoshlarga o'zimga ishongandek ishonaman", degan so'zlari zamirida ham ana shu haqiqat mujassam. Shunday ekan, yoshlarimiz ongini egallashga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarga, milliy manfaatlarimizga raxna solishga, ma'naviyatimizga tajovuz qilishga, umrimiz mazmuni bo'lgan tarixiy xotiramizni buzishga urinayotgan g'arazli kuchlarga qarshi doimo ogoh turishimiz darkor. Ana shundagina bizni hech kim, hech narsa o'z tanlagan yo'limizdan ortga qaytara olmaydi va biz ko'zlagan ulug'vor maqsadlarimizga albatta yetamiz. Yurtimizda voyaga yetmaganlar tomonidan kompyuter o'yinlarini o'ynash bo'yicha o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, kompyuter o'yinlariga qancha vaqt sarflaysiz? — savoliga 86% respondent 1-2 soat, deb javob qaytargan, 10% respondent 3-4 soat, 3,3% respondent 7 soat va undan ko'proq vaqtni kompyuter o'yinlari o'ynash bilan o'tkazishini aytgan. 0,7% respondent 5-6 soat vaqt davomida o'yin o'ynayman, deb javob qaytargan. Mafkuraviy xurujlar, avvalo, yoshlarning ongini egallashga yo'naltirilgan bo'lib, "ommaviy madaniyat" deb qaralayotgan mazkur illat xalqimizning ma'naviy xazinasi bo'lgan odob-ahloq, ibo, or-nomus, iroda, sharm-hayo, iffat- andisha kabi fazilatlarimizga tajovuz qilib, ko'p ming yillik milliy qadriyatlarimizning ildiziga putur yetkazayotgani ham, taassufki, bor gap. Boshqacha aytganda, hamma gap internetning boy axborot resurslaridan kim va qanday maqsadlarda foydalanishiga bog'liq. Tarmoqni ta'qiqlash, undan illat izlash bilan ovora bo'lmasdan, aksincha, internetning imkoniyatlaridan Vatanimiz shon-shuhratini dunyo miqyosida keng yoyish yo'lida foydalanish va buni yoshlarimizga tushuntirishimiz bugunning muhim masalalardan biridir. II bob. Ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishning shakl, metod va vositalari. 2.1. Ta'lim-tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishda talabalarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning mazmuni .
32
XX asr boshlarida D.Dyui yangi tushuncha «tanqidiy ratsionalizm » ga asos soldi. Psixolog fikrni tarbiyalashdagi muammolar xaqida o'ylab, aniq bitta maqsad qo'ygan. Intizomli idrok, aql, yaxshi kuzatuvlarni darajasini, g'oyalarni shakllanishini, eksperemental tekshiruvlarni va muloxazalarni qamrab oladi. Demak, tanqidiy fikrlashning qobiliyati bilishni ta'minlaydi. D.Dyuining fikrni tarbiyalash muammolari xaqidagi fikrlari muammoli o'quvning metodologiyasiga to'g'ri keladi. XX asr psixologiya va pedagogikasida «aql tanqidi», «fikrlash tanqidiyligi» keng tarqalgan. O'tgan asrning 50 chi yillarigacha tanqidiy fikrlash muammolari asosan psixologik nazariyasida o'rgatilgan. Asrning ikkinchi yarmida tanqidni namoyonini ontogenez jarayonida O.K.Tixomirov, A.S.Bayramov, A.I.Lipkinlar keng ko'rib chiqishgan. G.I.Buzinkov va A.B.Brushlinskiy o'z ishlarida tanqid tushunchasini qayta bog'liqlik jarayoniday aks ettirilgan, bu o'z-o'zini nazorat qilishning universal usuli bo'ladi. Bu jarayon muammolarni hal qilish yo'li, biron bir xarakatning natijalari bilan o'zaro bog'lik va shu yo'l bilan amalga oshiriladi. Faqatgina qarshiliklarni tanqidiy tushunish yoki boshlagan omadsizliklar, A.B.Brushlinskiyning fikricha, o'zini nazorat qilish xar bir g'oyaning baholanishini yanada ishonchli kriteriyalari ishlab chiqarilmoqda. V.B. Zeygarnik tanqidiylikni inson faoliyatiga nisbatan aql bilan qilingan xar bir xatti xarakati, uni tekshirishi, islox etishini miya faoliyati jarayonining tanqidiy ifodasi sifatida ko'rib chiqdi. A.S.Bayramov tushunchasi bo'yicha, tanqidiy fikrlash - bu inson miyasidagi hayotning aloxida aksi, inson va atrofdagilar tomonidan kiritilgan, asoslangan fikrlar, dalillar, gipotezalar mujassamligidir. S.I.Veksler «tanqid» tushunchasini muammolar yechimi jarayoni deb aniqlagan. N.A.Menchinskaya, A.I.Litsina, A.A.Ribaklar aql, idrok tanqidiyligini fikrlarning mustaqilligi va egiluvchanligiga bog'lashgan. Ko'p mualliflar tanqidiy ongni shaxslar, temperament bilan bog'liqligini ifodaladilar. Ilmiy tekshiruvlar natijasida quyidagi asosiy xulosaga kelindiki, bu «tanqidiy» ibora inson sub'ekti faoliyat sifatida rivojlanishida kata ro'l o'ynaydi (L.I.Bojoviya,L.A.Matveeva, K.K.Platonov). Olimlar ta'kidlashadiki, faoliyat sub'ekti o'ziga-o'zi, ishga, boshqalarga muomalasini tanqidiy baholashni bilish kerak. Demak, XX asr pedagogika va psixologiyasida ong tanqidiyligi sifatida fikrlash, aql idrok, shaxsning xususiyati deb ko'rib chiqildi. Tadqiqodchilar «tanqidiylik» tushunchasi xaqida shaxs aqliy jarayonining ketishiga ta'sir qiluvchi xususiyati va fikrlash sifati to'g'risida ta'kidlashdi. L.S.Rubinshteyn, N.A.Menchinskaya, B.V.Zeygarnik va ko'p olimlar, tanqidiylikni fikrlash sifati nuqtai nazaridan ko'rib chiqishib, e'tiborni shaxsning extiyojiga qaratishdi, bunda tanqidiylik - dolzarb aktual xolat, insonning irodasi va fe'lining qirralaridek qaraladi. XX asrning 70-80 yillarida turli olimlar insonning tanqidiy fikrlashi muammosi ustida ish olib borish borasida amaliy mantiq bilan shug'illanishgan. Ular tanqidiy fikrning yadrosini mantiq va ratsionalizmni asos qilib olishgan. Masalan, X.Garner faktlar, barcha natijalarning asosi mantiqiy jarayon natijasida tanqidiy fikrlash kelib chiqadi deb xisoblashgan. Psixologlar R.Ennis va E.Norris boy mahorat va to'g'ri fikrlash asosida inson tanqidiy fikrlashni talqin qilgan, zero ular fikrlash jarayonini boshqarishni mantiq qoidalariga rioya qilish deya xisoblashgan. E, Norris bitta nuqtai nazarni asos qilib olgan, ko'p nuqtai nazarni asos qilib olgan tanqidiy fikrlashni esa kuchli deb bilgan. E.Glasser insonning fikrlash taxminlarini o'rganishni, xulosani baholashni va tahlil kuchini tekshirishni o'z ichiga olgan dastur ishlab chiqqan. Tanqidiy fikrlash - uning fikricha, muxokamaning asoslanganligi, asoslangan xarakat va baholash jarayonini asoslangan deb biladi. Fikrlashning bu turi bilim va ijtimoiy stereotiplarga tayanadi. Tanqidiy analiz fikrni izoxlab, tushuntirib, xulosa chiqarib, to'g'ri yoki noto'g'ri yakun topishida keng tanqidiy analiz asosida olib boriladi. Tanqidiy fikrlash iborasi zamirida yuqorida sanab o'tilgan ko'nikmalarning o'zida borligi nazarda tutiladi. D.Djons tanqidiy fikrlashni tafakkur jarayonining aloxida bir ko'rinishi deb bilgan, chunki bu jarayon tufayli inson ma'lum bir savolga yetarli bilim yo'qligi natijasida javob topilmayotgan paytda oqilona javob berishni qayd etgan. Mana shu xolatda insonning izoxlab berish qobiliyati to'g'ri tushunish, tushuntirib berish, izoxlash va sharxlash qobiliyati muxim axamiyatga ega. B.Beyer tanqidiy fikrlashni aloxida bilimlarni jamlamasi deb bilgan, xar biri u yoki bu darajada ma'lum bir savolni analiz va sintezi uchun muxim deb xisoblagan. U quyidagi bilimlarni tanqidiy fikrlash uchun muxim deb bilgan farqlash, tasdiqlangan va tasdiqlanmagan fikrlarni aniqlash, uzviy bo'lmagan dalillarni aniqlash, mambaning ishonchliylik darajasini baholash va xokazo. XX asrning 70-80- yillarida chet mamlakatlar olimlarining tanqidiy fikrlashni o'rganish jarayonida uning mantiqiy asosini chuqur o'rganishga yordam berdi. Tanqidiy fikrlash jarayonida insonning tushunish, tushuntirish, izoxlash kabi qobiliyatlari muxim ahamiyatga ega ekanligi o'rganildi. XX asrning 90 yillar o'rtasida amerikalik o'qituvchilar (Djeni, D.Stil, Kertis, S.Meridit, Charlz Templi Skott Uolter) o'qish va yozish orqali insonni rivojlantirish texnologiyasi chet el ilm fanining yutug'i bo'ldi. Bu texnologiya xozirda chet eldagi umumta'limda keng qo'llanilmoqda. Tanqidiy fikrlash jarayonida inson qiziquvchanlik, tekshirish metodlarini qo'llash, o'z oldiga malum bir muammoni qo'yish va bu muammoga rejali javob topish ko'nikmalarini 35
Demak, tanqidiy fikrlash insonning aloxida, bilim yoki mahoratini emas balki juda ko'p bilimlarning ifodasi xisoblanadi. O'qish va yozish orqali tanqidiy fikrlash rivojlanish texnologiyasi rus va chet el davlatlarida psixolog va pedagoglarning natijasiga tayanadi. Mazkur teznologiyaning muallifiga asosiy ta'minot ajratilgan. Yangi psixologiya, talaba nafaqat o'zini-o'zi, balki uning tarbiyalanishini, o'z ahloqi bilan uning xarakatlarini aniqlovchi faktorlarni o'qituvchi yo'naltirgan va uni nazorat qilgan - bu nafaqat o'qituvchi, balki talabalardan xam o'z xarakatlarini maqsadini tushunishini talab qiladi. Tasviriy sxema. Bu yo'nalish R.Anderson ismi bilan bog'liq. Bu guruh nazariyasi shundan iboratki, inson o'rganish jarayonida o'zgaradi, tasavvurlari va sxemalari o'zgaradi. Shunday qilib, bu sxemalarni o'rganib chiqish va ular bilan ishlash kerak. Kitobxonni tanqidiy javobi. Devid Blyayx va Luiza Rozenblatt larning fíkrlaricha talaba matnni tushunturishi uchun ularga fikrlarini ovoza qilishiga imkoniyat yaratish kerak. Metakognetiv ta'lim olmoq. Bilish jarayoni yanada samarali bo'lishi uchun uni anglash lozim. Bu metod tasavvur, gapirayotgan o'qituvchini kuzatmoq yo'li bilan amalga oshiriladi (nima deyaptiyu, nima o'ylayapti). "O'qish va xat orqali tanqidiy fikrlashni rivojlanishi" nomli ped. Texnologiya o'z ichiga bir necha strategiyalarni qamrab olgan, bu texnologiya talabalarning maqsadlariga erishishi uchun barcha ongli faoliyat va mustaqillik bilan ta'minlaydi. Mashg'ulot texnologiyada 3 ta fazadan iborat: Chaqiruv Ma'noli tushunish Refleksiya Birinchi fazaning vazifasi bu o'rganayotgan faniga qiziqish uyg'otish va fanning kelajagini va maqsadini ko'ra bilishi, tushunishi. Tushunish fazasida yangi ma'lumot bilan tanishish sodir bo'ladi. Refleksiya bosqichining vazifasi bilgan mavzusi bo'yicha yangi, qo'shimcha bilimlar berish. 2002 yildan "Yuqori ta'limda o'qish va xat orqali tanqidiy fikrlashning rivojlanishi" proyektining amalga oshishi boshlangan. Maqsadi o'rganayotgan loyixaga moslashish. Xuddi shu yili amerikalik Volonterpar tomonidan ushbu texnologiyaning xar xil ko'rinishining barpo etilishi bo'yicha seminar o'tkazilgan. Tanqidiy fikrlashni o'rganilishida "Xat va o'qish orqali tanqidiy fikrlashni rivojlanishi" strategiyasi eng keng tarqalgan zamonaviy yo'nalish bo'ladi. "Yuqori ta'limning didaktikasi" deb nomlangan A.V. Korjuev, V.A. Popkovlarning kitobida biz zamonaviy didaktikada Tanqidiy fikrlashni tafsiyasiga murojaat qilinganini ko'rishimiz mumkin. Talabalarda baholash, bilim ko'nikma malakalari rivojlantiriladi. Tanqidiy usullarni ko'rib chiqishda quyidagilarni aloxida takidlash mumkin: Talabani o'qituvchi va xamkorlar bilan konstruktiv dialog tuzishga intilishi, boshqalarni fikriga qaramasdan o'z fikrlarini bildira olishi, yangi ma'lumotlarni bilishga intilishi, qo'yilgan vazifalarni noananaviy usullar bilan yechish, yetkazilayotgan ma'lumotlarni xar tomonlama o'rganish, u yoki bu xodisalarni sabablarini aniqlash. Mualliflarning ma'lumotlarni tanqidiy darajasini aloxida belgilashga urinishlari etiborga sazovordir. Rivojlanuvchi ta'lim kontseptsiyasiga tayangan xolda A.V. Korjuev, V.A. Popkov ta'lim berishni faqat ma'lumot olishga tenglashtirish mumkin emas degan fikrni bildiradilar. Agar ma'lumot tanqidiy me'zonlarga mos bo'lmasa, u uz tarbiyaviy ma'nosini yo'qotadi. • Birinchi mezon - "bir tomondan ...., ...lekin ikkinchi tomondan", "bir tomondan qaraganda ..." iboralarni qo'llash. Ikkinchi mezon - O'qituvchi tadqiqotchi ro'lida bo'lib, talabalarni xaqiqatni bilishga undaydi. Uchinchi mezon - Turli g'oyalar kurashi, bu yerda tarixiy-ilmiy bilimlardan foydalanish lozim. Shuningdek olimlar tanqidiy aniqlik tushunchasini kiritilar. Tanqidiy aniqlikni birinchi mezoni - talabalarga berilayotgan o'quv ma'lumoüarini isbotlashda faktlarni bir biriga almashtirishga yo'l qo'ymaslik. Ikkinchi mezon - tanqidiy va isbotlangan tasdiqlar bir biriga qarama qarshi bo'lmasligi zarur. Uchinchi mezon - Bir ma'lumotdan boshqasiga noo'rin o'tib ketishi mumkin emasligi. To'rtinchi mezon - qonunlar o'rtasidagi bog'lanish va sodir bo'lishi sababini aniqlash. Beshinchi mezon - tezislarni isbotlashni interpretatsiya (tavtologiya) ga almashtirish. Oltinchi mezon - xadislarni turlanishida isbot va dalillar to'liq bo'lishi. Ma'lumotlarni tanqiyligi N.I. Merzshkinaning dissertatsiyasida aks ettirilgan. Ba'zi yomon xodisalar avvaliga "yaxshi" deb qabul qilinadi, yaxshi xodisalar avvaliga "yomon" deb qabul qilinadi. A.R. Korishev, V.A. Popkov, I.I. Merzlikinaning tanqidiy ma'lumotlarni aniqlash me'zonlari bir birini to'ldirib, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish xaqidagi ma'lumotlarda qo'llanishi mumkin. I.A. Morochenkova o'z dissertatsiyasida talabalarni tanqidiy fikrlashini rivojlantirishni ilg'or usullari xaqida tushuncha bergan. L.V. Xoxlova tanqidiy fikrlashni shakllanishini pedagogik va metodik usullarini, me'zonlarni aniqlagan. Xoxlovani aytishicha tanqidiy fikrlash rivojlanishi, mustaxkamlanishi va olgan bilimlarini o'z vaqtida qo'llashidan iborat. N.N. Sayanina va N.V. Sayanin bo'lajak o'qituvchilarda tanqidiy fikrlash muamoli vaziyatlar orqali rivojlanishini o'rgandi. Pedagogik vaziyatlarni qo'llash maqsadi - bo'lajak o'qituvchini shaxsini faol o'zgartirish. Bo'lajak o'qituvchilarni 38
Tanqidiy fikirlashni I.Yu. Alekseeva xam o'rganib chiqqan, ma'lumotni individual, jamiyatga ta'sirini o'rgangan. Tanqidiy fikrlash shaxsni informatsion - psixologik ta'sirlardan ximoya etuvchi omil deb bilamiz. O'tkazilgan nazariy tahlillar shuni ko'rsatadiki, qadimiy grek ilmidan boshlab tanqidiy fikrlash chet el va yurtimiz faylasuflari, psixologlari, pedagoglarini e'tiborlarini o'ziga qaratib kelmoqda.20 Yaqin va O'rta Sharqda yashab ijod etgan o'rta asr mutafakkirlari tabiiy-ilmiy asarlarida ilmning turli tomonlari, uning prinsiplari, tuzilishi, mezonlari, ilmning inson aqliy rivoji va ta'limi bilan bog'liqligiga jiddiy qiziqish borligini kuzatamiz. Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, ularning safdoshlari va izdoshlari gnoseologik qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, inson ongida predmet timsoli (obrazi)ni mavhumlashtirish jarayoni ular e'tiborini doimo jalb etgan, buning natijasida mazkur predmet mohiyati va o'ziga xosligi tushunchasi ishlab chiqilgan va shakllangan. Predmet va manbalari qanaqa, jarayoni qanday bosqichlardan iborat, va amaliy faoliyat o'rtasidagi munosabatlar qanday - o'rta asrlik qariyb barcha buyuk Sharq mutafakkirlari e'tiborini jalb etgan masalalarining to'liq bo'lmagan tartibi mana shulardan iborat. Xorazmiy "hissiyot" "mantiqiy mulohazalar" vositasidan aniq farqlagan: dastlabki xususiyni , "mayda", "mantiqiysi" esa mohiyatan o'rganadi, ahamiyatli, biroq ular aloqador. Fikrlash nazariyasi kurtagi fan paydo bo'lishi bilan yuzaga keldi va uzluksiz rivojlanmoqda. Xorazmiy bu nazariyaning rivojlanishiga muhim hissa qo'shdi. U tajriba - kuzatish va eksperimental metodini samoviy jismlar harakati, shuningdek, yer sathidagi punktlarni jadval ko'rinishida ilk bor ilmiy asosladi, induksiya va deduksiya jihatidan yagona, alohida va umumiyning birligi prinsipini aniqlashtirdi: xususiy xoldan alohida xoldagi tenglamaga (olti tenglama) o'tdi, lekin umumiy (qonuniy) turgacha yetmadi, hozirgi paytda va amallarda hamma e'tirof etgan umumilmiy metod bo'lgan matematik masalalarni hal etishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Farobiy fanlarga bilimlarni o'zlashtirish va to'plashning zarur vositasi sifatida muhim ahamiyat berdi, ularni egallashni esa savodxonlik ko'rsatkichi deb hisobladi. Uning aytishicha, hissiyot a'zolari, yurak va miya inson tug'ilgandan ato etilgan, boshqalar bilim, turli xil aqliy va ahloqiy xususiyatlar: xarakter belgilari, ta'lim olish va boshqalar inson hayotiy tanqidiy fikrlashi jarayonida egallanadi. U inson xarakterining turli xususiyatlari va ahloqiy fazilatlari: dadillik, mardlik, do'stlik, saxiylik, zukkolik, haqqoniylik va hokazolarni belgilar ekan, ular shaxsni tarbiyalash va o'z-o'zini tarbiyalash natijasi deb hisoblaydi. Mutafakkirning fikricha, aqliy va xulqiy sifatlar tarbiyasi ikki xil usullar (metodlar) bilan: shaxsni kamol toptirishga yo'naltirilgan ixtiyoriy harakatlar va kuch bilan majbur qilish jarayonida amalga oshirilishi mumkin. Farobiy asarlarida didaktika masalalari, ta'limning nazariy muammolari, bilimlarni egallashning falsafiy, fiziologik va psixologik asoslari keng ko'rib chiqilgan. Uning uchun obyekt va subyektning o'zaro aloqasi, kishi shaxsining murakkab fiziologik-psixik jarayonlari va boy ma'naviy olami muhimdir. Jumladan, olimning fikricha inson ma'naviyatining oliy pog'onasi ruh, aql va tafakkur bo'lib, ular inson tanqidiy fikrlashiga xos bo'lgan o'ziga xos shakllarda namoyon bo'ladi. Farobiy tanqidiy fikrlashini tashkil etish masalalari bo'yicha bir qator muhim tavsiyalarni ishlab chiqdi. Yaxshi nazoratchi bo'lish uchun, deydi u, uch narsaga rioya qilish zarur: Ma'lum bir fan asosiga yotgan barcha prinsiplarni yaxshi bilishi kerak; Ushbu aniq fanga doir mana shu prinsip va ma'lumotlardan zarur xulosalar chiqara olish kerak, ya'ni muhokama etish qoidalarini egallash lozim; Haqiqatni yolg'ondan farqlash va xatolarini to'g'rilash uchun xato nazariyalarni inkor etishni va boshqa mualliflar mulohazalarini tahlil etish zarur. 40 Beruniyning ilmiy merosida u ishlab chiqqan tabiatni o'rganish va uning ilmiy metodi katta o'rin egallaydi. Beruniy ilmiy metodining xarakterli xususiyatlari va asosi olimning obyektivligi va oqilona yondashuvi, kuzatish, tajribalar, og'zaki va yozma yodgorliklarni o'rganish dalillarga tanqidiy yondashuv, ularni aqliy xulosalar shaklida mantiqiy umumlashtirish, haqiqatni aniqlash maqsadida qiyoslashdan iboratdir. Abu Rayhon Beruniy o'z asarlarida ta'kidlashicha ta'lim izchil, ko'rgazmali, maqsadga qaratilgan bo'lishi lozim va muayyan tizim bo'yicha olib borilishi kerak. Uning fikricha, ko'rgazmalilik ta'limni ancha qulay, aniq va qiziqarli qiladi. Kuzatuvchanlik va fikrlashni rivojlantiradi. Ibn Sino (X-XI asrlar) tanqidiy fíkrlashining turli xillarining keng manzarasini ochib berdi. Ularni ruhning xilma-xil kuchlari deb tasvirladi va bu kuchlarning anchagina qismini ilohiy ibtido hukmi ta'siridan ajratib oldi. U qadimgi (antik) an'anaga muvofiq ruhni uch ko'rinish: nabotot, hayvonot va aqlga ajratadi. Birinchisi ikki kuch - harakatlantiruvchi va qabul qiluvchiga bo'linadi. Qabul qiluvchi o'z navbatida tashqari va ichkaridan qabul qiluvchiga ajraladi. Birinchisiga besh yoki sakkiz hissiyot tegishlidir.21 Ko'rsatilgan yo'nalishlardan dastlabkisi vakillarining qarashlarini bir qadar atroflicha ko'rib chiqamiz. Bu o'rinda shuni ta'kidlab o'tish kerakki, ular muammo mohiyatini talqin qilish detallarida turlichadir. Bizning fikrimizcha, bu ishlar talabaning faollik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodiy yondashuv, qiziqish, bilimlarni mustaqil topishga qobillik, ya'ni o'qish jarayonida mazkur talaba shaxsini shakllantirish masalalariga javob beradigan sifatlarni rivojlantirish bilan uyg'unlashmog'i lozim. Ayni paytda biz tanqidiy fikrlashini shakllantirishning muhim shartiga talabalarni darsda tanqidiy fikrlashi turlarini almashtirish zaruriyatini qo'shish kerakligini qayd etamiz. Keyingi tahlilda qulaylik uchun, zamonaviy nuqtai nazardan qarab, talabalarda tanqidiy fikrlashi vositalarini uch guruhga bo'ldik: Birinchi guruhga talabaning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga yo'naltirilgan vositalarni kiritdik; ikkinchisiga - talabaning safarbar etilgan mavjud kuchlari; uchinchisiga - tanqidiy fikrlashini kuchaytirishga imkon yaratuvchi vositalarni kiritdik. Birinchi guruhdagi tanqidiy fikrlashini shakllantirish vositalari, yuqorida sharq mutafakkirlarining qarashlarida aytilganidek, ikki asosiy maqsad: talabaning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish va shaxsini shakllantirishga erishishga yo'naltirilgandir. Talabning tanqidiy fikrlashini shakllantirish jarayonida amalga oshirilar ekan, bu ikki tomonni keskin ajratmaslik kerak, biroq bunday farqlash, bizning fikrimizcha, tanqidiy fikrlashini shakllantirish muammosini hal qilishga ancha maqsadga yunaltirilgan holda yaqinlashishga imkon beradi. Talaba shaxsini rivojlantirishda, shuningdek, ikki yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin: fikrlashni rivojlantirish va takomillashtirish hamda shaxsning muayyan sifatlarini shakllantirish. Rivojlantirish, fikrlashni biz tanqidiy fikrlashining bo'g'ini deb hisoblaganimiz uchun bu vositalar guruhini quyida batafsil ko'rib o'tamiz. Shaxsning muayyan sifatlarini shakllantirishga kelganda esa, bunda mustaqil ishlash, tadqiqot topshiriqlarini bajarish, ijodiy ishlar singari vositalar qo'llaniladi, ular mustaqillikni shakllantirishga, faollikka, ijodiy yondashuvga qiziqish va boshqa shaxs sifatlariga maxsus yo'naltirilgandir. Vositalarning ikkinchi guruhi, yuqorida Sharq mutafakkirlari qarashlarida keltirilganidek,talabalarning mavjud kuchlarini safarbar etishga yo'naltirilgan. Talaba darsda faol ishlaydigan va uy masalalarini bajaradigan sharoitlarni yaratish bunga kiradi. Mazkur vositalarni salbiy hodisa deb baholash kerak, zero ular, zamonaviy didaktikada to'g'ri ta'kidlanganidek, ta'limda mustahkam va chuqur bo'lmagan natijalarni beradi. Boshqa usul talabalarda o'qishga qiziqish uyg'otuvchi vositalarni qo'llashni ko'zda tutadi. Bunga asosan talaba shaxsining motivatsion va hissiy tomonlariga ta'sir etgan holda erishiladi. Darsda hissiy muhitni yaratish, materialni muammoli bayon etish, dars boshida tajribalarni namoyish etish, ekskursiya va boshqalarni bunga qo'shish mumkin. Vositalarning uchinchi guruhi talabalarning tanqidiy fikrlashini shakllantirishda talabalar fikrlashiga oqilona yuklama berishni yaratuvchi, bu bilan tanqidiy fikrlashini jadallashtiruvchi (Beruniy, Ibn Sino, Farobiy, Aris, Geraklit, Demokrit, Sokrat va h.z.) ta'lim sharoitlarini yuzaga keltirish hisobiga muayyan samaraga erishadi.22 Ta'lim tarbiya jarayonida zararli axborotlarga qarshi kushushda talabalar ongida tanqidiy fikrlashi vositalarini tanqidiy fikrlashi metodlariga o'zaro ta'sirining natijasi sifatida talabalarda tanqidiy fikrlashining turli darajalarini shakllantiruvchi metodlarning salmog'ini kuchaytirishni ta'kidlash mumkin. Shu bois boshlang'ich bosqichda talabalar xulqini yangi zaruriyatini anglashni ta'minlovchi tanqidiy fikrlashi usullaridan foydalaniladi. Aniq qilib aytganda, talabalarda tanqidiy fikrlashini shakllantirish vositalari tizimi boshlang'ich bosqich - motivlarini shakllantirish maqsadlariga albatta mos bo'lmog'i lozim. Biroq bu bosqichda ham tanqidiy fikrlashining boshqa komponentlariga (shakllar, mazmun, metodlar, usullar, o'z-o'zini nazorat etish va o'z-o'zini anglash) ta'sir etish amalga oshirilmog'i lozim. Shunday qilib, tanqidiy fikrlashini shakllantiruvchi vositalar o'quv jarayonining har bir bosqichi aniq maqsadlarini hisobga olgan holda tanlovni amalga oshirilgandagina tizim sifatida yuzaga keladi va ular birlikda talabalarda tanqidiy fikrlashining har bir komponentiga ta'sir etadi. Talabalarda tanqidiy fikrlashining didaktik asoslarini qurishga asosiy boshlang'ich holatning mohiyati shundadir. Biz ko'rib chiqayotgan tizim yaxlit xususiyatga ega. Shunday qilib, biz talabalarda tanqidiy fikrlashi vositalari tizimining umumlashtirilgan modelini xarakterlab o'tdik, uni faoliyat nazariyasining asosiy qoidalari (Sharq mutafakkirlari nazariyalari, halq pedagogikasi), o'qish jarayonini bosqichlari maqsadlari, ta'lim, o'qitish metod va shakllari maqsadlari birligi va nihoyat tizimli yondashuvning asosiy talablari nuqtai nazaridan ko'rib chiqdik. Bularning barchasi talabalarda tanqidiy fikrlashini shakllantarish vositalari tizimini didaktik asoslashning ishonchliligini ta'minlaydi. Tanqidiy fikrlashi mazmuni uch tashqi omillar: obyekti, maqsadi, didaktik asoslar rivojlanishining qonuniyatlari orqali bog'lanadi. Zararli axborotlarga qarshi talabalar ongida tanqidiy fikrlashini shakllantirishning didaktik asosi deganda nimani tushunish kerak? Talabalarda tanqidiy fikrlashini shakllantirish nima? Talabalarda tanqidiy fikrlashini shakllantirish ancha murakkab va uzoq davom etadigan jarayondir. U o'qituvchi bilan talabaning birgalikdagi ishda shakllanadi. O'qituvchi hammasini bajaradi: u o'quv - masalasini qo'yadi, uning to'liq operatsion - predmet tarkibi, har bir alohida operatsiya va ular tartibi namunalarini beradi, u har bir harakat va operatsiya bajarilishi jarayonini nazorat qiladi, nihoyat, u har bir talaba o'quv tanqidiy fikrlashini bajardimi, agar bajarilgan bo'lsa, u qanday elementlarni qayta ishlashi lozimligini ko'rib chiqadi. Shulardan kelib chiqib, biz zararli axborotlarga qarshi talabalarda tanqidiy fikrlashini shakllantirish deganda quyidagilarni tushunamiz: O'qituvchi aralashuvisiz mustaqil amalga oshirish uchun talabaning o'ziga bu faoliyatning alohida elementlarini bajarishni sekin-asta uzatish jarayoni, ya'ni axborot - motivatsiya jarayoni. (Bunda gap zararli axborotlarga qarshi talabalarda tanqidiy fikrlashini qanday qilib ko'proq oqilona shakllantirish, mustaqil bajarish uchun uning alohida elementlarini qanday izchillikda berish ustida boradi). Bilimlarni o'zlashtirish darajasi haqidagi xabarni nazorat etish jarayonini yaxlit ta'lim sifatida shakllantirish, agar uning tuzilma komponentlarini (ham tarkib, ham jarayon jihatidan talabalar masalalarini) hal etishning yagona jarayonida egallasagina ta'minlanishi mumkin. Talabalarning erkin, mustaqil va individual ishlarini tashkil etish va boshqarish jarayoni. Shu bois faol tanqidiy fikrlashini uning tuzilma komponentlari bilan birgalikda shakllanishini biz mazkur jarayonining didaktik asosi sifatida ko'rib chiqamiz. Talabalarning mustaqil ravishda internet orqali axborotlarni olishda ularga nisbatan tanqidiy fikrlashni shakllantirishda quyidagilarga e'tibor berish kerak: talabalarda tanqidiy fikrlashida, katta guruhlar bilan qiyoslaganda, jonli, bevosita mushohada qilish bosqichi ancha muhim ahamiyatga ega. Bu bosqichda talabalar tanqidiy fikrlashi jarayonining bundan keyingi yo'li ko'p jihatdan bog'liq. Demak, bu bosqichga xos bo'lgan psixik jarayonlarni (qabul qilish, e'tibor) faollashtirish zaruriyatini yetarlicha baholamaslik mumkin emas; rivojlanayotgan ta'lim g'oyalarini amalga oshira borib, oliy ta'limdayoq talabaning fikrlash tanqidiy fikrlashini rag'batlantirishga tobora ko'proq urg'u berilmoqda. Biroq o'z mohiyatiga ko'ra oliy ta'limda ko'p narsani shunchaki yod olish reproduktiv faoliyatdagi o'quv va ko'nikmalarni esa mashqlar orqali egallash kerak. Shu bois xotiraning ishi va reproduktiv faoliyatning rolini inkor etib bo'lmaydi; oliy ta'lim nuqtai nazaridan shunday holat ham ahamiyatliki, bolaning asab tizimi hali kuchsiz va aqliy qobiliyati qiyosan past. Shu bois bolaning qobiliyati, uning navbatdagi masalalarini bajarishga tayyorligi va kuch-quvvatini qo'llab- quvvatlash uchun maxsus yo'naltirilgan usullar tizimi kerak bo'ladi. Shunday qilib, oliy ta'limda jarayonlarini faollashtirish zarur: tanqidiy fikrlashining turli darajalarni shakllantirish (bilim - tanishuv, bilim - nusxa ko'chirish, bilim - o'quv, bilim - ijod). Ta'limda faollashtirish uning ham oliy (bilim - o'quv, bilim ijod), ham quyi (bilim - tanishuv, bilim - nusxa ko'chirish) darajalarida zarur. Har bir bosqich aniq o'quv materiali va aniq tanqidiy fikrlashiga bog'liq holda kerak. G'oyaning quyidan yuqori darajalarga rivojlanishi. Biroq bu biz quyi darajalarga e'tiborsizlik bilan qaraymiz degani emas. Yuqoridagi konsepsiyalarga tayangan holda talabalarda tanqidiy fikrlashini shakllantirish vositalari tizimini ishlab chiqdik. Bu tizimni belgilashda biz Sharq mutafakkirlarining fikrlari, halq pedagogikasi, talabalarda tanqidiy fikrlashining tashqi va ichki tomonlari (kuchlari)ga suyandik. Biroq bu tushunchalar mazmuni bizda biroz o'zgacha. Konsepsiya tanqidiy fikrlashi asosida talabalarda tanqidiy fikrlashini shakllantirishning barcha muhim komponentlarini (maqsad, mazmun, shakllar, metod va usullar, vosita va motivlar) birlikda ko'rib chiqish imkoniyati paydo 45
Tanqidiy fikrlashining tashqi tomoni deganda biz ancha sodda jarayonlarini (qabul qilish, diqqat - e'tibor va boshqalar) rag'batlantirish va talabaning umumiy ish qobiliyatini saqlashni tushunamiz. Buning uchun quyidagi usullar xizmat qiladi: turli metodlar, turlar va o'quv ishlari usullarini navbatlashish yo'li bilan turli asab markazlari ishlarini almashtirishni ta'minlash; o'quv jarayonida so'z va ko'rgazmalilik, aniq va mavhumiylikning to'g'ri o'zaro munosabati; darsda jismoniy va musiqiy dam olish daqiqalari; ijobiy hissiyotlarni qo'llab-quvvatlash; didaktik usul sifatida o'yin va musobaqalarni qo'llash, tanqidiy fikrlashining ichki tomoni, bu avvalambor talabalar fikrlashini faollashtirish, boshlang'ich guruhlarda esa ular tasavvuri va ijodkorligini rag'batlantirish hamdir. Tanqidiy fikrlashini shakllantirishning ichki tomoni maqsadlarida foydalaniladigan asosiy usullar quyidagilardir: talabalarning mustaqil ishi; o'z-o'zini va o'zaro nazorat etish elementlari; Talabalarda ta'limiga muammoli yondashuv; ta'limning moslashuv tizimi elementlari va boshqalar. Biz ishlab chiqqan tashqi va ichki shakllantirish usullari tizimi talabalarda zararli axborotlarga qarshi tanqidiy fikrlashining barcha bosqichlarini qamrab oladi: jonli mushohada yuritish bosqichida, tasavvurni qabul qilish va yuzaga kelishida; mavhum fikrlash bosqichida, o'quv materialini idrok etish va sistemalashtirishda, xulosa va umumlashmalarni shakllantirishda, esga olish bosqichida, o'zlashtirilgan materialni qo'llashda. Hatto yaxshi o'ylab topilgan tizim va tanqidiy fikrlashi usullaridan oqilona foydalanilganda ham talaba o'qituvchi rejalashtirgan ta'sirlarni har doim ham mos ravishda qabul qilavermaydi. Shu bois tanqidiy fikrlashini shakllantiruvchi 46
24 zarur.23 Dunyo psixologlarining e'tirof etishicha, «axborotga mubtalolik»ka chalingan yoshlar soni kun sayin ortib bormoqda. Mutaxassislar bu holatni «axborot ochligi sindromi» deya baholamoqda. Bu dardga chalinganlar tinimsiz ravishda yangi ma'lumotlarga ehtiyoj sezadi. Muammo shundaki, yangilikning hammasi ham yaxshilikka olib kelmaydi. Kimdir biror soha bilan qiziqib, unga mukkasidan ketsa, qolgan ma'lumotlarni ongsiz ravishda inkor qila boshlaydi.24 Internetdan foydalanishni bilasizmi? Ayonki, texnik taraqqiyotni to'xtatish mumkin emas: biz buni xohlaymizmi- yo'qmi, kompyuter texnologiyalari hayotimizda mustahkam o'ringa ega, kompyuter savodxonligi ko'rsatkichi esa ko'p hollarda insonning yuqori saviyasini belgilab beruvchi omilga aylanib bormoqda. Bugun kompyuterda ishlashni bilmaydigan xodimni yaxshi mutaxassis deyish qiyin. Agar o'tgan asrning 90-yillari o'rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg'ulotlari musiqa tinglash va teleko'rsatuvlar ko'rish bo'lgan bo'lsa, ayni kunda kompyuter va inter net avvalgi qiziqishlarni yosh avlod hayotidan siqib chiqardi. Hozirgi zamon yos hlarining 70 foizi o'z qiziqish va sevimli mashg'ulotlari haqida so'z yuritganda sport, do'stlar bilan suhbatlashish, ma'naviy va madaniy hordiq chiqarish bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari, internetga bo'lgan qiziqishini birinchi o'ringa qo'ymoqda.25 Sir emas, internet va yuqori texnologiyalardan foydalanish bugungi kun odamining odatiy ehtiyojlaridan biriga aylangan. Ayni paytda, xavfsizlikka ega bo'lish, uni ta'minlash chora-tadbirlarini ham e'tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Negaki so'nggi o'nyillikda dunyodagi kiberxavfsizlik tushunchasi batamom o'zgardi, qachonlardir bir xakerning nojo'ya xatti- harakatlari sifatida ta'rif etilgan kiberxurujlar bugungi kunga kelib kompleks shaklga ega bo'ldi va chinakam tahdid ko'rinishini oldi. SHu bois yosh avlodni kiberxurujlardan himoya qilishni istagan davlatlarda bu boradagi dasturlar keng ko'lamda amalga tatbiq etilmoqdaki, buning natijasi o'laroq kibermakon xavflariga ongli ravishda qarshi kurashishga erishish maqsad qilinmoqda. Soxta axborotlardan himoyalanishning eng yaxshi usuli - barcha axborot manbalariga ehtiyotkor yondashish, ularga tanqidiy va tahliliy nazar bilan qarab, mustaqil xulosa chiqarish. Har qanday axborotni chuqur tahlil qilmay turib to'g'ri deb biladigan bo'lsak, yolg'on ma'lumot tarqatuvchilar tuzog'iga ilinib qolishimiz hech gapmas. Nafaqat OAVlariga murojaat qilgan vaqtda, balki do'stlar, hamkasblar va qarindoshlar bilan muloqotga kirishganda ham hushyorlikni unutmaslik lozim. O'zbekiston Respublikasining «Axborot erkinligi to'g'risida»gi Qonunida ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda yoshlar ongiga salbiy ta'sir etadigan, sog'lom turmush tarziga to'g'ri kelmaydigan hamda ijtimoiy xavfli hisoblangan axborotlarni tarqatishga yo'l qo'yilmasligi ta'kidlangan. Turgan gapki, bu qoidalar bevosita internetga ham taalluqli.SHunga qaramay, jahonda «axborot urush»lari avj olib, davlatlarning suveren tengligi, konstitutsion me'yorlari, diniy e'tiqodi, tinchlik va xavfsizligiga raxna solmoqda. Eng asosiysi, biz o'zimizda axborotlarni saralab olish ko'nikmasini shakllantirishimiz, har qanday yot va zararli g'oyaga munosib javob qaytarishga shay turishimiz kerak. Shundagina internet ham, axborot xurujlari ham biz uchun qo'rqinchli bo'lmay qoladi.26 Download 308.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling