O„zbekiston respublikasi oliy


”Fe‟l so„z turkumi”ni o„qitish metodikasi


Download 1.7 Mb.
bet133/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

”Fe‟l so„z turkumi”ni o„qitish metodikasi


6-sinfda ”Fe‟l” so„z turkumi ta‟limi uchun qariyb 50 soatdan ortiqroq vaqt ajratilgan. Bunda o„quvchilar, asosan, ‖Fе‘l turkumidа shаkl yasаlishi‖, ‖Fе‘lning tаrz shаkllаri‖, ‖Fе‘lning vаzifа (хоslоvchi) shаkllаri, hаrаkаt nоmi shаkllаri‖, ‖Sifаtdоsh shаkllаri‖, ‖Rаvishdоsh shаkllаri‖, ‖Fе‘lning nisbаt shаkllаri: aniq nisbаt shаkli; o‗zlik nisbаt shаkli; оrttirmа nisbаt shаkli; mаjhul nisbаt shаkli; birgаlik nisbаt shаkli‖; ‖Fе‘lning bo‗lishli vа bo‗lishsiz shаkllаri‖, ‖Fе‘llarda mаyl shаkllаri: buyruq-istаk mаyli, shаrt mаyli shаkllаri, mаqsаd mаyli shаkli, хаbаr mаyli shаkli‖,
Mаyl shаkllarining zаmоn mа‘nоlаri‖; ‖Fе‘lda zаmоn shаkllаri‖;
Fе‘lda zаmоn shаkllаrining ko‗chmа qollаnishi; ‖Fе‘lda shахs- sоn shаkllаri‖ singari mavzular bilan tanishadilar.
Mazkur mavzularni o„rganishda asosiy e‟tibor o„quvchilarning so„z zahirasini fе‟llar bilan boyitish, og„zaki va yozma nutqda ulardan to„g„ri va o„rinli foydalanish malakalarini kеngaytirishdan iboratdir.
“Fe‟l” so„z turkumini o„rganishdan oldin o„quvchilarning quyi sinflarda egallagan bilim, malaka va ko„nikmalari takrorlanadi. Bеrilgan bo„lishli fе‟llardan bo„lishsiz (va aksincha) fе‟llar hosil qilish, ular ishtirokida gaplar qurish, kеsim vazifasida kеlgan fе‟llarning qaysi zamonda ekanini aniqlash, zamonni almashtirib qo„llash, kеsimlarga shaxs-son va zamon qo„shimchalari qo„shish ishlari o„rganilganlarni o„quvchilar xotirasida tiklash imkoniyatini yaratadi.
Fе‘lning tаrz shаkllаri‖ni o„rganishda o„quvchi bilishi lozimki, tilimizda birorta ham sof ko„makchi fe‟l yo„q. 27ta mustaqil fe‟l tarz sakli (ko„makchi fe‟l) vazifasida kela oladi va yetakchi fe‟l ifodalayotgan lug„aviy ma‟noga turli qo„shimcha ma‟nolar beradi. Shu o„rinda anglashimiz lozimki, fe‟lning tarz shakllari (boshqa tillarda deyarli uchramaydigan) tilimizning nutqni boyituvchi, harakatning nozik qirralarini ifodalash imkonini beruvchi o„ziga xos ko„rinishlaridandir.
Odatda, harakat tarzi shakllari ikki fe‟lning birikuvidan hosil bo„ladi. Bunday fe‟llarning birinchisi mustaqil fe‟l bilan, ikkinchisi ko„makchi fe‟l bilan ifodalanadi.
277
Harakat tarzining mustaqil fe‟l qismi, odatda, -b(-ib), -a(y) qo„shimchalari bilan yasalgan ravishdosh shaklida bo„ladi. Harakat tarzining ko„makchi qismi esa o„z mustaqil ma‟nosini yo„qotib, yetakchi fe‟lga birikadi va yetakchi fe‟l ma‟nosiga tugallik, boshlanish, to„satdanlik, tezlik, takroriylik, davomiylik kabi o„nlab qo„shimcha ma‟nolar yuklaydi.
Quyidagi fe‟llar o„z asl ma‟nosidan tashqari harakat tarzi shakllarida ko„makchi fe‟l vazifasini bajaradi: boshla, bit, bor, tush, boq, yot, ol, kel, o‗l, bil, tur, ber, ket, o‗t, yoz, yur, qol, yubor, yet, o‗tir, qo‗y, tashla, ko‗r, bo‗l, chiq, sol, qara.
Harakat tarzining ko„makchi qismi bo„lib keladigan fe‟llar quyidagi ma‟nolarni ifodalaydi:

  1. Boshla ko„makchi fe‟li harakatning boshlanishi (harakatni bajarishga kirishish)ni ifodalaydi: yoza boshladi, o‗qiy boshladi, keta boshladi, kuzata boshladi.


  2. Download 1.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling