O„zbekiston respublikasi oliy


Mavzuni yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 1.7 Mb.
bet122/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

Mavzuni yuzasidan savol va topshiriqlar:


  1. Maktabda ”So„zshunoslik” (lеksika) bo„limi nima maqsadda o„qitiladi?

  2. Maktabda ”So„zshunoslik” (lеksika) bo„limini o„qitishning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  3. Umumiy o„rta ta‟lim maktablari ona tili mashg„ulotlarida ”So„zshunoslik” bo„limini qaysi sinfda va qancha miqdorda o„tiladi?

  4. O„qitishda o„quvchilarning so„z boyligini oshirishda mazkur bo„limning qanday roli bor?

  5. Maktabda ”So„zshunoslik” (lеksika) bo„limini o„qitish orqali o„quvchilar nutqini rivojlantirish imkoniyatlari haqida o„z fikringizni ayting.

  6. “Ma‟nodosh so„zlar” mavzusini o„rganishda qo„llaniladigan topshiriq turlari haqida gapiring.

  7. O„quvchilar nutqini uyadosh so„zlar bilan boyitish imkoniyatlari qaysilar?

  8. O„quvchilar nutqini boyitishda iboralar bilan ishlashning qanday ahamiyati bor?

  9. “…o‗quvchilar uchun zarur lug‗atlar yaratilmas ekan, ijodiy tafakkurni rivojlantirish mumkin emas, og‗zaki va yozma nutqni o‗stirish vositasi bo‗lgan joriy darsliklar o‗z vazifasini to‗la bajara olmaydi”, degan fikrni izohlang.

  10. Nega shu paytgacha o„quvchilar uchun zarur lug„atlar yaratish masalasiga jiddiy e‟tibor qaratilmagan?

Foydalanish uchun adabiyotlar: [3;6;7;8;9;11;13;14;15;16;17;18;20;27;33;35]


255

MORFEMIKA VA SO„Z YASALISHINI O„QITISH METODIKASI




Reja:


  1. Morfemika o„qitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari.

  2. So„z yasalishini o„qitishning maqsad, vazifalari va metodlari. 3.Morfemka, so„z yasalishi va orfografiya aloqadorligi.



Mavzuga oid tayanch tuhunchalar


Agglyutinativ til, morfemika, asos morfema, affiksal morfema, so‗z yasash, affiksatsiya, kompozitsiya

6-sinfning 1-choragida “Morfologiya” bo„limi ta‟limini boshlashdan avval 15 soat morfemika va so„z yasalishi mavzulari uchun dastuur hamda darslikda vaqt ajratilgan. Bunda, asosan, quyidagi mavzular: “So„z tаrkibi hаqidа umumiy mа‟lumоt”, “Qo„shimchаlаrning mа‟nо vаzifаsigа ko„rа turlаri”, “So„z yasоvchi qo„shimchаlаr”, “Tub va yasama so„zlar”, “Shаkl yasоvchi qo„shimchаlаr”, “So„zning mоrfоlоgik tаrkibi”, “So„z tаrkibidа tаrtib”, “So„z tаrkibi vа so„z yasаlishi bo„yichа tаhlil tаrtibi ustidа ishlаsh” berilgan.


6-sinf bitiruvchilаrigа mazkur mavzular bo„ycha qo„yilаdigаn tаlаblаrda
qo‗shimchаlаrni ko‗mаkchilаr bilаn, ko‗mаkchilаrni qo‗shimchаlаr bilаn аlmаshtirib qo‗llаsh;
o‗rgаnilgаn ifоdа vоsitаlаrini o‗rinli qo‗llаy оlish vа ulаrning uslubiy imkоniyatlаridаn fоydаlаnа оlish malaka va ko„nikmalari belgilangan.
Ma‟lumki, morfemika – so„zning ma‟noli qismlari haqidagi ta‟limot*. So„zning ma‟noli qismlari morfemalar deyiladi. Morfema so„zning bo„linmas, eng kichik ma‟noli qismi bo„lib, asosan, nazariy jihatdan asos (o„zak) morfema va asos qismga qo„shilib muayyan grammatik ma‟noni yuzaga chiqaruvchi affiksal morfema nazarda tutiladi.





  • Maktab darsliklarida morfemika bo„limiga tegishli ma‟lumotlar goh an‟anaviy, goh zamonaviy tilshuunoslik ma‟lumotlariga ko„ra har xil beriladi. Shuni inobatga olib mazkur o„rinda o„zbek morfemikasiga oid biroz nazariy ma‟lumotlar keltirishi joiz deb bildik.

256
Asos (o„zak) morfema – so„zda, albatta, ishtirok etadigan, leksik (lug„aviy) ma‟no ifodalay oladigan morfema turi. O„zak morfema so„z yasalishi uchun ham, shakl (forma) yasalishi uchun ham asos bo„ladi: gulchilarimizni: o„zak morfema – gul.
Affiksal morfema (qo„shimcha morfema) – mustaqil leksik (lug„aviy) ma‟no ifodalay olmaydigan, so„zning leksik yoki grammatik ma‟nolari shakllanishida xizmat qiladigan morfema turi. Affiksal morfema so„z tarkibida hamma vaqt ham ishtirok etavermaydi. Affiksal morfemalar (qo„shimchalar) umumiy tarzda yasovchilar hisoblanadi va ular vazifasiga ko„ra ikki xil bo„ladi: 1) yangi so„z yasovchilar va 2) shakl yasovchilar. (Shakl yasovchilar ichki mohiyatiga ko„ra –lug„aviy shakl yasovchilar hamda sintaktik shakl yasovchilarga bo„linadi. Shu bois ba‟zan darsliklarda affiksal morfemalar uch turga ( 1)so„z yasovchi; 2) lug„aviy shakl yasovchi; 3) aloqa-munosabat qo„shimchalariga) bo„linadi.
(O„zbek tili (asosan, artikllar bilan ish ko„rvchi rus, ingliz kabi flektiv tillardan farqlanuvchi) agglyutinativ tillar sirasiga kiradi va shu mohiyatiga ko„ra ko„proq qo„shimchalar bilan ish ko„radi. (Ammo bu flektiv tillar mutlaqo qo„shimcha qo„llamaydi yoki agglyutinativ tillarda grammatik ma‟no faqat affikslar asosida yuzaga chiqadi degani emas.) Qarang: 7-jadval)

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling