O„zbekiston respublikasi oliy
”So„z birikmasini o„qitish” mеtodikasi
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-jadval
”So„z birikmasini o„qitish” mеtodikasiSo„z birikmasi yuzaga kelishi uchun biriktiruvchi so„zning ma‟noviy jihatdan o„ziga mos boshqa so„z, ya‟ni birikuvchilarni tanlashi kerak bo„ladi. Oz navbatida biriktiruvchi so„zni birikuvchi birlik ham tanlashi kerak. Demak, so„z birikmasida hokim so„z ham, tobe so„z ham leksik jihatdan bir-biriga mos kelishi (tanlashi va tanlanishi) shart. Shu asnoda hokim va tobe so„zning o„zaro uyg„unligi so„z birikmasini yuzaga keltiradi. Masalan, kiymoq so„zi ro‗mol, sharf yoki paytava birliklarini mazmunan o„ziga torta olmaydi, ro‗mol, sharf yoki paytava kiyilmaydi (boshga, bo„yinga va oyoqqa o„raladi). Demak, o„ragichlar nomi bilan kiymoq so„zida ma‟noviy muvofiqlik mavjud emas. Zero, kiymoq so„zi kuylak, shim, kostyum, to‗n, chopon kabilar bilan; ro‗mol, sharf yoki paytava birliklari o‗ramoq so„zi bilan mazmunan muvofiq keladi. O„quvchilar 5-sinfda so„z birikmasi xususida dastlabki ma‟lumotlarni egallaganliklarini inobatga olsak, ular bеrilgan so„z birikmalarida hokim va tobе so„zni aniqlash, hokim so„zdan tobе so„zga so„roq bеrish singari topshiriqlarni uddalay oladilar. Shuningdek, 8-sinfda so„z birikmasini izchil o„rganishga qadar ular kеngayuvchi va kеngaytiruvchi so„zlar birgalikda so„z birikmasini tashkil etishini, so„z birikmalaridagi kеngaytiruvchi so„z – tobе so„z, kеngayuvchi so„z esa hokim so„z (kitobni o‗qimoq (kitobni – izohlovchi, kengaytiruvchi, o‗qimoq – izohlanuvchi, kengayuvchi) ekanligini umumiy tarzda biladilar. So„z birikmasini gapdan farqlay oladilar. O„quvchilar shu sinfda sintaktik aloqa natijasida ikki xil bog„lanish yuzaga kelishi haqidagi ma‟lumotga duch keladiar. 9-jadval323
Otli birikmalar esa, asosan, ismlar bilan ifodalanadi. Jumladan, qizil olma, yaxshi tarbiya, hammadan aqlli, qizlarning suluvi, oyning o‗n beshi, fasllarning barchasi, bolalarning har qaysi, kitobdan o‗qimoq, kutubxonadan izlash, ko‗chaning shovqini, otlar dukuri, ayolning oh-faryodi va b. Tilimizda oz bo„lsa-da, fe‟lli birikmaning ham, otli birikmaning ham tarkibiga kirmaydigan ravishli birikmalar-da uchraydi. Masalan, Buxorodan tubanda, hammadan oldinda kabi. ”So„z birikmasi” mavzusi o„rganilar ekan, o„quvchilar so„z birikmasida so„zlarning o„zaro birikish usullari (boshqaruv, moslashuv, bitishuv) bilan ham tanishadilar. Bеrilgan so„z birikmalari tarkibidagi bog„lovchi vositalarni ajratadilar va ularni nutqlarida to„g„ri qo„llashni o„rganadilar. Masalan, Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling