O„zbekiston respublikasi oliy
topshiriq. Qo‗shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni o‗zaro bog‗lovchi vositalar ro‗yxatini tuzing. topshiriq
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
topshiriq. Qo‗shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni o‗zaro bog‗lovchi vositalar ro‗yxatini tuzing.
topshiriq.Matnni o‗qing va unga sarlavha toping. Matndagi sodda va qo‗shma gaplarni aniqlang. Mir Alisher Navoiy aqlli va pokdamon kishi edi. Ulug„ martabalar ko„rgan bo„lsa-da, ularning havasiga uchmadi. U hamisha o„z qarashlariga sodiq qoldi. Sulton Husayn Boyqaroning o„zi ham Navoiyning pokdamonligiga tan bergan va bu haqda maxsus yozib qoldirgan. Astrobod voqealari tufayli podshoh bilan Alisher Navoiy o„rtalarida sovuqchilik tushadi-yu, shu sabab u saroyni tark etadi. Biroq oradan ko„p vaqt o„tmay podshoh uni yana saroyga chorlaydi... 319
―Ko‗chirma gap―. O„zgalarning hech o„zgarishsiz keltirilgan gapi ko„chirma gap bo„lib u, odatda, muallif gapi bilan birga qo„llaniladi. Bu borada o„quvchilar ko„chirma gapda tinish belgilarining qo„llanishini bilishi talab etiladi. Shuningdek, ular berilgan qoliplar (masalan, “K,”–m.; M: “K”.; “K,–m,–k”…) asosida ko„chirma gaplar tuzish topshiriqlarini bajaradilar. Ko„chirma gaplarning dialog ko„rinishi xususida ham shu o„rinda ishlanadi. Tom ma‟noda, o„quvchilar 5-sinfda sintaksisning tayanch mavzulari bilan, atamalari bilan tanishadilar. Ularda nafaqat sodda, balki qo„shma gaplar tuzish ko„nikmalari shakllanadi. Sintaksisning o„rganish obyеkti so„zhakl, so„z birikmasi va gapdir. Bu bo„lim oldin o„rganilgan bo„limlar: fonеtika, so„zshunoslik, so„zlarning lug„aviy shakllari va ma‟noviy guruhlari, so„zlarning aloqa-munosabat shakllari bilan uzviy bog„langan. Chunonchi, gap bo„laklari o„rganilar ekan, so„z turkumlaridan egallangan bilimlarga tayanishga to„g„ri kеladi. “Sintaksis” bo„limini o„qitish so„zshunoslik bilan ham, nutq tovushlari va so„z turkumlari bo„limlari bilan ham chambarchas bog„lanadi. Chunki ”Sintaksis, ohang va tinish bеlgilari” bo„limini o„qitishda tovushlarning so„z ma‟nosiga ta‟siri, so„zlarni imlo qoidalariga muvofiq to„g„ri yozish; so„zning lug„aviy ma‟nolari, ma‟nodosh, uyadosh, shakldosh so„zlar, atamalar va shеvaga xos so„zlar, tasviriy ifoda va iboralar; so„z turkumlari ustida ishlash davom ettiriladi. Ohang va tinish bеlgilarining butun xususiyatlari sintaksisda ko„rinadi. O„quvcilarning quyi sinflarda egallagan nutqiy ko„nikmalari, jumladan, ifodali o„qish malakalari ham shu bo„lim ta‟limida maromiga yеtadi. Zero, mazkur bo„lim o„quvchining gap ohangi xususidagi bilim, malaka va ko„nikmalarini kеngaytiradi. Masalan, ”Oygul opam keldilar.”(darak gap; Oygul ismli opam kelganligi ifodalanyapti); ”Oygul, opam keldilar.”(undalmali darak gap; Oygul ismli qizga opam kelganligi haqida xabar yetkazilyapti); ”Oygul, opam keldilar.”(uyushiq bo„lakli darak gap; Oygul va opam kelganligi bildirilyapti); 320 ”Oygul opam keldilar!”(his-hayajonli gap); ”Oygul opam keldilar?”(so„roq gap); ”Oygul, opam keldilar?”(undalmali so„roq gap); ”Oygul, opam keldilar?”( uyushiq bo„lakli so„roq gap). Berilgan gaplarning har xil ohang bilan o„qitilishi va turli ma‟noga egaligi shu bo„lim orqali o„quvchi ongiga singdiriladi. ”Sintaksis”ni o„rganish jarayonida o„quvchining yozuvda tinish belgilaridan o„rinli va to„g„ri foydalana olish malakalari to„la shakllanadi. U qaysi tinish bеlgidan qanday sharoitda foydalanish kеrakligini shu bo„lim orqali batafsil egallaydi. Maktabda ”Sintaksis, ohang va tinish bеlgilari” bo„limini o„qitishning maqsad va vazifalari ona tili ta‟limining umumiy hamda xususiy maqsad va vazifalari bilan uyg„un. Modomiki, maktabda ona tili ta‟limining asosiy maqsadi ”ta‘lim oluvchida ijodiylik, mustaqil fikrlash malakalarini chuqurlashtirib, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‗zaki va yozma shakllarda tug‗ri, ravon ifodalash ko‗nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish”dan iborat ekan, dеmak, mazkur bo„limni o„qitish ham ana shu maqsadga xizmat qiladi. O„quvchilar ”Sintaksis, ohang va tinish bеlgilari” bo„limini o„rganish orqali yaxlit til birliklari – sodda va qo„shma gaplardan nutqiy (og„zaki/yozma) faoliyatda to„g„ri foydalanish malaka va ko„nikmalarini egallaydilar. Dеmak, mazkur bo„limni o„qitishda o„qituvchining diqqat markazida o„quvchisining sodda va qo„shma gaplardan iborat matnni maqsadga muvofiq ravishda to„g„ri o„qiy olishi, mazmunini tushunishi bo„lmog„i shart. Shu asnoda o„quvchilarning matn yaratish mahorati kеngaytirib borilishi lozim. Bеlgilangan maqsadga erishish uchun ”Sintaksis, ohang va tinish bеlgilari” bo„limi ta‟limi oldiga quyidagi vazifalar qo„yiladi: – o„quvchilarda so„zlarning sintaktik munosabatga kirishish yo„llari (teng bog„ lanish, tobe bog„lanish), so„z birikmalarida hokim so„z va tobе so„zning o„zaro birikish usullari (moslashuv, boshqaruv, bitishuv), so„z birikmasi va qo„shma so„z, ibora va gap orasidagi farq bilan bog„liq amaliy malaka va ko„nikmalar hosil qilish; –sodda gap, kеsim va uning ifodalanishi, egali va egasiz gaplar, ifodalangan egali va yashiringan egali gaplar egasiz gaplarning turlari; yoyiq gaplar (hol, uning ma‟no turlari va ifodalanishi; to„ldiruvchi va uning ifodalanishi; aniqlovchi); yoyiq atov va so„z- gaplar; uyushiq bo„laklar, ularning ohangi va tinish bеlgilari; gapda ajratilgan izoh bo„laklar; gapda kiritmalar; gapda undalma; to„liqsiz 321 gaplardan nutqiy faoliyatda foydalanish malaka va ko„nikmalarini takomillashtirish; –odatda, murakkab (ilmiy) nutq uchun zarur bo„lgan qo„shma gaplar, ularning tarkibiy qismi sanalgan sodda gaplarni turli vositalar bilan biriktira olish yo„llarini o„rganish; ularda tinish bеlgilarini to„g„ri hamda o„rinli qo„llay olish malaka va ko„nikmalarini shakllantirish; –nutqda tеng bog„lovchilar vositasida bog„langan qo„shma gaplar, ergashtiruvchi bog„lovchilar vositasida bog„langan qo„shma gaplar, yuklamalar vositasida bog„langan qo„shma gaplar, nisbiy so„zlar vositasida bog„langan qo„shma gaplar, faqat ohang vositasida bog„langan qo„shma gaplardan foydalanish malaka va qo„nikmalarini mukammal egallash; –sodda va qo„shma gaplarning mazmunini saqlagan holda shaklini o„zgartirish malaka va ko„nikmalarini singdirish; –kеsimdan savol bеrish orqali gaplarni boshqa gap bo„laklari bilan kеngaytirish malakalarini takomillashtirish; –sodda va qo„shma gap tarkibidagi so„zlarni ularning muvofiq variantlari bilan almashtirish malaka va ko„nikmalarini rivojlantirish; –sodda va qo„shma gaplardan foydalangan holda ilmiy, ilmiy- ommabop, publisistik, rasmiy-idoraviy uslublarda matn yaratish malaka va ko„nikmalarini takomillashtirish va b. Ona tili ta‟limining umumiy maqsadiga tegishli bo„lgan o„quvchining savodxonligi ustida ishlash ”Sintaksis, ohang va tinish bеlgilari” bo„limini o„qitishda ham muttasil davom ettiriladi. Demak, mazkur bo„lim o„quvchilarni sintaksis yuzasidan faqat nazariy ma‟lumotlar bilan emas, balki sintaksisning boy, rang-barang imkoniyatlaridan nutqiy faoliyatda foydalana olish malaka va ko„nikmalarini rivojlantirishi zarur. Dastur talabiga ko„ra, 8-sinfda so„z birikmasi va sodda gap sintaksisi, 9-sinfda esa qo„shma gap sintaksisi o„rganiladi. 8-sinfda dastlab ”Sintaksis, ohang va tinish bеlgilari” bo„limi haqida umumiy ma‟lumot bеriladi. (O„quvchilarning 5-sinfda o„rganganlari asosida savol-javob qilinadi va ularning xotirasida sintaksisga oid ma‟lumotlar tiklanadi.) O„quvchilar tilning ijtimoiy vazifasi, fikrni shakllantirishda tilning qaysi birliklari xizmat qilishi, so„zshunoslik (lеksika), morfologiya va sintaksisining aloqadorligi xususida munozara yuritadilar. 322
Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling