O„zbekiston respublikasi oliy


Download 1.7 Mb.
bet160/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

Ijarachi uni uydan chiqarib ketdi.–3

ravish––3

3–

U yaxshi o‗qiydi.–––––––4

olmosh–4

4–

Bunda ari keltiradi bol.–––5

son––5

5–

Ishimiz kech tugadi.––––––6

fe‟l –––6

6–

Bir keldi, bir ketdi.––––7

taqlid––7

7–

Topshiriqning javobi quyidagicha bajarilishi zarur:



Biloljon shoshilib gapirdi.––1

ot–––1

1–6

Bola piq-piq kuldi.–––2

sifat––––2

2–7

Ijarachi uni uydan chiqarib ketdi.–3

ravish––3

3–1

U yaxshi o‗qiydi.–––––––4

olmosh–4

4–2

Bunda ari keltiradi bol.–––5

son––5

5–4

Ishimiz kech tugadi.––––––6

fe‟l –––6

6–3

Bir keldi, bir ketdi.––––7

taqlid––7

7– 5




  1. topshiriq. Berilgan jadvalni yangi misollar bilan to‗ldiring.

Hol va uning ma‟noviy guruhlari ustida ishlash o„quvchiga o„z nutqida gap bo„laklaridan to„g„ri foydalana olish yo„llarini o„rgatadi.
To„ldiruvchi, odatda, fe‟l bilan ifodalangan har qanday bo„lak yoki bo„lak qismining ma‟noviy jihatini to„ldiradi. Gapda kesimga (Kitobni asrang), boshqa to„ldiruvchiga (Kitobni asrashni unutmang), egaga (Kitobni asrash sening vazifangligini unutma), aniqlovchiga (Kitobni asrashning hikmati ko‗p) bog„lanib keladi.
To„ldiruvchi o„zi birikayotgan fe‟lning tabiatiga ko„ra vositali va vositasiz turlarga bo„linadi.
Vositasiz to„ldiruvchi bilan birikish faqat o„timli fe‟lga xos. Vositasiz to„ldiruvchi vazifasida tushum kelishigidagi so„z keladi va u gapda belgili yoki belgisiz qo„llanilaveradi. Masalan, Sen bahorni sog‗inmadingmi?(A.Oripov); Bunda bulbul kitob o‗qiydi.(H.Olimjon).
333
Vositali to„ldiruvchi turli grammatik ko„rsatkich(jo„nalish, o„rin- payt, chiqish kelishiklari va ko„makchilar)lar bilan ifodalanadi. Masalan, Kitobni senga oldim.; Kitobni sendan oldim.; Bu kitob senda bor.; Kitobni sen uchun oldim.
“To„ldiruvchi” mavzusi ta‟limida asosiy amaliy ishlarda to„ldiruvchining so„z, so„z birikmasi va kеngaygan birikmalar bilan ifodalanishi; tuzilishiga ko„ra sodda (masalan, Xotirangiz mening xotiramdan o‗tkir ekan) va murakkab (masalan, Qarorda ularga yordam ko„rsatish to„grisida ko‗rsatma berilgan) ko„rinishlariga; kеlishik shakllari va ko„makchilar ifodalangandagi ma‟no qirralaridagi farqlarga (senga – sen uchun) e‟tibor qaratiladi.
Aniqlovchi gapda ot bilan ifodalangan, shuningdek, bo„lak yoki bo„lak bo„laklarining, undalma yoki kirish birikmalarining kengaytiruvchisi hisoblanadi. Masalan, Nilufar a‟lochi talaba (kesim aniqlovchisi); Кimning gapi to‗g‗ri (ega aniqlovchisi); So„lim va xushhavo vodiyda o‗rnashdilar(hol aniqlovchisi); Bizning yorni ko‗rgan bormi (to„ldiruvchi aniqlovchisi); Xayr endi, yashil vodiy, xushmanzara tog‗ (undalma aniqlovchisi).
Aniqlovchi mohiyatan uch xil bo„ladi: sifatlovchi, qaratuvchi, izohlovchi.
Sifatlovchili birikmada tobe a‟zo (sifatlovchi) hokim uzvning biror xususiyatini aniqlab keladi va unga tobe aloqaning bitishuv yo„li bilan bog„lanadi (masalan, Oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani?(Qo„shiqdan)
Qaratqichli birikmada qaratqich aniqlovchi ot yoki ot o„rnidagi so„zlar bilan (Ona yerning otash qa‘ridan «o‗g‗lim», degan nido keladi.(E.Vohidov); Mening ikki onam bor, ikkisi ham mehribon; ma‟nosi toraygan so„zlar bilan (Кo„pning duosi ko‗l; O„qiganning aqli ko‗p uzun bo‗ldi) ifodalanishi mumkin.
Umuman olganda, aniqlovchi sifat bilan: A‟lo mamlakatning a‟lo farzandi, bilib qo‗yki, seni Vatan kutadi; sifatdosh bilan: Oqar daryo oqmasdan qolmas; ravish bilan: Кechagi noxush manzarani bir umr unutmasa kerak; son bilan: o„ninchi yillarning sargardonligi; (sifat vazifasidagi) ot bilan: anor yuz, oltin kuz; olmosh bilan: Qaysi yuzim bilan unga qarayman? ham ifodalanish xususiyatiga ega.
Mazkur mavzuni o„rganishda ijodiy-amaliy topshiriqlar orkali qaratqichli aniqlovchi va sifatlovchi aniqlovchilar haqida tushuncha

334
hosil qilinadi; ularning so„z, so„z birikmalari bilan ifodalanishi yuzasidan ma‟lumotlar bеriladi.


Aniqlovchi bilan bir qatorda izohlovchi haqida ham ma‟lumot bеriladi. Bеrilgan izohlovchilarni sodda va murakkab izohlovchilarga ajratish, ularni shaxs nomlari va shaxs otlari, shuningdеk, vaqt (yil, oy, kun) otlari bilan birga qo„llash yuzasidan ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi.
8-sinfda dastur talabiga ko„ra o„quvchilarni “Yoyiq atov so„z va gaplar”, “Gapda uyushiq bo„laklar, ularda ohang va tinish bеlgilari”, “Gapda ajratilgan izoh bo„laklar”, “Gapda undalma” va “To„liqsiz gaplar” singari mavzular bilan tanishtirish ko„zda tutilgan.
Mazkur mavzularni o„tishda yoyiq atov gaplar va yoyiq so„z- gaplar ustida ishlash, ixcham atov gaplar(Bahor...Gullar...)ni yoyiq atov gaplar(Yurtimizda bahor...Atrofda gullar...)ga aylantirish; uyushiq bo„lak (masalan, Ko‗chada Salimani, Halima va Toshpo‗latni uchratdim) haqida quyi sinfda o„rganganlaini mustahkamlash, uyushiq bo„laklar va so„z qo„shilmalari, uyushiq bo„lakli gaplarda ohang (masalan, Sinfimizning Karima, Salima, Lobar kabi a‘lochilari bor) va ularning tеng bog„lovchilar bilan bog„lanishi (masalan, Javohir va Bilol sho‗x bolalar.;, Marvarid hamda Ifora maktabga boradi.; Sen bilan men haq tomonda bo‗laylik va h.) uyushgan egali (masalan, Otam va onam bolalar tarbiyasiga jiddiy qarashadi), holli (masalan, Uyda ham, maktabda ham, ko‗chada ham tozalikka rioya qiling), to„ldiruvchili (masalan, Mendan, sendan, qo‗shni qizdan bolalarga qarab turishni so‗rashgan) va aniqlovchili (masalan, Menga atirgul, rayhon, ra‘nogulning ifori juda yoqadi) gaplar tuzish, kеsimning uyushishidagi xususiyatlari (masalan, Bola daftarga yozib, chizib tashladi.; Hammaga o‗rnak bolalar tarbiyali va odobli sanaladi.; Qadim zamonlarda bu yurt ham go‗zal va farovon edi), uyushiq bo„laklarda umumlashtiruvchi qism (masalan, Bog‗imizda mevali daraxtlar: olma, o‗rik, nok va shaftoli bor.; Do‗kondan daftar, qalam, ruchka – o‗quv qurollari sotib oldim.; Bayram kuni opam, jyanlarim, xolam, tog‗am, xullas, hamma keldi); kiritmalarning gap mazmuniga (masalan, Bu voqea Karima tug‗ilgan paytda (O‗shanda erta bahor edi) ro‗y bergan) va gap bo„laklariga aloqasi (masalan, Uyimizga Dilshod va Bekzod (opamning o‗g‗illari) kelishdi), kirish bo„laklarning so„z (masalan, Men sizni ogohlantirdim, xolos), so„z birikmasi (masalan, Aytishlariga qaraganda, sayhotga hozir
335
borolmaymiz), kеngaygan birikmalar (masalan, Karima opamning aytishlaricha, ertadan ta‘tilga chiqamiz) va gaplar (masalan, Qor ko‗p yog‗gan yili (O‗shanda 2007-yilning qish fasli edi) oila ancha qiynalib qoldi), bilan ifodalanishi, kiritmali gaplarda tinish bеlgilari va ohang; undalma (masalan, Ey dunyo, qismating oliy, murakkab), uning sodda (masalan, Bolalar, bilim manbayi bo‗lmish kitobni seving) va murakkab turlari (masalan, Ey qadim Turon, jarohatlari bitmagan yurt, sening ham ozod yashashga haqing bor), undalmalarning so„z, so„z birikmalari, kеngaygan birikmalar bilan ifodalanishi, undalma va egani farqlash (masalan, Karima, dugonang keldi – Karima dugonang keldi), to„liqsiz gaplardan nutqiy faoliyatda foydalanish (masalan, – Nima o‗qiyapsan? –Maktub.; –Bu ayol kimning qarindosh? – Onamning) singari bir qator amaliy topshiriqlar orqali o„quvchilarning ijodiy fikrlashi, izlanishi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og„zaki va yozma shakllarda ifodalanishi namoyon bo„ladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling