M022-5-guruh magistranti Boysunova Maftunaning Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari Bajardi: Qabul qildi: Qarshi – 2023 mundarija kirish
Download 1.5 Mb.
|
Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari
- II-BOB. Bio logik xilma-xillikni saq l ash milliy strategiya va harakat rejasi
- III-BOB. О‘zbekistonda bioxilma-xillikni qisqarish sabablari va undan oqilona foydlanish
- Xulosa
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI Kimyo-biologiya fakulteti Magistratura bo’limi Biologiya(turlari boʻyicha)yo’nalishi M022-5-guruh magistranti Boysunova Maftunaning Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan KURS ISHI Mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari Bajardi: Qabul qildi: Qarshi – 2023 MUNDARIJA Kirish ………………………………………………………………………….... 3 I-BOB. Bioxilma-xillikni biosfera va inson hayotidagi ahamiyati................... 6 1.1. Bioxilma-xillik oʻzi nima. Inson va bioxilma-xillik o’rtasidagi o’zaro munosabatlar…………………………………………………………………....... 6 1.2. Bioxilma-xillik va oziq-ovqat xavfsizligining umumbashariy muammolari….8 II-BOB. Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi…11 2.1. O‘zbekistonda mustaqillik davrlarida bioxilma-xillikni saqlash bo’yicha amalga oshirilgan jarayonlar va tadbirlar…………………………………………11 2.2. O’zbekistonda kelajakda bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan milliy strategiya maqsadi, vazifalari va yo’nalishlari……………………………………19 III-BOB. О‘zbekistonda bioxilma-xillikni qisqarish sabablari va undan oqilona foydlanish ……………………………………………………………....27 3.1. O‘zbekistonda bioxilma-xillikni qisqarishi sabablari…………………….….27 3.2. Bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar………………………31 Xulosa…………………………………………………………………………….35 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………………37 Ilova …………………………………………………………………………...…38 Kirish Yer shari aholisi keyingi 150 yil ichida juda tez o`smoqda. Yerda aholini o`sishi, ko`plab o`simlik va hayvon turlarini yashash joylarini qisqarishi, tabiiy sistemalarni buzulishiga sabab bo`lmoqda. O`rmonlarni qisqarishi, hududlarni cho`llanishi juda jadal bormoqda. Daryolar oqimini boshqarilishi, foydali qazilma boyliklarini qazib olish, qishloq xo`jaligi ekinlari uchun yangi yerlarni o`zlashtirilishi, yo`llar qurush, quvurlar yotqazish va insoniyat tomonidan har qanday xo`jalik faoliyati yuritish ekosistemalarni o`ziga xos tabiiy xususiyatlarini va organizmlar yashash sharoitini o`zgartiradi. Tabiatda turlar sonini qisqarishi, ularni genetik xilma-xilligini kamayishiga olib keladi va natijada ular o`zgaruvchan tashqi muhit sharoitlariga moslasha olmay qoladi. Bu jarayon uy hayvonlari va madaniy o`simliklarga ham ta`aluqli. Inson ko`pgina turlarni yashash joyini o`zgartirishi oqibatida, uni o`zi iqlim isishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Muhitning tez o`zgarishiga moslashish xususiyatida ega bo`lmagan ba`zi turlar hududni tashlab ketadi yoki nobud bo`ladi. Ikkala holatda ham tabiiy tuzilmaning turlar xilma-xilligi kamayadi. Bu paytda jadal iqlim isishi tufayli odam va hayvonlarni xavfli kasalliklarini tashuvchi ayrim turlar (bezgak, ensefalit va boshqalar) areali kengayadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1992 yil 3-4 iyunda Rio-de-janeyro shahrida (Braziliya) bo`lib o`tgan Atrof muhit muhofazasi va rivojlanishi bo`yicha Xalqaro konferensiyasi ,,Bioxilma-xillik va uni muhofazasi” yo`lida eng muhim voqea bo`ldi. Konferensiya qatnashchilarining asosiy e`tibori-insoniyatni barqaror rivojlanishi yo`llariga qaratilgan bo`lib, natijada unda quyidagi muhim hujjatlar qabul qilindi: Atrof muhit va rivojlanish bo`yicha Dekloratsiya; ”XXI asr kun tartibi” uzoq muddatli global masshtabli harakat Dasturi; Barcha turdagi o`rmonlarni o`zlashtirish, muhofaza qilish va oqilona foydalanish Prinsiplari; ”Biologik xilma-xillik bo`yicha” va ”Iqlim o`zgarishi bo`yicha” Konvensiyalar qabul qilindi. ”Biologik xilma-xillik bo`yicha” Konvensiya Yevropa Ittifoqi va Dunyoning 153 davlati vakillari tomonidan imzolandi. Buning davomiga yana 14 ta davlat qo`shildi. Shunday qilib bu Konvensiya Xalqaro darajada keng qo`llab quvvatlandi. Biologik xilma-xillik haqidagi konvensiyada quyidagi Dekloratsiyalar qabul qilindi. Biologik xilma-xillikni saqlash; Biologik xilma-xillik komponentlaridan barqaror foydalanish; Genetik resurslardan foydalanishidan keladigan daromadlarni teng taqsimlash. Yuqoridagilardan uchinchi maqsad – aniq harakterda bo`lib, yani genetik resurslarga hukumronlik qiluvchi (Janub davlatlari) hamda yuqori zamonaviy texnologiyalar va potensialga ega va bu resurslardan iste’mol mahsulotlari yaratuvchi davlatlar (Shimol davlatlari) o`rtasida o`zaro munosabatlarni belgilaydi. Shunday qilib Konvensiya faqatgina diqqatni biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, saqlashga qaratmasdan balki biologik xilma-xillik muammolarini muvoffaqiyatli yechimlarini topish sharoitlarini ham belgilaydi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling