M022-5-guruh magistranti Boysunova Maftunaning Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari Bajardi: Qabul qildi: Qarshi – 2023 mundarija kirish


Download 1.5 Mb.
bet5/16
Sana26.01.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1128851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari

II-BOB. Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi
O‘zbekistonda mustaqillik davrlarida bioxilma-xillikni saqlash bo’yicha amalga oshirilgan jarayonlar va tadbirlar
O‘zbekiston o‘zining barqaror rivojlanishi uchun bioxilma-xillik resurslarining muhimligini tan olgan holda, 1995 yilda bioxilma-xillik to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaga qo‘shildi. Hukumat olib borayotgan siyosatga muvofiq hamda Konvensiya doirasidagi ustuvor majburiyatlarni bajarish uchun respublikada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish Dasturi va Global ekologik jamg‘armasi tomonidan faol qo‘llab-quvvatlangan “Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha milliy strategiya va harakat rejasi” loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur loyiha hukumatning ijrochi agenti sifatida harakat qiluvchi Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Ushbu hujjat bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning 1997 yil dekabr oyigacha bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy Strategiya va Harakat Rejasi ishlab chiqish yuzasidan olgan majubriyatlariga muvofiq, Tomonlar Xalqaro Konferensiyasining hisoboti ham hisoblanadi.
Maqsad va faoliyat sohasi. Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha milliy strategiyaning maqsadi - mamlakat biologik resurslarini boshqarishning yagona bosh yo‘nalish va rejalashtirish tuzilmasini shakllantirishni ta’minlashdan iboratdir. Strategiyaning yaratilishi milliy darajada rejalashtirish uchun aniq yo‘nalish berdi, shuningdek, maqsadga qaratilgan va samarali dastur hamda loyihalarni ishlab chiqishni ta’minlaydigan mexanizm yaratildi.
Mazkur hujjat uch qismdan va ilovadan iborat.
Birinchi qism – Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiyani ishlab chiqish shart-sharoitlari va asoslari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- xalqaro konteksni detallashtiruvchi kirish bo‘limi; yerdan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari va xarakterini ifodalovchi bo‘lim;
- O‘zbekistonda bioxilma-xillikning maqomi va bahosi qisqa tarzda ko‘rsatilgan bo‘lim;
- bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishning qonunchilik hamda institutsional kontekstini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi qism – Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiyasi - mavjud ma’lumotlarning qisqa tahlilidan, asosiy milliy maqsadlardan, hamda ularni amalga oshirish yo‘llari, shuningdek, strategiya matnidan iborat.
Uchinchi qism. Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy harakat rejasi maqsadga erishishning aniq harakatlarini, mas’ul tashkilotlar va tomonlarni, harakatlar rejalarini belgilaydi hamda rivojlantiridi. Kelgusida amalga oshirish bosqichida harakat rejasida budjet va moliyaviy manbalar belgilandi.
Milliy strategiya va harakat rejasiini tayyorlash chog‘ida ko‘pgina tomonlar jalb etilgan. Loyihaga o‘rmon xo‘jaligi, alohida muhofaza qilinadigan hududlar, suv va qishloq xo‘jaligi, energetika majmui, ilmiy jamoatchilik, davlat rejalashtirish organlari va nodavlat tashkilotlarining jamoa va alohida vakillari ham istirok etgan. Mamlakatning turli hududlarida ko‘pgina tomonlar ishtirokida seminarlar o‘tkazish yo‘li bilan (mahalliy hokimiyat-hokimliklar, davlat organlarining mahalliy vakilliklari, jamoa xo‘jaliklari, yer tuzilishi tashkilotlari va jamoat birlashmalari) loyihani ishlab chiqish jarayoniga manfaatdor tomonlar keng jalb qilindi. “Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va harakat rejasi” ni ishlab chiqish jarayonida zarur maslahatlarni ta’minlash, o‘qitish va texnik yordam ko‘rsatish uchun xalqaro maslahatchilar jalb etildi. Loyihani amalga oshirish uslubi mamlakatlar biologik xilma-xilligini tadqiq qilish bo’yicha Asosiy tamoyilllar (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ekologik Dasturi – BMTED), Bioxilma-xillik to’g’risidagi Konvensiya kengash majlisiga ma’lumotnoma, (Tabiatni Saqlash Xalqaro Uyushmasi – TSXU,1994) va bioxilma-xillikni bo‘yicha strategiya va harakat rejasini tayyorlash bo‘yicha Asosiy yo’nalishlar (Xalqaro Tadqiqotlar Instituti – XTI/TMQXI).
Mustaqillikka erishgandan so‘ng O‘zbekiston muhim iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar ob’ektiga aylandi. Respublika oldida turgan eng muammolardan biri o‘tmishda bu hududda barqaror rivojlanish siyosatining bo‘lmaganligi tufayli yuzaga kelgan inqirozli ekologik, yerdan foydalanish va boshqa vaziyatlarni yengishdir. Shu munosabat bilan bir qancha milliy va hududiy tashabbuslar yuzaga keldiki, ularning barchasi turli darajada bioxilma-xillikka tegishlidir. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling