M022-5-guruh magistranti Boysunova Maftunaning Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari Bajardi: Qabul qildi: Qarshi – 2023 mundarija kirish


Biologik xilma-xillik bo‘yicha Milliy strategiya harakat rejasi va amalga oshirish


Download 1.5 Mb.
bet9/16
Sana26.01.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1128851
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari

Biologik xilma-xillik bo‘yicha Milliy strategiya harakat rejasi va amalga oshirish. Biologik xilma – xillik bo‘yicha Konvensiyada uchta asosiy maqsad ko‘rsatilgan: biologik xilma – xillikni saqlash, uning tarkibiy qismlarini buzmasdan foydalanish va manfaatlarni haqqoniy va teng taqsimlash. Milliy strategiya mazkur mavzudan kelib chiqadi va O‘zbekiston biologik resurslaridan foydalanishning maxsus huquqini aniqlash uchun o‘tkazilgan baholashga asoslanadi. Xulosa shundaki, O‘zbekistonda ular ustidan ishlashda zarur bo‘lgan quyida ustivorligi tarkibida sanab o‘tilgan, muammolar asosiy masalalar hisoblanadi.
Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini qayta tashkil etish va kengaytirish, shu jumladan: qonunchilik va insitutsional yo‘anilishlarni samaralashtirish; biologik resurslarni ham saqlashni ham ulardan isrof qilmasdan foydalanishni o‘z ichiga olgan alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarini boshqarishga birlashgan yondoshuvni, ba’zi hududlar maqomini o‘zgartirib joriy etish; ekotizim va areallarning samaraligini ta’minlash maqsadida mavjud alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning bir qismini kengaytirish va yangilarini tashkil etish; mahalliy hokimiyatlar va jamoatchilikni ishtirok etish darajasini va ular tomonidan qo‘llab quvvatlashni kuchaytirishni ta’minlash.
Jamoatchilik habardorligi, ta’lim va bioxilma – xillikni saqlash va undan buzmasdan foydalanish harakatidan qatnashish, shu jumladan, jamiyatning barcha tabaqalarida xabardorlikning darajasini oshirish, ayniqsa qaror qabul qilishga mas’ul bo‘lgan shaxslar, mahalliy hokimiyatlar, yoshlar ustivor hududlar aholisi; maktablar va oliy va o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv rejalarini ishlab chiqish; mahalliy va keng jamoatchilikning alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar faoliyatini ta’minlashdagi ishtirokini rag‘batlantirish va ularning qo‘llab – quvvatlanishiga erishish.
Biologik resurslarni buzmasdan foydalanish mexanizmlarini rivojlantirish, jumladan, alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar ichida buzmasdan foydalanish modellarini, tajriba sifatida ularni boshqa yerlarda takrorlash mumkin bo‘lishi uchun tashkil etish, O‘zbekistondagi mavjud va rejalashtirilayotgan buzmasdan foydalanish turlarini baholash; O‘zbekistonda biotexnologiya, biofarmatsevtik sanoat va agrobioxilma – xillikni rivojlantirish masalalarini rejalashtirish va baholash.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling