M022-5-guruh magistranti Boysunova Maftunaning Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari Bajardi: Qabul qildi: Qarshi – 2023 mundarija kirish
Biologik xilma-xillik masalalarini hal qilish bo‘yicha harakat rejasi
Download 1.5 Mb.
|
Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda kelajakda bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan milliy strategiya maqsadi, vazifalari va yo’nalishlari
Biologik xilma-xillik masalalarini hal qilish bo‘yicha harakat rejasi. Harakat rejasida qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan aniq harakatlar va chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan strategiyani hayotga joriy etish uchun muhum jarayonlar va aniq harakatlar alohida ishlab chiqilgan, mas’ul tashkilotlar va muassasalar belgilangan, moliyaviy resurslarga ehtiyoj va ularning manbalari baholangan, kalendar rejasi tuzilgan. Biologik xilma-xillik bo‘yicha Transchegara dasturi (Jahon banki GEJ) kabi tegishli amalga oshirilayotgan dasturlar va chora-tadbirlar reja asosida birlashtiriladi. Kelgusi loyihalarni amalga oshirish va donor tashkilotlari tomonidan yordamning taqdim etilishi mazkur harakat rejasi miqyosida ro‘yobga chiqadi. Harakat rejasi shuningdek, erishilgan rivojlanish va ish samaradorligi bahosini ta’minlaydigan tizimli nazorat mexanizmi va tushunarli shaklda hisobot berishni o‘z ichiga oladi.
O’zbekistonda kelajakda bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan milliy strategiya maqsadi, vazifalari va yo’nalishlari Biologik xilma-xillikni tiklash va saqlash - ekologik xavfsizlikni ta’minlash va mamlakatning barqaror rivojlanishi, shuningdek, iqlim o‘zgarishining yuz berayotgan jarayonlariga moslashishning ishonchli yo‘li hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi 1995-yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o‘rinlarda BMT deb ataladi) Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyasining Tomoni hisoblanadi va o‘ziga quyidagi majburiyatlarni olgan: - biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishning yoki mavjud rejalar va dasturlarga moslashtirishning milliy strategiyalari, rejalari va dasturlarini ishlab chiqish; biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish uchun uning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarini belgilash; biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini ta’minlash maqsadida mavjud muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va yangilarini tashkil etish; tanazzulga uchragan ekotizimlarni tiklash hamda kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarini tiklash chora-tadbirlarini ko‘rish. Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Birinchi milliy strategiya va Harakatlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 1 apreldagi 139-son qarori bilan ma’qullangan edi. Mana shu tufayli biologik xilma-xillikni saqlash sohasidagi ko‘plab loyihalar Global ekologik jamg‘arma (keyingi o‘rinlarda GEJ deb ataladi), Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (keyingi o‘rinlarda BMTTD deb ataladi), Yovvoyi tabiatni qo‘riqlash jahon jamg‘armasi va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan xalqaro qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu Strategiya doirasida atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bir qator milliy va mahalliy dasturlar va rejalarga biologik xilma-xillikni saqlash masalalari kiritildi va biologik xilma-xillikni saqlash sohasida qirqqa yaqin xalqaro loyihalar amalga oshirildi. Natijada yerlarning tanazzulga uchrashini sekinlashtirishga, cho‘llanish jarayonlarini qisqartirishga, tabiiy resurslardan nobarqaror foydalanishning boshqa salbiy oqibatlarini susaytirishga erishildi. Erishilgan natijalarga qaramay, tabiiy ekotizimlarga va yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar ko‘payishiga salbiy omillarning ta’siri davom etmoqda. Biologik xilma-xillik komponentlari samarali muhofaza qilinishini davom ettirish uchun tizimli yondashuvni qo‘llash talab qilinadi, ham hayvonlarning o‘zini, ham ular yashash joyini muhofaza qilish bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish kun tartibiga tushib qoldi. Shuning uchun Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 iyundagi qarori bilan 2019−2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash STRATEGIYASI tasdiqlandi. Ushbu strategiya O’zbekistonda 2019-2028 yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlashni ustuvor yo‘nalishlarni, maqsadlari va vazifalarni, rejalashtirishni, ularga samarali erishish usullarini, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda biologik xilma-xillikni saqlash va undan foydalanish sohasida barqaror tizimni shakllantirish va rivojlantirish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi bosqichlarini belgilashga qaratilgan. Strategiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida” va “O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga asoslanadi. Strategiya doirasida quyidagilar amalga oshiriladi: -muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonlari mamlakat hududining 12 foiziga yetkaziladi; -Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonlashtirish ishlari olib boriladi va uning maydoni 1,2 mln gektarga yetkaziladi; -Buxoro ixtisoslashtirilgan «Jayron» pitomnigida jayronlar bosh soni 1000 ga yetkaziladi; -davlat qo‘riqxonalaridagi etalon ekotizimlarda bioxilma-xillik komponentlari uchun monitoring olib borishning markaziy bo‘g‘inli yagona tizimi ishlab chiqiladi; -zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS-texnologiyalar) asosida bioxilma-xillikning davlat monitoringi va davlat kadastri yagona axborot ma’lumotlar bazasi ishga tushiriladi; -har yili 2 mln gektar maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklar geobotanik tekshiruvdan o‘tkaziladi; -bioxilma-xillikni saqlab qolish masalalari iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga integratsiya qilinadi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling