M022-5-guruh magistranti Boysunova Maftunaning Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari Bajardi: Qabul qildi: Qarshi – 2023 mundarija kirish


Tabiatni muhofaza qilish va O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini ekologik ta’minlash bo‘yicha Milliy harakat rejasi (TMQBRMHR)


Download 1.5 Mb.
bet6/16
Sana26.01.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1128851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari

Tabiatni muhofaza qilish va O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini ekologik ta’minlash bo‘yicha Milliy harakat rejasi (TMQBRMHR). Bu hujjat Jahon banki yordamida tayyorlangan. Bioxilma-xillikni saqlash strategiyasi bu hujjatga asosiy tarkibiy qism sifatida kiradi. TMQBRMHR ekologik rejalashtirishning aniq yo‘naltirish, uning tarkibiy qismlarini qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro munosabatlariga kafolat beradi.
Barqaror Rivojlanish bo‘yicha Milliy Komissiya (BRMK). BRMK Respublikaning kelgusidagi barqaror rivojlanish uchun mas’uldir. Uning vazifasiga qisman barqaror rivojlanishni ta’minlaydigan tashabbuskorlik siyosati, strategiya va harakat rejasi kiradi, shuningdek, ularning samarali bajarilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari Riode-Janeyroda o‘tgan “Yer muammolari bo‘yicha Oliy darajadagi Uchrashuv”da ishlab chiqilgan va O‘zbekiston tomoni ham imzolagan bitimni samarali hamda to‘liq amalga oshirish uning asosiy mas’uliyati hisoblanadi. Bunga erishishda TMQBRMHR uning boixilma-xillik bo‘yicha tarkibiy qismlarini qo‘shganda asosiy vosita bo‘ladi.
Iqlimning o‘zgarishi” va “Cho‘llanishga qarshi kurash” xalqaro konvensiyalari. Global Ekologik Jamg‘armasi (GEJ) BMTRD yordami bilan O‘zbekiston misolida iqlimning o‘zgarishi bo‘yicha hududiy tadqiqotlar o‘tkazmoqda. BMTED va BMTRD ning ko‘magida cho‘llanishga qarshi kurash va iqlimning o‘zgarishi bo‘yicha milliy rejani tuzishga tayyorgarlik ko‘rildi. Ushbu ikki loyihaning mavzusi va bioxilma-xillikni saqlash muammolari ko‘p jihatdan bevosita bir-biri bilan bog‘liqdir. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘lllaniladigan yagona chora-tadbirlar respublikadagi ekologik vazaitning inqirozli muammolarini hal qilishda aniq natijalarda erishilishini ta’minlaydi va harakatlarni muvofiqlashtiradi.
Shimoliy Tiyon – Shonning bioxilma – xilligini saqlash bo‘yicha transchegara loyihasi. Bu loyiha GEJ va boshqa tashkilotlar tomonidan moliyaviy ta’minlanib, 10 mln. AQSH dollariga tengdir. U Jahon banki, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumatlari tomonidan tayyorlangan bo’lib quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan:
- Qirg‘iziston Respublikasi uchun Milliy strategiya va Harakat rejasini ishlab chiqish, siyosat, qoidalar va institutsional shart – sharoitlarni mustahkamlash;
- G‘arbiy Tiyon – Shondagi mahalliy aholi tomonidan tabiat boyliklaridan barqaror foydalanishni qo‘llab – quvvatlovchi dasturni ishlab chiqish;
- alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlari joriy harajatlarini qoplash uchun moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
- hududiy hamkorlik va ekologik mezonlarni uyg‘unlashtirishni rag‘batlantirishdan iborat.
Bu loyihani ishlab chiqish 1998 yilda boshlangan bo’lsa. Bu bioxilma – xillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiyani ishlab chiqishning rasmiy ravishda yakunlanishi va tasdiqlanishi hamda O‘zbekistonda bioxilma – xillikni saqlash bo‘yicha harakat rejasini amalga oshirishning boshlanishiga to‘g‘ri keldi.
Shunday qilib, Transchegara loyihasi guruhi bilan qilingan maslahatlar natijalari bo‘yicha u o‘z ichiga qayerdaki zarur bo‘lsa mazkur loyihani amalga oshirish uchun zarur strategik va tarkibiy tuzilmani ta’minladi. O‘z navbatida u strategiya va harakat rejasini ishlab chiqishda vujudga keladigan impulsni qo‘llab – quvvatlashi va amaliy natijalar berishini ta’minlashi zarur edi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling