M022-5-guruh magistranti Boysunova Maftunaning Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari Bajardi: Qabul qildi: Qarshi – 2023 mundarija kirish


Orol dengizi dasturi (Jahon banki/ BMTRD/BMTED)


Download 1.5 Mb.
bet7/16
Sana26.01.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1128851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari

Orol dengizi dasturi (Jahon banki/ BMTRD/BMTED). Bu mazkur mintaqa uchun suv va yerdan foydalanishning uzoq muddatli muammolarini yechishga yo‘naltirildi. Qisqa va o‘rta muddatlarda u eng nomaqul hududlar aholisining bevosita ehtiyojlarini qondirishni ta’minlashga jalb etildi. Mazkur dasturning, mintaqa tabiiy resurslarini boshqrishni takomillashtirishdan iborat uzoq muddatli maqsadlariga qo‘shimcha sifatida, 3 ta dastur mavjud bo‘lib, ular O‘zbekiston bioxilma – xilligi uchun alohida ahamiyatga egadir. Bu quyidagi dasturlardir:
- Amudaryo deltasining suvoldi hududlarini tiklash;
- Ekologik tadqiqotlar (jumladan bioxilma – xillikni baholash);
- Yuqori suv ayirg‘ichlar hududlari yer va suv manbalarini mukammal usulda boshqarish.
Sudoche ko‘li atrofidagi hududlarni tiklash bo‘yicha loyiha (GEJ/Jahon banki). Bu loyiha ham Orol dengizi Dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi. U Amudaryo deltasining chap qirg‘og‘i qismida joylashgan Sudoche ko‘li atrofidagi hududlarni muhofaza qilish va tiklashga qaratilgan bo‘lib, mahalliy bioxilma – xillikni jiddiy tahdiddan saqlash, mahalliy ijtimoiy –iqtisodiy shart – sharoitlarni yaxshilash va yirik zovur yordamida oqova suvlarni boshqarish maqsadlarini ko‘zladi hamda Sudoche ko‘li atrofidagi hududdan uchib o‘tuvchi qushlarni saqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bundan tashqari uni Ramsar Konvensiyasi himoyasiga tegishli hududlar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida takliflar ham bor edi.
O‘zbekiston uchun Milliy ekologik axborot tarmog‘i (BMTED, GRID - Arendal). GRID–Arendal o‘tish bosqichini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda atrof – muhit va tabiat manbalari bo‘yicha axborot tizimining bir qismi sifatida Markaziy Osiyo davlatlariga milliy ekologik axborot tarmoqlarini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatdi. O’zbekistonda dastlabki baholash ishlari o’tkazildi, texnik– iqtisodiy asoslar va amaliy ishlanmalar ustida esa ish olib borildi. Milliy harakatlarga yordam sifatida Orol havzasi uchun hududiy axborot tarmog’i Orol dasturi doirasida rivojlandi. Hozirgi kunda samarali ekologik rejalashtirishdagi asosiy muammolardan biri, bioxilma-xillikni ham qo’shganda, qaror qabul qiluvchi tashkilotlar va shaxslar uchun yagona aniq ma’lumotlarni etish masligidir. Shuning uchun ham yuqoridagi nomlari tilga olingan loyihalar o’z navbatida bioxilma-xillikni saqlashni regalashtirishda va undan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling