M022-5-guruh magistranti Boysunova Maftunaning Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari Bajardi: Qabul qildi: Qarshi – 2023 mundarija kirish


Download 1.5 Mb.
bet2/16
Sana26.01.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1128851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari

Kurs ishining dolzarbligi. Dolzarbligi shundaki, tabiatda antropogen omil salbiy ta’siri oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan kuchlar va vositalar qanchalik ko`p bo`lmasin, noqo’lay o`zgarishlar umumiy tendensiyasi saqlanib qolmoqda. Natijada biologik xilma-xillik qisqarishiga sabab boʻlmoqda. Yer shari aholisini tez o`sishi tabiiy resurslarni ya’ni tuproqlar ifloslanishi, suv, atmosfera havosi va barcha tabiiy yashash muhitlarini yo’qotilishi bilan birga bormoqda. Ko`pgina tabiiy jarayonlar tezligi o`zgarmoqda. Inson faoliyati natijasida tuproqlar buzulishi va yemrilishi tezligi o`zgarmoqda, bu esa jarliklar rivojlanishiga va ekin ekiladiga yerlarni kamayishiga olib kelmoqda. Inson birgina simob aylanishi siklini 80 marta tezlashtirgan holda o`z hayoti va ko`pgina hayvonlar hayotiga havf solmoqda. Ayrim olimlarni ta’kidlashicha yerda turlarni navbatdagi yoppasiga qirilib ketishi yuz bermoqda. Buning asosiy sababchisi - inson ta’siri. Shuning uchun ham turlar miqdorini hozirgi kamayishi, oldingi qirilib ketish jarayonlariga nisbatan juda tez bormoqda. Boshqacha qilib aytganda, oldingi shu ma’lum vaqtga nisbatan juda tez bormoqda. Boshqacha qilib aytganda oldingi shu vaqtga nisbatan har yili ko`plab turlar yo`qolib ketmoqda. Turlarni yo`qotilishi beqiyos, chidab bo`lmas va qaytalanmas harakterga ega. Biologik xilma-xillik asrash uchun qat’iy choralar ko`rish vaqti keldi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Yoshlarga biologik xilma-xillikni saqlab qolish muammolari haqida ma’lumot berish, atrof muhitni muhofaza qilishga o‘rgatish va shular orqali ekologik madaniyatli shaxsni shakllantirish. Kelajakda, barqaror rivojlanish yo‘lida, biologik resurslardan oqilona foydalanish va bioxilma-xillikni saqlash yo‘llarini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:


  • Biologik xilma-xillik tushunchasi mohiyatini va uni nafaqat O‘zbekiston balki butun dunyo uchun muhimligi;

  • Biologik resurslardan oqilona foydalanish va bioxilma-xillikni saqlash yo‘llari;

  • O‘zbekistonda biologik xilma-xillik va uning muhofazasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;




Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling