M022-5-guruh magistranti Boysunova Maftunaning Biologiyaning dolzarb muammolari fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari Bajardi: Qabul qildi: Qarshi – 2023 mundarija kirish


III-BOB. О‘zbekistonda bioxilma-xillikni qisqarish sabablari va undan oqilona foydlanish


Download 1.5 Mb.
bet14/16
Sana26.01.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1128851
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Bioxilma-xillikni asrashni oʻrganishning zamonaviy muammolari

III-BOB. О‘zbekistonda bioxilma-xillikni qisqarish sabablari va undan oqilona foydlanish
O‘zbekistonda bioxilma-xillikni qisqarishi sabablari
O‘zbekistonda bioxilma-xillikning asosiy xavfi, ular arealarining qisqarishi va ma’lum darajada o‘zgarishi, tabiiy ekotizimlariga antropogen omillarning ta’siri sababli yuz bermoqda.
O‘zbekiston bioxilma-xillikning asosiy xavfi, ular areallarining qisqarishi va ma’lum darajada o‘zagarishidir. Tabiiy ekotizimlarga quyidagi uchta antropogen omil asosiy ta’sirni ko‘rsatadi:
1. Suv manbalari qayta taqsimotini nazarda tutgan holda yerlarning o‘zgashtirilishi.
2. Yaylov chorvachiligi.
3. Tog‘-kon va energetika sanoatlari.
Umuman ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: cho‘llanish jarayonining kuchayishi; yaylov xo‘jaligini olib borishni jadallashtirish va chorva mollarini keragidan ortiq o‘tlatish; yerlarni sug‘orish va haydash natijasida ularning sho‘rlanishi va xo‘jaliklar hisobidan chiqarilishi; daryolar oqimini jilovlash; gidroenergetik obektlar; suv yig‘iluvchi maydonlarda qishloq xo‘jalik faoliyati va suv muvozanatining buzilishi; qirg‘oq bo‘yi o‘rmonlarining yo‘q qilinishi; suv tubidagi qum va shag‘allarning qazib olinishi; daryo suv sathining pasayishi va sho‘rlanishi bilan suv rejimining beqarorligi; pestetsidlar, polidixlorfenillar va og‘ir metallar bilan ifloslanishi; daraxtlarning kesilishi; o‘simlik xom-ashyolarini tayyorlash; ruxsatsiz ov qilish; rekreatsiya.
Birinchi prezident Islom Karimov "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida Orol fojiasiga alohida e’tibor berib, jumladan shunday yozadi: "Orol dengizining qurib borishi xavfli, g‘oyat keskin muammo, aytish mumkinki, milliy kulfat bo‘lib qoldi. Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biridir. Dengiz havzasida yashaydigan qariyb 35 million kishi uning ta’sirida qoldi. Biz 20-25 yil mobaynida jahondagi eng yirik yopiq suv havzalaridan birining yo‘qolib borishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Biroq bir avlodning ko‘z o‘ngida butun bir dengiz halok bo‘lgani holi hali ro‘y bergan emas edi".
Haqiqatan ham Yer kurrasidagi ko‘pchilik ko‘llarning tabiiy gidrologik rejimi insonning xo‘jalik faoliyati, ya’ni antropogen omillar ta’sirida keskin o‘zgarishga uchramoqda. Bu holat Orol dengizida yaqqol ko‘rinadi.
Bu fojianing asosiy sababi quyidagilardan iborat. Yigirmanchi asrning 60-yillaridan boshlab Orol dengizi havzasida joylashgan barcha davlatlar - O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hududida, asosan, paxta yakkahokimligini ko‘zlab, sug‘oriladigan ekin maydonlarini kengaytirish avj oldi. Shu maqsadda havzada suv omborlari, kanallar qurilishi ishlari keng miqyosda boshlab yuborildi. Ayni bir vaqtda Orol havzasi mamlakatlarida sanoat tarmoqlarining, ayniqsa uning suvni ko‘p ishlatadigan sohalari-ximiya, rangli metallurgiyaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi hamda aholi sonining o‘sib borishi natijasida suvga bo‘lgan talab yildan-yilga orta boshladi. Natijada havzada mavjud bo‘lgan barcha suv resurslari inson izmiga to‘la bo‘ysundirildi. Oqibatda dengizga Amudaryo va Sirdaryo keltirib quyadigan suv miqdori yildan-yilga kamaya bordi. Bu esa o‘z navbatida dengiz sathining jadal sur’atlarda pasayishiga olib keldi.
Orol muammosini hal etish uchun quyidagi ikki asosiy masalaga e’tibor berish kerak:
1) Orol bo‘yida vujudga kelgan noqulay ekologik vaziyatni bartaraf qilish;
2) dengiz sathini qulay bo‘lgan ma’lum balandlikda saqlab qolish.
Har ikki masala ham bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Lekin birinchi masalani tezroq hal qilish muhim ahamiyatga ega.
Antropogen ta’sir ostida kuchayayotgan tabiiy ekotizimlarning umumiy tanazzuli va fragmentatsiyasi areallarning va ham kamyob, ham resurs (ovlanadigan) turlarning soni qisqarishiga olib keldi. Bunday turlar yovvoyi tabiatda yo‘qolib ketish xavfiga ega va Qizil kitobga kiritish uchun tavsiya qilingan.
Hayvonlarning 207 ta turi va kenja turlari kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turli toifalarga kiritilgan, ulardan 184 tasi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan (2009-y.), ulardan sut emizuvchilarning 24 turi, qushlarning 48 turi, reptiliylarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, bo‘g‘imli chuvalchanglarning 3 ta turi, molyuskalarning 14 ta turi, bo‘g‘imoyoqlilarning 60 turi mavjud.
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil kitobiga hayvonlarning 73 ta turi va kenja turlari kiritilgan. Ularning kelajagi global ko‘lamda tashvish uyg‘otadi.
Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlar bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga Ilovaga hayvonlarning 88 ta turi va kenja turlari kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining oxirgi nashri (2009 y.) yuksak o‘simliklarning 321 turini va zamburug‘larning uch turini o‘z ichiga oladi. Oldingi nashrlar bilan taqqoslaganda 23 tur chiqarib tashlangan, boshqa tomondan esa kamyob deb e’tirof etilgan o‘simliklarning 11 yangi turi kiritilgan, 7 turi ular tabiatda ko‘payganligi munosabati bilan “kamyob” maqomidan “qisqarib borayotgan” maqomiga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobida “Yo‘qolib ketgan” maqomi bilan 18 tur mavjudligini alohida ta’kidlash zarur. (ilovada ayrim fauna turlari berilgan)
Daryolarning o‘rta va quyi oqimlari daryo havzalari va suv yig‘ish maydonlari. Daryolarning o‘rta va quyi oqimlaridagi daryo havzalari, hamda suv yig‘ish maydonlarining sug‘orish dehqonchiligida, kommunal xizmat va sanoat foydalanuvchilari tomonidan yuqori darajada iste’mol qilinishi O‘zbekiston uchun xarakterlidir. Ekotizimlarning bu joylarda yashovchanlik qobiliyatini quyidagi muhim sabablar belgilaydi: birinchidan, suv va qirg‘oq bo‘yi daryo ekotizimlari yashovchanligi o‘ziga xos mexanizmni ifodalaydiki, bu tizimga kirib kelayotgan ifloslanishlardan, ayniqsa organik materiallardan, tozalashni ta’minlaydi, shu bilan, daryo quyi qismi foydalanuvchilari tomonidan olinadigan suvning sifatini ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shadi; ikkinchidan, sug‘oriladigan yerlar tabiiy o‘simliklari yer osti suvlari sathini barqarorlashtirishga yordam beradi va shu bilan birga sho‘rlanishi va botqoqlanish jarayonlari rivojlanishini oldini oladi; uchinchidan, tabiiy o‘simliklar qishloq xo‘jalik hududlari mahalliy iqlimini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish sharoitlari, shungdek mahalliy aholi sog‘ligi va yashash sifatini yaxshilab melioratsiya qiladi.
Tuproq yemirilishi jarayonini nazorat qilish. Tabiiy o‘simliklarning mavjudligi tuproqning barcha shakllardagi yemirilishining oldini oladi yoki susaytiradi. Bu ayniqsa, katta talofat yetkazuvchi, tog‘li hududlardagi sellarning oldini olish uchun muhimdir. Tekislik hududlarda tabiiy o‘simliklar yerga yaqin esadigan shamolning tezligini pasaytirishda va shunday qilib, sug‘oriladigan dalalarda va boshqa maydonlarda shamol yemirilishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Cho‘llanish. Tabiiy o‘rmonlar va o‘simliklarning qisqarishi, Orol dengizining qurishi, sho‘rli cho‘llar katta maydonlarining paydo bo‘lishiga olib keldi, chorvaning bir yerda keragidan yuqori darajada o‘tlatilishi, gidrologiyaning o‘zgarishi va shunga o‘xshash omillar barcha Markaziy Osiyo respublikalarida cho‘llanish jarayonini harakatga keltirdi. Ayniqsa ular O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonda juda kuchli namoyon bo‘ldi. Ham tabiiy va ham sun’iy o‘simliklar bilan qoplangan saqlangan hududlar cho‘llanish darajasining pasayishida muhim rol o‘ynashlari mumkin. Bundan tashqari, kelajakda bu muammoni ta’minlash uchun yashashga imkon bo‘lgan joylarda maydonlarni qo‘llash va tanazzulga uchragan hududlarni barqarorlashtirishda, kelajakda imkoni boricha tiklash choralarini qabul qilish zarur.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling