O„zbekiston respublikasi oliy
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo„shtirnoq .
Qavs. Mazkur belgi, odatda, quyidagi o„rinlarda ishlatiladi:
ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo„lagiga qo„shimcha izoh beruvchi, izoh ma‟nosidagi so„z yoki birikmalar qavsga olinadi: Xonaga nuroniy mo„ysafid (dugonamning bobosi) kirib keldi. kiritma gaplar qavsga olinadi: A.Oripov 1941-yil 21-martda (Oradan to‗rt oy o‗tib ikkinchi jahon urushi boshlangan edi) Qashqadaryoda tug‗ildi. remarkalarda qavs ishlatiladi: –Hoy sen kimsan? (Sharpa jim.) (E.Vohdov) olingan misollar yoki ko„chirma gaplarning manbayi qavs ichida beriladi: Men nechun sevaman O‗zbekistonni...(A.Oripov) 347 shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa, ulardan biri qavsga olinadi. Masalan, “Yulduzli tunlar‖(―Bobur‖) tarixiy asar sanaladi. gazeta va jurnallarda davomi bor, boshi 2-betda kabi so„zlar, familiyadan so„ng mansabni bildiruvchi so„zlar qavsda beriladi. Qo„shtirnoq. Qo„shtirnoq quyidagi o„rinlarda qo„llaniladi: ko„chirma gaplar qo„shtirnoqqa olinadi: ―Bugun otajonlarimizga, to‗g‗rirog‗i, har kim o‗z otasiga maktub yozadi‖, – dedi ona tili o‗qituvchimiz hayajonlanib. iqtibos(sitata, ko„chirma)lar qo„shtirnoqqa olinadi: ―Tilga ixtiyorsiz – elga e‘tiborsiz‖ (A.Navoiy) ekanligini har birimiz yurakdan his etishimiz juda muhim. badiiy asar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va rasm nomlari, ilmiy to„plamlar nomi qo„shtirnoqqa olinadi. Masalan, Qo‗lida Sa‘diyning ‖Guliston‖i bor, ‖Sharq-u g‗arb devoni‖din o‗qir menga she‘r. (E.Vohdov) muassasa, tashkilot, xo„jalik, korxona, zavod, fabrika, mehmonxona va h.k.larning nomlari qo„shtirnoq ichida yoziladi. Masalan, ‖O‗zbekiston‖ nashriyoti, ‖Bahor‖ ansambli transportlarning markasini bildirgan so„zlar, o„simliklarning turini, mahsulotlar nomini ifodalovchi leksik birliklar qo„shtirnoqqa olinadi. Masalan, ―Neksiya‖, ―Damas‖, ―Kaptiva‖, ―Spark‖ kabi avtomobillar O‗zbekistonda ishlab chiqariladi.; ―Golden‖ olma navi yurtimizga Janubiy Amerikadan keltirilgan.; ―Kichkintoy‖ bo‗tqasini, odatda, bolalar sevib iste‘mol qilishadi. gapda kinoya qilingan so„z yoki jumla qo„shtirnoqqa olinadi: Voy, buncha ―ochilib ketibsiz?‖ Shuningdek, tinish belgilari qo„shaloq holatda ham qo„llaniladi*: Nahotki, yerimiz chappa aylansa!? (She‟rdan); Bechora qushcha!.. Ona tili ta‟limi natijasida o„quvchilar egallagan bilim, malaka va ko„nikmalar uch parametrli standart ko„rsatkichlar asosida tekshiriladi va aniqlanadi. Bular – 1. O„qish texnikasi. 2. O„zgalar fikrini va matn mazmunini anglash malakasi. 3. Fikrni yozma shaklda bayon etish Tinish belgilarining qo„shaloq holatda qo„llanilishi bilan ularning yonma-yon kelishini farqlash lozim. Masalan, ko„chirma gaplar tarkibida yoki sitatali gaplarda qo„shtirnoq va vergul yoki tire yonma-yon keladi: ―Seni faqat boyliklaring-chun Sevgan farzand bo‗lsam kechirma aslo,‖–deb yozgan edi Abdulla Oripov ―Men nechun sevaman O‗zbekistonni‖ she‘rida. 348 malakasi. Ijtimoiy buyurtmani o„zida mujassamlashtirgan har uchala parametr ham o„quvchidan kommunikativ savodxonlikni talab etadi. Har uchala parametr talablari punktuatsion belgilar ta‟limi bilan kesishadi, ya‟ni tinish belgilariga oid bilimlarning o„zlashtirilishini taqozo etadi. sinf ona tili mashg„ulotlarida “Biz tinish belgilarimiz” nomli quyidagi topishmoqlar to„plamidan foydalanish mumkin: Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling