O„zbekiston respublikasi oliy
Foydalanish uchun adabiyotlar: [1;6;11;20;22;28;32;34;35]
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tuhunchalar
Foydalanish uchun adabiyotlar: [1;6;11;20;22;28;32;34;35]PUNKTUATSIYA O„QITISH METODIKASIReja:Punktuatsiya o„qitishning o„ziga xosligi. Tinish belgilarining qo„llanishi ustida ishlash usullari. Mavzuga oid tayanch tuhunchalarPunktuatsiya, nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, undov belgisi, so‗roq belgisi, ko‗p nuqta, qavs, qo‗shtirnoq, tinish belgilaridan o‗rinli foydalanish “Punktuatsiya” tilshunoslikning alohida, mustaqil bo„limlaridan biri bo„lib, unda tinish belgilari va ularni yozuvda to„g„ri qo„llash qonun-qoidalari o„rganilishini bilamiz. Tinish belgilari yozma nutqni muayyan qonun-qoidalar asosida tartibga soluvchi, avloddan avlodlarga meros bo„lib qola oladigan yozuvni so„zlovchi nuqtayi nazaridan yondashgan holda to„g„ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlarining mazmuniy munosabatlarini ko„rsatishda muhim vosita vazifasini bajaruvchi omillardan biridir. Tinish belgilarining ahamiyati shundaki, ushbu belgilar yozma matnning mazmuni, sintaktik tuzilishi, qismlar orasidagi ma‟no va grammatik munosabatlarni aniqlaydi. Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga o„z yozma nutqini aniq, to„g„ri, va ifodali bayon eta olish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o„quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi. Demak, punktuatsiya ikki tomonlama munosabatni ifodalab, bir paytning o„zida yozuvda ifodalangan mantiqni o„quvchiga yozuvchi nazarda tutgan nuqtayi nazarda yetkazishdek muhim vazifani bajaradi. Agarda tinish belgilari bo„lmaganda edi, insoniyat yozuv orqali ifodalangan fikrni to„g„ri anglay olmas, boshqalarning nima demoqchiligini bilmasdan qiynalardi. Balki tinish belgilari bo„lmasa, yozuv taraqqiyoti ham bugungi takomiliga erishmas edi, bizningcha. 340 Hozirgi o„zbek yozuvida 10 xil tinish belgisidan foydalaniladi: nuqta –(.) ; vergul –(,) ; nuqtali vergul– (;) ; ikki nuqta – (:) ; 5) tire – ( –) ; undov belgisi – (!) ; so„roq belgisi – ( ?) ; ko„p nuqta – (…) ; 9) qavs – ( ) , [ ] ; 10) qo„shtirnoq –( “ “) Tinish belgilarining asosiy vazifasi nutqning mazmuniy bo„linishini ko„rsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdan iborat. Maktabda “Punktuatsiya” bo„limi boshqa sathlar ta‟limi bilan birga olib boriladi va o„quvchilardan 10ta tinish belgisining ishlatilishi haqida quyidagilarni bilish talab etiladi: Nuqta. Nuqta, asosan, biror voqea-hodisa haqidagi xabarni bildirgan egali va egasiz, yig„iq va yoyiq, sodda va qo„shma tuzilishdagi darak gaplar oxirida qo„llaniladi: Tillarning eng yaxshisi so‗zga usta tildir. (A.Avloniy) Bahor keldi va gullar ochildi. tinch ohang bilan aytiladigan buyruq hamda istak gaplarning oxirida qo„llaniladi: Sen faqat o‗zingni o‗ylama.(O„.Hoshimov); Koshki, biz kutgan yorug‗ kunlar tezroq kelsa. atov gaplardan so„ng, odatda, nuqta belgisi qo„yiladi: Bahor. Barqut kiyib bezandi bog‗lar. ( E.Vohidov) ba‟zan biri ikkinchisiga mantiqan bog„lanmagan qo„shma gaplarning birinchi qismida kuchli to„xtam bo„lsa, undan keyin nuqta qo„llaniladi: So‗z tegib shod bo‗ldik. Ammo So‗zga ko‗z tegdi kecha. (E.Vohidov) birinchi qismida nuqta, ko„p nuqta, undov, vergul yoki so„roq belgisi bo„lgan ko„chirma gap o„rtasida kelgan muallif gapidan so„ng nuqta qo„yiladi va ko„chirma gapning davomi yoziladi: (“K! - m.– K”.) (“K, - m .– K”.) ”Tangrim! – dedi ona.– Farzandimga insof ber“. (S.Ahmad) 341 ism, ota ismi (ba‟zan familiyalar, taxalluslar) qisqartirilganda ularning birinchi harfidan (yoki bosh qismidan) so„ng nuqta qo„yiladi: Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling