O„zbekiston respublikasi oliy
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- (ko„p nuqta )
- ( qo„shtirnoq )
- (ikki nuqta )
- (undov belgisi )
Fikrlarning shohbekati o‗zimdirman, Har darak gap oxirida hozirdirman. Boshqa fikr boshlanajak mendan keyin, Belgilarga asos o‗zim, boshman deyin.
Har bir bosh harf yonimdagi bir soqchidir, Qaysi bola buni bilsa, ko‗p yaxshidir. Tinch ohangda gap desangiz men bordirman, Nutqingizga hammadan ko‗p men yordirman. (nuqta) Kirish so‗z-u undalmaning mensiz ishi bitmaydi. Qo‗shma gap ham yordam so‗rab yonginamdan ketmaydi. So‗zlarning ham, gaplarning ham orasida yuraman, Chegarani ochish uchun bitta o‗zim turaman. Xizmatlarim bir-bir aytib tanishtirsam o‗zimni, Maqtanishga yo‗ymang aslo mening aytgan so‗zimni. Xizmatlarda turaverib bukr bo‗lib qolgan belim, Shaklimgamas, ishimga ―Balli‖ deydi ona-elim. (vergul) Bizlar egiz uch nuqta, Bizdek qo‗sh qanot yo‗q-da. Gar kelib qolsak bizlar, Gapning davomi uy-da. Tushib qolsa jumlalar, Xizmatda xo‗p nuqtalar. (ko„p nuqta)Nomim savolga libos, Qaddim-chi, o‗roqqa mos. Niyatim sof, ko‗nglim pok, Buyruqlardan men yiroq. Nuqta boshiga tojman, Fikrlarga rivojman. 349 Mendan so‗ng bosh harf zarur, Qara, turibman mag‗rur. (so„roq belgisi) Tanishtirsam men o‗zimni tinish belgi bo‗laman, Bog‗lamasiz ega, kesim orasida turaman. Ko‗chirma gap ko‗chiradi, muallif gapi izohlar, Unutmang hech, men ularning orasida bo‗laman. Birov gapi – dialogda gap boshida kelaman, Ajratilgan so‗z va gapda o‗z o‗rnimni bilaman. Yordamimga tayanadi umumso‗z, qo‗shma gap ham, Yozuvda sergak bo‗lib xatolarga bering barham. (tire) Bizlar qo‗shaloq tirnoq, Hammamiz ham do‗st, inoq. Ko‗chirma gap matnida, Bizsiz ish chala, no‗noq. Asar, muassasa nomin, O‗rtamizga olamiz. Sizga kerak o‗rinni, Chegaralab qo‗yamiz. (qo„shtirnoq)Qarindoshmiz nuqtaga, Qondoshmiz ko‗p rishtaga. Gapda kam-kam kelamiz, O‗rnimizni bilamiz. Umumlashtiruvchi so‗zning, Izohli qo‗shma gapning Oldiga tez shoshamiz, Joy olamiz, toshamiz. (ikki nuqta)Do‗stlar, menga bir qarang-a! Menday mag‗rur kelishgan Belgi yana qayda bor? Ko‗rmagansiz, ehtimol. Mazmunidan undov, sevinch, nafrat, g‗azab, Yo hayajon ma‘nosini anglatsa gap, Shunday jumla adog‗ida bo‗lar joyim, Mendan so‗ng ham bosh harflar kelar doim. 350 Nuqta, vergulmiz bizlar, Unutib qolmang sizlar. Baland-pastda turamiz Qo‗shma gap kelgan kezlar. Gar uyushiq bo‗laklar Birikib kelsa gapda, Sezgirmiz, joy olamiz O‗sha satrdan asta. (undov belgisi)(nuqtali vergul)Asli bizlar egiz belgi bo‗lamiz, Ba‘zan birga, ba‘zan yolg‗iz kelamiz. Gap boshida kelib qolsa raqamlar, Yonida turishga bittamiz ham yetamiz. Berilsa kirish gaplar, Gapdan so‗ng mualliflar. O‗yga tolmang, qo‗rqmangiz, Oramizga olamiz. (qavs) “Punktuatsiya” bo„limiga oid mavzularni o„qitishda ilg„or texnologiyalardan foydalanishning usullari nihoyatda ko„p va rang- barang bo„lib har bir o„qituvchi, muallim-ustoz o„zi ta‟lim berayotgan sinf o„quvchilarining qiziqishlari, bilim darajalari hamda saviyasiga qarab metod tanlaydi va qo„llaydi. Zero, tа‟lim jаrаyonidа milliy ruhiyatimizni rаd etmаydigаn, sаmаrаli аn‟аnаviy usullаrni sаqlаb qоlgаn hоldа dunyo tа‟limi аndоzаlаridаgi ilg„оr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrni o„rgаnish vа оnа tili dаrslаridа ulаrdаn sаmаrаli fоydаlаnish zаrurаti ta‟limning negizini tashkil etadi. Albatta, tanlangan metod o„quvchining yozma nutqida o„z samarasini berishi zarur. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling