Кurs ishi маvzu: Sotsial xizmatda personalni boshqarish


Download 69.54 Kb.
bet1/6
Sana27.01.2023
Hajmi69.54 Kb.
#1133454
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sotsial xizmatda personalni boshqarish.)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
AMALIY PSIXOLOGIYA YOʻNALISHI


TALABASI YOʻLDASHEVA NASIBANING


КURS ISHI


Маvzu: Sotsial xizmatda personalni boshqarish.
Та'lim yoʻnalishi:
5210203 – Psixologiya (аmaliy psixologiya)

Fan:
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat


Ilmiy rahbar: Toʻraqulova Aziza




Тоshkent-2023
MUNDARIJA:

KIRISH......................................................................................................................3


I BOB. PSIXOLOGIK XIZMATDA PERSONALNI BOSHQARISHNING AHAMIYATI…………………………………………………………...………….6
1.1.Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi…………………………………….6
1.2. Personal tushunchasining mazmuni, boshqarish subyektlari va obyektlari...................................................................................................................9
II-BOB PERSONALNI BOSHQARISH USULLARI VA XUSUSIYATLARI……………………………………………………….……....17
2.1.Bugungi kunda zamonaviy personalni boshqarish yo’nalishlari.......................17
2.2.Personalni boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari ........................................19
Glossariy..................................................................................................................27
Xulosa......................................................................................................................31
Adabiyotlar roʻyxati ................................................................................................34
KIRISH
Sotsial xizmatda personalni boshqarish faoliyati faqatgina bir sohani emas, jamiyatda muhim oʻrin egallagan har qanday faoliyatni qamrab oladi. Personalni boshqarish fani shakllanishi ijtimoiy xizmatlarda yuksalish va taraqqiy etish jarayonlarini shakllanishiga xizmat qiladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida shakllangan ushbu soha boʻyicha koʻplab yangi va zamonaviy maʼlumotlarni oʻrganish bugungi kun talabiga aylandi.
Sotsial xizmatda personalni boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi bilimlarni oʻzlashtirish xodimlar oʻrtasidagi munosabatlarni tashkil etishdagi muammolarni oldini olishga hamda korxona faoliyati mahsuldorligini ta'minlashga, guruhlararo nizolarni bartaraf etishda yordam beruvchi asosiy soha ekanligini koʻrsatadi. Sotsial xizmatda psixologik yordam ko‘rsatish bugungi kunning asosiy talabiga aylangan. Chunki shaxs psixikasida yuz berayotgan jarayonlar, axborot oqimining ko‘pligi, akseleratsiya jarayonining tezlashuvi, IQ darajasining ortganligi, ekologik muammolarning ko‘payganligi, gormonal o’zgarishlarning kuzatilishi natijasida turli xil psixik omillarga bog‘liq muammolar kelib chiqmoqda. Oqibatda, shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarda turli nizolarning ortishi yoki shaxs psixikasida og‘ishlar paydo bo‘lishi mumkin. Aynan shu kabi holatlarni bartaraf etish, insonlar hayotida o‘zini anglash va o‘zini munosib baholash qanchalik muhim ekanligi, hayot mazmunini topishga ko‘maklashuvchi jarayonlarning sotsial muhitga taqdim etilishi eng muhim omillardan hisoblanadi. Bu kabi jarayonlarda albatta, psixologik ko‘mak darkor. Yurtimizda har bir ijtimoiy sohalarga psixologik xizmat ko‘rsatish samaradorligi ortib bormoqda. Xususan ta’lim tizimida, tibbiyot sohasida, korxona, muassasalar tasarrufida ham psixolgik bazalarning yaratilishi psixologik xizmat insonlar hayotida qanchalik ahamiyatli ekanligini anglatadi.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning dunyo bilan integratsiyalashuvi va oʻz taraqqiyotida turli xalqaro reytinglarni va inson resurslarini rivojlantirish indikatorlarini joriy qilayotganligi eʼtirofga loyiq masala. Lekin, bunda raqamlarga emas, ushbu faoliyatni bevosita aks ettiradigan natijaga eʼtiborni qaratish muhim. Personallarning nafaqat saviyasi, balki ishonib topshirilgan tarmoq yoki sohada yangilik qila olish salohiyati, tarmoqni rivojlantira olish qobiliyati, muammolarni hal qila olish borasidagi qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli strategik rejalar belgilashi va uni amalga oshira olishi asosiy mezon boʻlmogʻi kerak. Zero O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik Palatasi deputatlariga murojaatnomasida “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim. Ushbu maqsad yoʻlida yoshlarimiz oʻz oldiga katta marralarni qoʻyib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama koʻmak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa boʻlishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini roʻyobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi. Shu maqsadda “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan gʻoya asosida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshiramiz. Birinchidan, yosh avlodga bogʻcha, maktab va oliygohda sifatli taʼlim-tarbiya berishni yoʻlga qoʻyamiz, ular jismoniy va maʼnaviy sogʻlom, vatanparvar insonlar boʻlib ulgʻayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.
Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi boʻlgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.
Uchinchidan, oʻgʻil-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish, ularda tadbirkorlik koʻnikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, ish va uy-joy bilan taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz”, deb ta’kidlab o‘tdi.
Har bir korxona, tashkilot, muassasa muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi xodimlarga qo‘yilayotgan talablar personalni qay darajada motivatsiya qilishga bog‘liqdir. Buning uchun zarur moddiy negiz mavjud bo‘lishi kerak, albatta”.



Download 69.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling