O„zbekiston respublikasi oliy


Download 1.7 Mb.
bet157/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

Egali gaplar, o„z navbatida, ichki ikki turga bo„linadi: a) egasi ifodalangan gaplar va b) egasi ifodalanmagan gaplar.
Egasi ifodalangan gaplarda, odatda, gapning egasini tushurib qoldirishning iloji bo„lmaydi. Masalan, O‗zbekiston – serquyosh o‗lka.; Bugun kitobim chiqdi. (O„.Hoshimov); Buxoroda qadim imoratlar ko‗p. (S.Ahmad); Onam aybdor qiyofada ma‘yus jilmaydi. (O„.Hoshimov);
Egasi ifodalanmagan gaplarda, odatda, gapning kesimi tarkibidagi shaxs/son qo„shimchalari (yoki shaxs/son grammatik ma‟nosi) egaga ishora qilib turadi. Bunday holatlarda egani ifodalash yoki ifodalamaslik nutq egasining ixtiyorida bo„ladi. Biroq har ikki holatda ham gapda eganing o„rni va mavjudligi aniq sezilib turadi. Masalan, Onamning bilinar-bilinmas titrab turgan qollaridan tutdim. (O„.Hoshimov); Yozgi ta‘tilni Toshkentda o‗tkazamiz.; Karima, uy vazifalaringni vaqtida tayyorla.; Biznikiga yana mehmon bo‗lib kelinglar.
Berilgan misollarda 1-gapda Men; 2-gapda Biz; 3-gapda Sen; 4- gapda Sizlar kabi egalar (nutq jarayonida ifodalanmasa-da) gaplarning kesimi tarkibidagi shaxs/son qo„shimchalari (shaxs/son grammatik ma‟nosi) orqali balqib turibdi.
Ilmiy adabiyotlarda egasiz gaplarning to„rt turi ajratiladi. Bular–
    1. egasi topilmas gaplar;

    2. atov gaplar;

  1. semantik-funksional shakllangan gaplar;

  2. egasi umumlashgan gaplar.


Egasi topilmas gaplarning kesimi, odatda, majhul nisbatdagi fe‟llar bilan ifodalanadi va egani tiklashning imkoni bo„lmaydi. To„g„rirog„i, gap mazmunida bunga ehtiyoj ham sezilmaydi. Masalan, Yig‗ilishda tartib-intizom haqida gapirildi.; O‗n minut qadar yo‗l yurildi. (Oybek) Falakka qo‗l uzatib, shams-u anvorni olib bo‗lmas. (Mashrab); Jizzaxga borish uchun Samarqanddan o‗tiladi.; Bu xatning mazmunini birovga aytib bo‗lmaydi.(A.Qahhor)

330
Atov gaplar – egasiz gapning o„ziga xos turi: Кeng sahro.; Quruq cho‗l.; Yoqimli ohang.; Zavqli qo‗shiqlar. Bu gaplar bir qarashda kesimsiz, faqat egadan iborat gaplardek tasavvur uyg„otadi. Biroq gaplarni zamonlar bo„yicha paradigmaga solsak, atov gaplarning tarkibi, odatda, kesimdan iboratlgi ma‟lum bo„ladi.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling