O„zbekiston respublikasi oliy


Download 1.7 Mb.
bet175/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

Оdаmi ersаng dеmаgil оdаmi, Оnikim yo‗q хаlq g‗аmidаn g‗аmi.
Darhaqiqat, elning, yurtning bir kuniga, har koriga yaramasang, o„zingni qanday qilib odamlar safiga qo„sha olasan?!

  1. Ijodkor Erkin Vohidov 80 yoshida dunyodan o‗tdi.” Sovuq, ko„ngilni og„ritadigan xabar. Mazkur xabarning badiiy talqinini shoir Abdulla Oripov ta‟sirli ifodalaydi:

Rosa tortishdilar yer bilan osmon, Shafaqqa aylandi yanoqlar chunon. Shoirni meniki der edi samo, Meniki der edi ona yer ammo.
Shoir-chi, kuyladi ikkalasin ham, Zamindan kuch oldi, samoga hamdam. Sakson yil chorlashdi o‗rtaga olib, Oxir tortishuvda Yer chiqdi g‗olib.

  1. Dunyoda kir qidiruvchi (hammadan, har narsadan ayb, no‗qson, kamchilik topuvchi, maydakash) bo‗lsang, xudodan topasan!” Ayovsiz, ammo aniq mantiq. Bu mantiqni ustoz Sadriddin Salim Buxoriy shunday ifodalaydi:

Illat izlaganga illatdur dunyo, G‗urbat izlaganga g‗urbatdur dunyo. Kim neni izlasa, topar begumon, Hikmat izlaganga hikmatdur dunyo.
Yana bir misol. E‟tibоr bеring-а, birginа go‗zаl qiz birikmаsi tаkibidаgi go‗zаl so„zini qаnchа mа‟nоdоshi (yoki ma‟no nozikligida farq qiluvchi muqobili) bilаn аlmаshtirа оlаmiz: chirоyli qiz, bejirim
362
qiz, xushbichim qiz, husnli qiz, husndor qiz, хushro„y qiz, ko„rkam qiz, ko„hlik qiz, barnо qiz, suluv qiz, nazokatli qiz, latofatli qiz, deganday qiz, zеbо qiz, sоhibjamоl qiz, ketvorgan qiz, tamtam qiz… Hаli bu sirаni yanа dаvоm ettirish imkоni bоr…
Bu kаbi misоllаrni ko„plаb kеltirishimiz mumkin.
Nutqimizda, ayniqsa, og„zaki nutqimizda (muloqot jarayonida) nafaqat so„z, ibora yoki birikmalar, ya‟ni lisoniy vositalargina emas, nolisoniy vosita(ohang, sukut, imo-ishora va b.)lar ham asosiy rol o„ynaydi. Masalan, birgina ohangning o„zi ham, ko„z qarash yoki ko„z qirini tashlashning o„ziyoq yangi bir mazmun, yangi bir fikr yoki munosabatni ifodalaydi. Zero, ma‟lum bir axborotni tinglovchiga yetkazish uchun til tizimida mavjud bo„lgan bir necha teng qiymatli hodisalardan aynan “bittasi yoki bir nechtasi” qo„llanilgani ko„p hollarda nolisoniy omillar – nutq sharoiti, vositasi, muloqot jarayoni, so„zlovchi hamda tinglovchining kontakt va distant vaziyati, ruhiy holati, bir-biriga munosabati, milliy-madaniy, yosh, jins kabi xususiyatlar bilan bog„liq. Struktur tilshunoslik bularning barchasini nolisoniy omillar sifatida baholab, tilshunoslikdan “chetga” chiqarib qo„yardi. Bunday hodisalar “nolisoniy” (ekstralingvistik, paralingvistik…) sifatida nolingvistik baholanishining o„ziyoq, tabiiy ravishda, tilshunoslarning diqqatini o„ziga jalb etmagan, fanimizda bu vositalarga yetarli e‟tibor berilmagan. Vaholanki, ko„p hollarda kommunikatsiya (amaliy faoliyat) jarayonida – samara-ta‟sirchanlik nuqtayi nazaridan – bunday tilshunoslikka aloqador bo„lmagan vosita/hodisalar tilning o„z hodisalari – nutqiy birliklardan ko„ra ko„proq ahamiyat va qiymat kasb etadi.
Shunday nolisoniy hodisalardan biri ohangdir. Tilshunos olim Hasanboy Jamolxonov: “Ohang og„zaki nutqning majburiy fonetik komponentidir, usiz gap yoki nutq shakllanmaydi va ifodalanmaydi”, deb yozadi149. Nutqimizda mazkur fikrni dalillovchi misollarga har kuni har qadamda uch kelamiz. Masalan, mashhur latifani eslaylik: Afandi boy, biroq o„ta xasis qo„shnisidan jahllanib unga: ”Siz ahmoq, odam emmassiz!” deydi qat‟iy ohangda. Tabiiyki, xasis boy Afandini qoziga sudraydi.
Qozining talabiga ko„ra Afandi deganiga ”iqror” bo„lib aytgan gapini oddiygina qilib, hayajonsiz, to„xtamsiz, bir tekis ohangda




149 Жамолхонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий фанетикаси. – Т.: Фан, 2009.
363
takrorlaydi: ”Siz, ahmoq odam emassiz”. Gap talaffuzida to„xtamning “siz”dan keyin berilishi, tabiiyki, gap mazmunini butkul o„zgartirib yuboradi…
Yana bir misol. Keyingi 4-5 yilda oziq-ovqat do„konlarimizda maxsus qog„oz qutilarda ”tabiiy sut”lar ko„payib qoldi. Sutqutilarning yuzida yozilgan reklamalarni ikki xil ohangda o„qib ko„ramiz: Tabiiy, quruq sut qo‗shilmagan.– Tabiiy quruq, sut qo‗shilmagan. (1-gap mubolag„a qiladi, 2-gap esa “haqiqat”ni so„zlaydi.)
Yana bir misol. Nafisa, opam keldi (so„zlovchi Nafisaga opasi kelganligini bildiryapti) – Nafisa opam keldi (so„zlovchi (noma‟lum tinglovchiga) Nafisa ismli opasi kelganligini bildiryapti).– Nafisa, opam keldi (so„zlovchi (sanash ohangidan foydalanib) Nafisa va opasi kelganligini bildiryapti).
Yana bir misol. Mani yorim gul andom (”Mening yorim gul yuzli” degan mazmunni uqamiz ”gul andom”ning bo„lib aytilishidan)–Mani yorim Gulandom (”Yorimning ismi Gulandom” degan axborot yetib keladi qulog„imizga). Keltirgan misollarimiz tilimizning ifoda imkoniyatlari nihoyatda keng va rang-barangligidan dalolat beradi.150 Zero, millаtning o„zligini, dunyodа bоrligini, o„zigа хоsligini bеlgilоvchi оmillаrdаn аsоsiysi uning оnа tilidir.
Sukut ham nutqiy muloqot jarayonining muhim nolisoniy vositalaridan biridir. “O„zbek tilining izohli lug„ati”151da sukut arabcha so„z sifatida talqin etiladi va jimjitlik, gapirmaslik, kamgaplik ma‟nolarini ifodalashi aytiladi. Bu so„z arab tilidan tilimizga kirgan sukun, sukunat va o„zbek tilidagi sukunatli yasama so„zi bilan asosdosh bo„lib, u nutqiy muloqot jarayonida o„ziga xos pragmatik qiymatga ega lingvomadaniy xususiyatlarni ifoda etadi. Andijonlik olim Ma‟murjon Saidxonovning “Aloqa-aralashuv va imo-ishoralar” kitobida (Т.: Fan, 2008) sukutni “muomalaviy mazmunga ega” va “muomalaviy mazmunga ega bo„lmagan” turlarga ajratadi. Kuzatilishicha, “muomalaviy mazmunga ega” sukut nutqiy muloqot jarayonida ellikka yaqin ma‟nolarni yuzaga chiqaradi. Chunonchi,

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling