O„zbekiston respublikasi oliy
Ona tili o„qitishda onglilik, faollik va mustaqillik
Download 1.7 Mb.
|
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma‟lumot bilimlar bilan emas, balki bilganingni mahorat ila amalda qo„llash bilan belgilanadi
Ona tili o„qitishda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili.“Bilim hali aql emas” jumlasi juda serma‟no va uning zamirida katta hikmat yotadi. Xalqimizda “Qur‟oni Karim”ni to„la yodlagan, lekin uni tushunmaydigan shaxslarni (rasmiy islomiy hofizlarni) ham, ko„zi ojiz kishilarni ham qori deb atalishi129 bejiz emas. Haqiqatan, qorilar 114 sura, 6226 oyat – 77.639 so„z, 325.763
129 Юсуф хос Ҳожиб. Қутадғу билиг (Нашрга тайѐрловчи Қ.Каримов). 2-нашри. – Т.: Фан, 1972. – 964 б. 159 harfdan iborat bo„lgan “Qur‟oni Karim”130ni harfma-harf va qatorma- qator yod bilsalar-da, ular ojizdirlar: o„qiyotgan narsalarini hamisha ham tushunmaydilar, uqmaydilar. Zeroki, xalqimiz shiori “Ilm-u amal, ilm-u amal va ilm-u amal”dir. Amal esa bilimning oqilona, sharoitga mos ijodiy tatbiqi hisoblanadi. Bu esa ta‟lim oluvchida ijodiylik tabiatini shakllantirish, bilimni qoidalar deb tushunib, ularni yodlamasligi, balki uni chuqur alohadorliklarda va amaliy tatbiq bilan bog„liq ravishda hosil qilishi bilan, ya‟ni ta‟lim usuli, ta‟lim metodlari bilan uzviy bog„liq. O„rta umumiy (tayanch) ta‟lim bosqichida 11-16 yoshli o„smirlarning psixo-fiziologik holatlari tamoman o„zgacha bo„lib, ularda ijodiylik – olgan bilim, hosil qilgan ko„nikmalari asosida ijod, ya‟ni yaratish, bunyod qilish, yangilik, g„ayrioddiylikka qiziqish kuchayadi. Bu yoshda ularning ongini retroskopik ta‟lim bilan band qilish ta‟lim oluvchida ijodiylik kurtaklarini so„ndirishga olib kelishi mumkin. Ona tili ta‟limi o„smirlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga, ijodiy tafakkur mahsulini yozma va og„zaki shakllarda to„g„ri hamda ravon bayon qilishni o„rgatishga xizmat qilmog„i lozim. Bu maqsad uchun eng qulay usul o„quvchilarga tayyor qoidalarni berish emas, balki qodisalarni kuzatib, ularni umumlashtirish, hodisalarni, aqliy umumlashmalarni o„zaro qiyoslab, ular orasidagi o„xshashlik va farqlarni aniqlashga qaratilgan – bolalarni ongli ravishda o„ylash, fikrlash, izlash, topish va umumlashtirishga undovchi – ta‟lim usulini, ya‟ni muammoli vaziyatlarni, mantiqiy mashq va topshiriqlarni talab etadi. Vaholanki, “Ma‟lumot bilimlar bilan emas, balki bilganingni mahorat ila amalda qo„llash bilan belgilanadi.”(A.Disterveg) Tabiiyki, o„quvchining har bir yangi mavzuni o„zlashtirishi bilan bog„liq bo„lgan va o„qituvchi rahbarligidagi mustaqil izlanish faoliyati faqat verbal-kognitiv ta‟lim bilan, ya‟ni hodisadan mohiyatga, xususiydan umumiyga yo„nalishi bilan cheklanmaydi: verbal- kognitivizm bosh usul, usullar usuli, usullar asosi sifatida ona tili o„qitishda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyilini ta‟minlaydi. Onglilik ta‟lim jarayonida o„quvchilarning faollik ko„rsatishi bilan chambarchas bog„langan. Chunki ta‟lim jarayonida o„quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirmay turib, o„quv 130 Аҳмад Ҳоди. Ибодати исломия. Мутаржим ва ношир Аҳмад хўжа. – Т.: «Парцев» матбаа, 1332.(Ўрта Осиѐ ва Қозоғистон мусулмонлари томонидан қайта литография нашри. – Т.: 1990) (араб ѐзувида). – 17-b. 160 materialining ongli o„zlashtirilishiga erishib bo„maydi. O„quvchi dars jarayonida ongli o„zlashtirgan bilimdangina amaliy faoliyatda bemalol foydalanishi mumkin. Faollik mustaqil aqliy faoliyat ko„rsatish orqali ta‟minlanadi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling