O„zbekiston respublikasi oliy


Yozma ifodasi va talaffuzi farqlanadigan so„zlar ustida ishlash


Download 1.7 Mb.
bet86/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

Yozma ifodasi va talaffuzi farqlanadigan so„zlar ustida ishlash ham bola tafakkuriga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Masalan, 6-7- sinf o„quvchilarini lug„at bilan ishlash darslarida kichik guruhlarga bo„lish va ularga imlo lug„atidagi muayyan o„rinlarni bo„lib tashlash, belgilangan o„rindagi so„zlar ichidan yozilishi va talaffuzi farqlanadigan so„zlarni ajratish topshirig„i beriladi. O„quvchilar topgan so„zlari(masalan, muomala, maorif, saodat, direktor, taassurot, oila, tabiat, afv va b.)ning ma‟nolarini izohlashlari, o„sha so„zlar ishtirokida so„z birikmalari (yaxshi muomala, maorif tizimi, nurli saodat, direktor xonasi, maroqli taassurot, namunali oila, tabiat in‘omi, afv e‘loni) yoki gaplar (Yaxshi muomala yaxshi tarbiya belgisidir; Respublikamizda maorif tizimi maktab o‗quvchilarining ta‘lim-tarbiyasi masalalari bilan shug‗ullanadi; O‗zbekiston yoshlarini nurli saodat kutmoqda va h.) tuzishlari mumkin. Matn tarkibida yozilishi va talaffuzi farqlanadigan so„zlarga qo„shimcha qo„shilganda ularning talaffuzida bo„ladigan o„zgarishlarga ham e‟tibor qaratish foydadan xoli bo„lmaydi.

  • So„zlarni ma‟lum belgilariga qarab guruhlarga ajratish ustida ishlash ham shu o„rinda ahamiyatli. Ayniqsa, 6-7-sinflarda so„z turkumlari yuzasidan takrorlash darslarini o„tkazishda bu usul qo„l keladi. Masalan, “Otlarning ma‟noviy guruhlari”ni o„rganishda berilgan so„zlarni shaxs otlari (masalan, chol, yigit, momo, juvon, kishi,aka, muhandis, rais va b.), faoliyat-jarayon otlari (terim, tanlov, chopiq, saylov, g‗allachilik va b.), o„rin-joy otlari (maktab, zavod, fabrika, uy, javon, shahar, qishloq, mahalla, tuman, viloyat, ko‗cha, gulzor, shaftolizor; sharq, g‗arb, saylgoh va h.), payt otlari (yil, kun, oy, soniya, daqiqa, soat, sutka, tun, asr, hafta, era, ko‗klam, yoz, qish, ko‗z, saraton, xazonrezgi) va hokazolarga ajratish, bu guruhlarni mustaqil davom ettirish, “Qavm-qarindoshlik otlari”ni o„rganishda berilgan so„zlarni qon-qarindoshlik (bobo, buvi, ota, ona, opa, aka, tog‗a, amaki, xola, amma, jiyan va b.) yoki nikoh qarindoshligi (qaynona, qaynota, kelin, kuyov va b.) munosabatlarini ifodalashiga ko„ra ikki guruhga ajratish, hosil bo„lgan guruhlarni mustaqil davom ettirish yoki “Kasb-hunar otlari”ni o„rganishda berilgan so„zlarni kulolchilik, zardo„zlik, ganchkorlik, yog„och o„ymakorligi, novvoylik kabi guruhlarga ajratish kabi topshiriqlardan foydalanish mumkin.


  • Download 1.7 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   210




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling