O„zbekiston respublikasi oliy


Download 1.7 Mb.
bet92/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

1.Suv hаqidаgi аfоrizmlаr:


Suv - оltindаn аziz.

Suv bеrgаn sаvоb, o‗t bеrgаn
kаbоb.

Suv-zаr, suvchi-zаrgаr.

Ekin ekmоq оsоn, suv kеltirmоq qаyin.

Suv kеldi nur kеldi.

Quduqqа tupurmа, qаytib ichаring
bоr.

Suv yorug‗lik.

Suv ichаdigаn qudug‗inggа tupurmа.

Suvni qum tаgidаn qidir.

Suv оnаsi bulоq, so‗z оnаsi
qulоq.

Tаshnаning tushigа suv kirаr.

Suv ichаyotgаngа ilоn hаm tеgmаs.

Suvsiz yеrgа qush qo‗nmаs.

Suv ichsаng, quduq qаzigаnni
unutmа.

Suvsiz yеr jоnsiz jаsаd.

Suv qаdrini quduq qаzigаn bilаdi.

Tоmchi suvdа tоl ko‗kаrаr.

Suv kеltirgаn mаrd, suv kеltirmаgаn – nоmаrd.

Suvni ko‗rmаy, etik yеchmа.

Suv kеltirаr mаrd kishi, ekin ekаr hаr
kishi.

Suvgа аriq, yo‗lgа chоriq.

Qum bоr jоydа suv bоr, suv bоr jоydа jоn bоr.

188


Suv yil bo‗yi оqаr, оlаmgа gul taqаr.

Suvsiz yеr– mоzоr, suvli yеr –gulzоr.

Suv tilаsаng, Sulаymоndаn tilа.

Suvsiz yеrdа tоl bo‗lmаs, qоvоqаridа bоl.

Suvning qаtrаsi оftоbning
zаrrаsi.

Suv tarаlаr tuprоqqа, оrо bеrаr
yaprоqqа.

Suvni ich, chаshmаni bulg‗аmа.

Аriqdаn suv uzilmаsа, sаvаtdаn nоn аrimаs.

Оy suluvi nur, sоy suluvi–
suv.

El hаyoti yеr bilаn, yеr hаyoti suvbilаn.



  1. Suv bilаn bоg„liq bo„lgаn gidrоnimlаr:


1

dаryo nоmlаri

Аmudаryo, Sirdаryo, Оqdаryo, Chirchiq dаryosi,
Piskоm dаryosi, Zаrаfshоn dаryosi, To‗pоlоndаryo, Nоrin dаryosi

2

suv оmbоrlаri

Kаttаqo‗rg‗оn suv оmbоri, Chimqo‗rg‗оn suv оmbоri, Pаchkаmаr suv оmbоri, Tахiаtоsh suv оmbоri

3

kаnаl nоmlari

Kаttа Fаrg‗оnа kаnаli, Jаnubiy Mirzаcho‗l kаnаli, Аmu-Buхоrо kаnаli, Аmu-Zаng kаnаli,
Ulug‗nоr kаnаli, Lоg‗оn kаnаli, Qilichbоy kаnаli, Dаrg‗оm kаnаli, Pаy kаnаli

4

sоy nоmlаri

Оqtеpаsоy, Ko‗ksаrоysоy, Оhаklisоy, Оqsоy,
Qizilsоy, Kоsоnsоy, Shоdаsоy, Isfаyrаmsоy, Quruqsоy, Yakkааrchаsоy, Sho‗rаlisоy, Jаrsоy

5

ko„l nоmlаri

Dеngizko‗l, To‗dаko‗l, Chuqurko‗l, Kаttаko‗l, Mохоnko‗l, Shаytоnko‗l, Аqchаko‗l, Jаrmishko‗l, Chuqurko‗l, Dеvоnko‗l, Sаrichungulko‗l, Uzunko‗l, Оtаjоn ko‗li, Sho‗rko‗l

6

bulоq nоmlаri

Аrаshоnbulоq, Bеshbulоq, Оqbulоq, Оydinbulоq, Sho‗rbulоq, Qаynаrbulоq, Qo‗shbulоq, Mingbulоq,
Mоybulоq, Shеrbulоq



  1. Suv hаqidаgi frаzеоlоgizmlаr:


sirkаsi suv ko‗tаrmаydigаn

suvgа tushsа quruq chiqаdigаn

suv bo‗lib oqmоq

o‗zini o‗tgа (hаm), suvgа (hаm)
urmоq

189

аnchа suvlаr оqdi

suvgа urib kеtmоq

sirtigа suv yuqtirmаydigаn

qo‗lini sоvuq suvgа urmаydigan

suv qilib (suvdеk) ichmоq

suvdа mаzа bоr, bundа mаzа yo‗q

suv quygаndеk

g‗аlvirni suvdаn ko‗trmоq

tushingizni suvgа аyting

suvdаy bilmоq

(vaqtini) suvgа оqizmоq

suvdаy sеrоb bo‗ling

suvgа tushgаn nоndеk

o‗t bilаn suvdаy

Musоbаqаdа eng ko„p misоl tоpib, bехаtо yozgаn vа topganlarini izоhlаgаn guruh g„оlib bo„lаdi. Uygа vаzifа qilib “Suv” mаvzusi bo„yichа quyidаgi sаvоllаrgа jаvоb tаrzidа kichik inshо yozib kеlish tоpshirig„i bеrilаdi:



  1. Suv hаqidа qаndаy tаsаvvurgа egаsiz?

  2. “Suv – hаyot mаnbаyi” dеgаndа siz nimаni tushunаsiz?

  3. Suvni iflоslаntirmаslikkа siz qаndаy hissа qo„shаsiz? Оilаngizdа suvni tеjаshgа e‟tibоr bеrilаdimi?

  4. Nimа uchun suvgа bo„lgаn hurmаtimiz bаlаnd?

Оnа tili dаrslаridа bundаy usullаrni qo„llаsh o„quvchilаrdа nutqiy ko„nikmаlаrni mustаqil rаvishdа tаkоmillаshtirish, ulаrdа оnа tili dаrslаrigа qiziqishni оshirish imkоnini bеrаdi. Eng аsоsiysi, o„quvchilаrimizni milliy qаdriyatimiz bo„lgаn suvni аsrаb аvаylаshgа o„rgаtаdi.
Bu kabi misollarni yuzlab keltirish mumkin.
Оnа tili dаrslаridа o„quvchilаr оngigа milliy qаdriyatlаrgа hurmаt ruhini singdirish imkоniyatlаri hаmdа usullаri nihоyatdа ko„p vа rаng- bаrаng bo„lib, bu o„qituvchidаn kаsb mаhоrаtini tаlаb etаdi.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


  1. Ona tili o„qtishning o„ziga xos tamoyillari umumdidaktik tamoyillarga hamohangmi?

  2. Ona tili o„qitishda “til~me‟yor~nutq mutanosibligi” tamoyilini sharhlang.

  3. Ona tili o„qitish orqali o„quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirish tamoyili mohiyati nimadan iborat?

  4. Ona tili o„qitishda mavzulararo, bo„limlararo, sinflararo aloqadorlik tamoyilini misollar asosida tushuntiring.

  5. Ona tili o„qitishda o„quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash tamoyilini izohlang.

190


  1. Ona tili o„qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta‟sirini hisobga olish tamoyilini sharhlang.

  2. Ona tili o„qitishda bolalarni milliy hamda umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash tamoyili mohiyati nimada? Foydalanish uchun adabiyotlar: [6;10;10;11;20;24;32;34;35;29]

ONA TILI TA‟LIMIDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR




REJA:
    1. Bixevioristik yondashuv. 2.Integrativ yondashuv.

3. Kompetensiyaviy yondashuv.




Mavzuga oid tayanch tuhunchalar


Ta‘lim yondashuvlari, bixevoristik yondashuv, integratsiya, kompetensiyaviy yondashuv

Bilimli shaxsning miyasi ma‟lum miqdordagi bilimlar bilan to„ldirilishi zarur, ta‟lim beruvchi esa shu idishni to„ldiruvchi vazifasini o„taydi. Ijodiy tafakkur sohibining ongini ko„zlari yumuq buloqqa qiyoslash mumkin. Ta‟lim beruvchining vazifasi buloqning ko„zini ochishdan iborat.

T.Ziyodova


Bugungi kunda ona tili ta‟limida uch xil yondashuv (bixevioristik yondashuv, integrativ yondashuv hamda kompetensiyaviy yondashuv)dan foydalanilmoqda. Mazkur yondashuvlar mohiyatan bir-birini to„ldirib boradi va o„qituvchi dars davomida ulardan vaziyat talab qilgan holatni inobatga olib foydalanmog„i zarur.


Bixevioristik yondashuvning kelib chiqishi aslida bixeviorizm inglizcha behaviour, ya‟ni (ma‟nosi “xulq-atvor”) XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH ingliz psixologiyasida paydo bo„lgan oqimning nomi bilan bog„liq.
Bu yo„nalishning asoschilari Dj. Uotson, E.Torndayk va b. Uotson 1913-yilda nashr ettirgan “Psixologiya bixeviorist nuqtayi nazaridan” maqolasida psixologiya predmetini qayta ko„rib chiqish zarurligini ko„rsatib, psixologiya ongni emas, balki xulq-atvorni
191
o„rganish kerakligi haqida fikr bildiradi. Shundan keyin, ya‟ni 1913- yildan boshlab psixologiya fani rivojlanishida yangi davr boshlandi. Uotson psixologiyani obyektiv fanga aylantirish zarurligini aytadi va ongni o„rganmasdan, faqat xulq-atvorni o„rganish zarur, deb hisoblaydi.
Bixeviorizmning negizida psixologik tadqiqot predmeti sifatida psixika va ongni inkor etish yotadi. Bixevioristik ta‟limot tarafdorlari xulq-atvorgina tadqiqot predmeti bo„la oladi, psixologiyada xulq-atvor va muhitning o„zaro nisbati qonuniyatlari tadqiq etilishi zarur deb hisoblashadi. Bixevioristlarning fikricha, odam qanday psixikaga egaligidan qat‟i nazar, u qo„zg„atuvchilarga javob beradigan o„ziga xos mashinadir. Ya‟ni inson xulq-atvori tashqi ta‟sir hamda tashqi ta‟sir bilan reaksiyaga kirishuv asosida shakllanadi va rivojlanadi.
Psixologiyadagi bu yo„nalish Yevropa mamlakatlarida XX asr boshlariga kelib ta‟lim sohasiga ko„chdi va taxminan chorak asrdan ko„proq vaqt bixevioristik yondashuvdan to„la foydalanildi. (Yevropa mamlakatlari keyinchalik bixevioristik yondashuvdan faqat boshlang„ich ta‟limdagina qisman foydalanadigan bo„lishdi.)
Bizda esa jadidlar qatag„onidan keyin ta‟lim tizimi to„liq bixevioristik yondashuvga tayanadigan bo„ldi. Bixevioristik ta‟limot asosida “mashqlar qonuni” yotadi. Ona tili ta‟limida uzoq yillar hukumronlik qilgan an‟anaviy (retseptiv) ta‟lim shu yondashuvga asoslandi. Bixevioristik yondashuv inson xulq-atvorining shakllanishi hamda rivojlanishini faqat va faqat “o„rgatish”ga bog„liq, deb hisoblaydi. Bunday holatda ong, ijodiy tafakkur va inson ruhiyatining ijtimoiylik tabiati inobatga olinmaydi. (Aslida, inson va uning taraqqiyoti borasida ongni inkor etish hamisha mohiyatga birtomonlama yondashvdir.)
Demak, bixevioristik yondashuv mohiyatiga ko„ra, ona tili mashg„ulotlarida o„quvchi hamisha passiv o„rganuvchiga aylanishi kerak va ta‟lim oluvchilarning ijtimoiy holati, ruhiyati, iqtidori, tarbiyasi qanday bo„lishidan qat‟i nazar, ularga bir xilda o„rgatilsa, mashq qildirisa, albatta, ko„zlangan maqsadga erishiladi. O„zbek pedagogikasi 1940-yillardan boshlab toki mustaqillik davriga qadar bixevioristik (an‟anaviy, retseptiv) yondashuvdan foydalandi, ammo bu yondashuv hamisha ham kutilgan natijani beravermasligi uzoq yillik tajribalar, kuzatishlar natijasida ayon bo„ldi.
192
Bixevioristik yondashuv, ko„p hollarda, zamonaviy ta‟lim namoyandalari (masalan, Lirner, Skatkin) tomonidan tanqid qilingan. Zero, “Bilimning ko„pligi aqlni oshirmaydi,”deb yozganida Demokrit haq edi.
Bixevioristik yondashuvning natijasi jamiyatga bilimdon, ijrochi shaxsni yetishtirib beradi. Xo„sh, bilimdon, ijrochi shaxs kim? Bilimdon ijrochi shaxs go„yoki qo„lida qirqta eshikni ochishga mo„ljallangan qirq dona kaliti bor kishiga o„xshaydi. Bu o„z yo„lida soz. Ammo qirq dona kalit egasi bo„lgan bilimdon ijrochi shaxs qirq birinchi eshikka duch kelsa, ilojsiz qolishi tabiiy hol.
Bixevioristik yondashuvdan ta‟limning boshlang„ich bosqichida ko„proq foydalaniladi. Mazkur yondashuv o„quvchiga o„qituvchi tomonidan tayyor bilimlarni singdirishni, ya‟ni o„qitishni nazarda tutadi. (Zero, bugungi ta‟lim maqsadi o„quvchini o„qitishni emas, uning o„qishini va uqishini ta‟minlashni nazarda tutadi.)

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling