O„zbekiston respublikasi oliy


Innovatsion texnologiyalarni amalga oshirishda, asosan, interfaol metodlardan to„liq foydalaniladi


Download 1.7 Mb.
bet97/210
Sana04.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1076920
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   210
Bog'liq
O\'zbek tilini oqitish metodikasi D.Yo\'ldosheva

Innovatsion texnologiyalarni amalga oshirishda, asosan, interfaol metodlardan to„liq foydalaniladi.


Interfaol – lotincha “inter” so„zidan olingan bo„lib, “orasida”, “o„rtasida” degan ma‟noni anglatadi, ya‟ni ikki narsa o„rtasidagi faollik degan ma‟noni ifodalaydi. Ta‟limda interfaol metod – o„quvchi bilan o„qituvchi o„rtasida ta‟limni o„zlashtirish munosabatlarini kuchaytirish, faollashtirish demak. Mazkur metodlar hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ular o„quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi.
Interfaol metod. Hozirgi kunda ilg„or pedagogik texnologiya elementi bo„lgan interfaol usullardan keng foydalanilmoqda. Interfaol tushunchasi berilgan mavzuni o„qituvchi va o„quvchilar orasida o„zaro hamkorlik asosida dars samaradorligini oshirish, mustaqil fikr berish
205
ko„nikmasini shakllantirish, fikr-mulohaza, bahs orqali o„rganish bilan xarakterlanadi.
Bunda har bir o„quvchi qo„yilgan maqsadga mustaqil o„zi faol ishtirok etgan holda yakka, juftlikda, guruhlarda javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, yozadi, so„zga chiqadi, dalil va asoslar orqali masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa qatnashchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi axborotni o„zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondasha oladi. O„qituvchi faqat fasilitator (yo„l-yo„riq ko„rsatuvchi, tashkil qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi.
Interfaol (interaktiv) metod – ta‟lim jarayonida o„quvchilar hamda o„qituvchi o„rtasidagi faollikni oshirish orqali o„quvchilarning bilimlarni o„zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirish yo„lidir.
Hozirda ona tili ta‟limi jarayonida tajribali o„qituvchilar “Fikriy hujum‖, 6х6х6‖ (5x5x5‖, 4x4x4‖), ―Qаrоrlаr shаjаrаsi‖, ―Аqliy hujum‖, Klаsr, ―Tаjribа vоsitаsidа o‗qitish sikli‖, ―Qоrа quti‖,
Bittasi оrtiqchа‖, 3/3(4/4, 5/5, ...), ―Rаsmlаrni to‗g‗ri jоylаshtir‖, ―Qizil yashil rаngli kаrtоchkаlаr bilаn ishlаsh‖,
Vidеоtоpishmоq‖, ‖Yumаlоqlаngаn qоr o‗yini‖, ―Zаkоvаtli zukkо‖,
Qаrаmа-qаrshi munоsаbаt‖, ―B-B-B‖, ―Zig-zаg‖, ―VЕNN diаgrаmmаsi‖, Insеrt, yohаt, Tsxema, Debat, ―SWOT – tahlil‖, ―Yumoloq stol‖, ―Baliq skeleti‖, ―Nima uchun?‖,
Piramida‖, ‖Pinbord‖, Qanday, ―Assismentlar jadvali‖, ―Key- stadi‖, Portfolio, Panorama, Bumerang, ―Shoh mot‖ kabi yuzlab g„arbdan kirib kelgan, ba‟zilari milliy pedagogikamizda paydo bo„lgan ta‟limiy o„yinlardan foydalanadilar.*
Quyidа tа‟lim аmаliyotidа, jumlаdаn, milliy оnа tili ta‟limi mаshg„ulоtlаridа ilg„or, tajribali pedagoglarimiz fоydаlаnаyotgаn, o„quvchilarning til sezgirligini oshirishda muhim bo„lgan ta‟limiy o„yin mоhiyatini yoritishgа hаrаkаt qilаmiz.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling