O`zbеkiston rеspublikasi oliy


Download 0.53 Mb.
bet11/33
Sana26.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1232436
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
globallashuv asoslari

6-mavzu. GLOBALLASHUV VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI.
Reja:

  1. Axborot texnologiyalari globallashuvning o`ziga xos xususiyatlari.

  2. Internet axborot globallashuvining o`ziga xos vositasi.

  3. Jamiyat axborotlashuvining global tendentsiyalari.

  4. Axborotlashgan jamiyatda global muammolarni hal qilish yo`llari.

Bugungi kunda ―globallashuv‖ so‗zi eng ko‗p ishlatiladigan tushunchalardan biri hisoblanadi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, ushbu tushuncha inson va jamiyat hayoti rivojining hozirgi davridagi muhim xususiyatlarni, jumladan, tez sur‘atlar bilan o‗zgarib borayotgan, kishilik sivilizatsiyasi bugungi kungacha boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‗ta shiddatli va murakkab bir voqelikni o‗zida mujassam etadi.


Ayni paytda, kishilik jamiyati rivojida ustuvor bo‗lib borayotgan mayllardan kelib chiqiladigan bo‗lsa, insoniyatning istiqbolini ham tasavvur qilish imkonini beradi.
Eng umumiy ma‘noda, globallashuv muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Er yuzini qamrab olganini hamda ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanini anglatadi. Globallashuv jarayonining hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sababi esa, Prezidentimiz qayd etganlaridek, bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo„shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog„lanib borayotganidadir. Biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmaydi.
Ilmiy adabiyotlarda globallashuvning turli jihatlari farqlanadi. Eng avvalo, aholi sonining tez o‗sib borishi sharoitida oziq-ovqat, ichimlik suvi va shu kabi ehtiyojlarni qondirish, tabiatning zo‗riqishi bilan bog‗liq masalalarni yaxlit holda ifodalovchi demografik–ekologik muammolar mavjudligini alohida qayd qilish lozim.
Hech qanday milliy chegaralarni tan olmaydigan, dunyoda umumiy texnologik va axborot maydoni yuzaga kelayotganini xarakterlovchi texnosferaning globallashuvi uning yana bir o‗ziga xos xususiyatidir.
SHu bilan birga, siyosiy globallashuv hamda fan, madaniyat, ta‘lim va axloq sohasidagi jarayonlarni ifodalovchi ijtimoiy-madaniy globallashuv ham sodir bo‗layotganini yoddan chiqarmaslik zarur. Globallashuv jarayonining yana bir o‗ziga xos jihati uning mafkuraviy ta‘sir o‗tkazish ko‗lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham ko‗rinadi. “Mana shunday vaziyatda,-deb yozadi I.Karimov,- odam o„z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o„tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog„lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo„lmasa, har turli ma‟naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko„rinishdagi ta‟siriga bardosh berishi amrimahol”.
Mafkuraviy globallashuv axborot vositalarining rivoji va bu sohada sodir bo‗layotgan inqilob bilan bog‗liq. Mutaxassislar fikricha, insoniyat bugungi kunda yangi axborot inqilobini
boshdan kechirmoqda va u kishilik jamiyati tarixidagi birinchi inqilob emas. Nutqning shakllanishi axborot uzatish imkoniyatlarini kengaytirgan bo‗lsa, yozuvning paydo bo‗lishi uni uzoq vaqt davomida saqlash va axborotni uning yaratuvchisidan ajratgan holda ulkan masofalarga etkazish, hatto zamonlararo olib o‗tishga yo‗l ochdi. Gazeta va jurnallarni nashr etishning yo‗lga qo‗yilishi yozma axborotni uzatishdagi tezkorlik va qamrovlilikni yanada kengaytirdi. Radio va televidenie esa axborotni ovoz va tasvir orqali uzatishni ta‘minlab, uni yangi sifatiy bosqichga ko‗tardi.
Hozirgi axborot inqilobi oldingi davrlarda paydo bo‗lgan axborot uzatish usullarining ko‗pgina tomonlarini o‗zida sintez qilgan zamonaviy kompyuter texnologiyalariga asoslangan Internet kabi hodisalarning paydo bo‗lishi bilan bog‗liq.
Axborotni keng jamoatchilikka etkazib beruvchi matbuot, radio, televidenie kabi hodisalarni o‗zida birlashtiruvchi ommaviy axborot vositalari (OAV) jamiyat hayotiga ulkan ta‘sir o‗tkazish quvvatiga ega. Qanday katta kuchga ega ekanini ularga nisbatan «to‗rtinchi hokimiyat» atamasi qo‗llanilishida ham ko‗rish mumkin.
OAVning ta‘sir kuchi beriladigan materiallarning tezkorligi, ko‗tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va mavjud muammolarning samarali echimlarini taklif etishiga ko‗p darajada bog‗liq. I.Karimov ta‘kidlaganlaridek, “Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig„iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo„q, deb beparvo qarab bo„lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas”.
OAVning ta‘sir kuchi uning materiallari muayyan auditoriyaga mo‗ljallangani bilan ham belgilanadi. Masalan, ichki auditoriyaga mo‗ljallangan materiallarni yoshi, jinsi, ijtimoiy maqomi (kasb-kori), milliy, diniy mansublik kabi belgilarga ko‗ra farqlash mumkin.
OAV ijtimoiy hayotdagi muayyan voqea, hodisa yoki muammo yuzasidan axborotni etkazib berish orqali, uning jamiyat uchun ahamiyati, keng aholi qatlamlari uchun dolzarbligini ta‘kidlaydi. Axborot oqimi hajman keng, mazmunan rang-barang, uzatilishga ko‗ra tezkor bo‗lgan bugungi kunda bu jarayon yanada chuqurlashib bormoqda.
OAV muayyan xabarni uzatish yoki biror bir g‗oyaning mohiyatini ochib berish orqali uning o‗zlashtirilishiga, kishilar ongida barqaror tasavvurlar, obrazlar, qadriyatlarning shakllanishiga ham ko‗maklashadi. Sodda qilib aytganda, u ijtimoiy fikrga doimiy va izchil ta‘sir o‗tkazish, uni shakllantira olish imkoniyatiga egadir.
OAV va kommunikatsiya texnologiyalari rivoji hozirgi davrdagi g‗oyaviy kurashga o‗ziga xoslik bag‗ishlamoqda. Bu jumladan, ma‘lumotlar oqimi manfaatdorlik nuqtai nazaridan etkazilishida yoki ataylab qarama-qarshi xarakterdagi ma‘lumotlarni poyma-poy berish orqali oxir- oqibatda odamlarning idrokini susayishtirishga intilishida yaqqol namoyon bo‗ladi. Bu o‗ziga xoslik jamiyat a‘zolaridan tizimli ravishda axborotning muayyan qatlamini yashirish, ularni muhokama ob‘ektiga aylantirmaslikka intilishda ham yaqqol ko‗rinadi.
O‗tgan asrning 40-yillarida ―Reyter‖ agentligini boshqargan Kristofer CHansellor
―YAngilikni targ‗ibotdan farqlash zarur. Targ‗ibot boshqa narsa, yangilik esa mutlaqo boshqa narsa. Inglizcha yoki amerikacha yangiliklar bo‗lmaydi, u xalqaro tovardir‖,- deb yozgan edi. Bugun mutlaqo boshqacha sifatiy holat yuzaga keldi.
Har kuni dunyoda millionlab voqealar sodir bo‗ladi. Ammo kishilar diqqatiga OAV muayyan ijtimoiy-siyosiy kuchlar manfaatidan kelib chiqib e‘tibor qaratgan masalalargina havola etiladi. Bu ularning hodisalarni yoritishning ustuvor yo‗nalishlarini belgilab berishini, muayyan ma‘lumotlarni olish, talqin qilish, baholash va tarqatish orqali fuqarolarda tegishli fikr va xulosalar shakllanishiga xizmat qilishini ko‗rsatadi. Bu OAV ning ijtimoiy fikrni kerak bo‗lgan shaklga
yo‗naltira olishi, u bilan manipulyasiya qila olishidan dalolat beradi. Mazkur jarayonda soxta, to‗qib chiqarilgan axborotni xaqiqat sifatida taqdim etish, voqelikni biryoqlama taqdim etish yoki buzib ko‗rsatish, reallikni adekvat qabul qilishga yordam beradigan muhim, kerak elementlarni yashirishga alohida e‘tibor berilishini ta‘kidlash zarur.
I.Karimov ta‘kidlaganlaridek, “hozirgi paytda hayotimizni elektron axborot vositalari, xususan, televidenie va radiosiz umuman tasavvur etib bo„lmaydi. Bugungi kunda ular bir vaqtning o„zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma‟naviy-ma‟rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda”. Bunday imkoniyatlar televideniening aniq maqsadlarga qaratilgan g‗oyaviy targ‗ibotni amalga oshirishning muhim bo‗g‗iniga aylanishiga olib keldi.
OAV muayyan axborotni etkazish, u yoki bu masalaga diqqatni qaratish orqali fuqarolarni uning atrofida birlashishlariga xizmat qiladi, turli ijtimoiy guruh vakillariga o‗z fikrlarini ifoda etish, fikrdoshlarni topish, yagona maqsad va e‘tiqod yo‗lida yakdillik bilan harakat qilishga zamin yaratadi.
Afsuski, zamonaviy voqelik OAVning bu funksiyasi faqat ijobiy mohiyatga emasligini ko‗rsatmoqda. OAV g‗araz maqsadlarga xizmat qilganda bu yaqqol ko‗rinadi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, nemis olimlarining ―Muhim axborotga ega bo‗lish hokimiyatga ega bo‗lish; muhim axborotni nomuhimidan ajrata bilish yanada ko‗proq hokimiyatga ega bo‗lish; muhim axborotni o‗ziga ma‘qul bo‗lgan ruhda tarqata olish imkoniyatiga ega bo‗lish yoki u haqida ko‗pchilikka hech narsa ma‘lum bo‗lmasligiga erishish ikki karra hokimiyatga ega bo‗lishni anglatadi‖,-degan fikrlari diqqatga sazovordir.
Ma‘lumotlarga ko‗ra, 30 minutdan keyin axborotning 60 foizi, kun oxiriga kelib 40 foizi, hafta oxiriga kelib bor yo‗g‗i 10 foizi esda qoladi. SHundan kelib chiqib, ijtimoiy fikrga ta‘sir o‗tkazishga qaratilgan, turli g‗oyaviy mazmun bilan sug‗orilgan axborotlarni vaqti-vaqti bilan takrorlab turishga ham alohida e‘tibor berilayotganini ta‘kidlash zarur.
OAV bu so‗z, obrazlar, musiqa va shu kabi shakllarda axborotlarning tezlikda uzatilishi va ommaviy tarqatilishini ta‘minlashga xizmat qiladi. Bunday vositalarga ommaviylik, davriylik, tinglovchi yoki o‗quvchilar auditoriyasining kengligi kabi xususiyatlar xosdir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi davrda OAV imkoniyati va qamrovining keskin darajada o‗sganini qayd etish lozim.
OAVning qamrov darajasi, boshqacha aytganda, mahalliy, umummilliy, mintaqaviy yoki xalqaro (global) miqyosda faoliyat ko‗rsatishi ham uning ta‘sir doirasini ko‗rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.
1980 yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi bugungi kunda 24 soat davomida axborot uzatish bilan shug‗ullanadi. Hozirda CNN tarkibida yangilik tarqatish bilan shug‗ullanadigan 14 kabel va sputnik kanallari, 2 ta radiostansiya, 6 ta internet sayti va xorijiy mamlakatlardagi 37 ta byuro faoliyat ko‗rsatmoqda. CNN yangiliklari 38 ta kosmik yo‗ldosh signallari yordamida uzatiladi, uni 212 mamlakat va hududdagi 1,5 milliard odam bir vaqtning o‗zida ko‗rish imkoniga ega. 1991 yilning yanvarida aynan CNN yordamida Fors ko‗rfazida olib borilgan harbiy harakatlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri teleefirga olib berildi. 2001 yilning 11 sentyabridagi terrorchilik amaliyoti haqidagi telesyujetlar ham shu kompaniya harakati tufayli butun dunyoga voqea sodir etilgan joydan to‗g‗ridan-to‗g‗ri uzatib turildi.
Bi-bi-si eshittirishlar korporatsiyasiga (British Broadcasting Corporation, BBC) esa 20 dan ortiq telekanal va 14 ta radiokanal, bir qator saytlar va 40 yaqin jurnallar tegishlidir. VVS 40 dan ortiq tillarda eshittirishlar olib boradi.
Reyter axborot agentligida dunyoning 91 mamlakatida 14 000 xodim, shu jumladan, 2300 jurnalist, fotomuxbir va videooperatorlar ishlaydi. Reyter agentligi dunyoning turli mamlakatlarida 197 ta byurosiga ega. Agentlik xabarlari bilan har kuni 1 milliard odam tanishadi.
Ushbu misollar ham bugungi kunda OAV qamrov doirasining naqadar kengligini muayyan darajada tasavvur qilish imkonini beradi.
Axborot inqilobining hosilasini juda katta axborotni qayta ishlash, xohlagan mamlakat kutubxonasida saqlanayotgan kitoblardan foydalanish imkoniyatining mavjudligida ham ko‗rish mumkin. Radio, televidenie, internet eng so‗nggi ilmiy yangiliklarni qisqa vaqtda butun dunyoga ma‘lum qilish, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san‘at yutuqlaridan har bir odam foydalana olishiga zamin yaratmoqda.
Global miqyosdagi ijtimoiy va madaniy-ma‘naviy maydon shakllanayotgani madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo aloqalarning mustahkamlanishiga yo‗l ochmoqda.
YUqoridagi mulohazalar bugungi kunda turli shakl va mazmundagi axborotlar inson va jamiyat hayoti, taraqqiyoti va kamolotining zaruriy shartiga, OAV esa uni tarqatishning muhim bo‗g‗iniga aylanganini ko‗rsatadi. Xususan, radio, televidenie, gazeta va jurnallarsiz har qanday ma‘lumotli kishi ham murakkab ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarda to‗g‗ri yo‗l topa olishi qiyin. OAV esa, kishilarga o‗zining individual tajribasi doirasidan chiqishga va keng qamrovli jarayonlar mohiyatini his qilishga yordam beradi.
OAV odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq atvorlariga ta‘sir ko‗rsatishda katta imkoniyatlarga ega. OAVning bugungi kundagi rivoji g‗oyaviy ta‘sir o‗tkazishning miqyosi va ko‗lamining keskin darajada o‗sishiga olib keldi.
OAV orqali amalga oshiriladigan va katta mablag‗ talab qilmaydigan g‗oyaviy ta‘sir va tazyiqning o‗ziga xosligi shundaki u o‗quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinga sezdirilmasdan amalga oshiriladi va bevosita qurbonlarni keltirib chiqarmaydi. Axborot dushmanni yo‗q qilmagan, katta xarajatni talab qilmagan holda yuqori samara beradi. Bunda g‗oyaviy ta‘sir yo‗naltirilgan mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, mentaliteti, mavjud muammolari jiddiy o‗rganilgan holda asosiy diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga ta‘sir ko‗rsatishga, shakllangan qadriyatlarni o‗zgartirishga, ularning regulyatorlik rolini kamaytirishga yoki butunlay yo‗qqa chiqarishga qaratiladi. Bunday ta‘sir o‗tkazishda davriy nashrlar tadrijiylik, radio va televidenie fragmentli uzatish usullaridan ustalik bilan foydalanishmoqda.
Internet bugungi axborot makonining muhim bo‗g‗iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog‗i, balki kosmik aloqa yo‗ldoshlari, radiosignal, kabel televideniesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 1 milliard 250 million kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to‗g‗riligini tasdiqlaydi.
Ana shunday vaziyatda I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek, shuni unutmaslik kerakki, “bugungi kunda inson ma‟naviyatiga qarshi yo„naltirilgan, bir qarashda arzimas bo„lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko„zga ko„rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo„lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkin”.
Mamlakatimiz Prezidentining bunday ogohlantirishlari jiddiy asosga ega ekanini internet keltirib chiqarayotgan bir qator salbiy jihatlarda ham yaqqol ko‗rinadi. Unda o‗z-o‗zini o‗ldirishning oson yo‗llarini targ‗ib qiluvchi 9 mingdan, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlarning mavjudligi ham buning isboti bo‗la oladi. Mutaxassislar o‗tkazgan maxsus tadqiqotlar mavjud saytlarning taxminan 12 foizi pornografik xarakterga egaligini ko‗rsatadi. Mavjud maxsus dasturlar internet tarmog‗idagi pornografiyaning faqat 90 foizinigina filtrlaydi, ya‘ni komyuterdan
foydalanuvchining ixtiyoridan tashqarida ekranda paydo bo‗lishi yo‗liga to‗siq qo‗ya oladi. Demak, qanchalik harakat qilinmasin pornografik mazmunga ega saytlar internetdan foydalanuvchilarning xohish-istagidan qat‘i nazar, ularning diqqatini torta oladi. Jumladan, tadqiqotlarda 42 foiz bolalar va o‗smirlar onlayn pornografiya ta‘siriga tushishi qayd qilinadi.
SHuningdek, mutaxassislar ma‘lumotlariga ko‗ra, internet orqali tarqatiladigan komyuter o‗yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‗ravonlik va yovuzlik ko‗rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o‗yinlarda esa o‗yin qahramoni o‗z maqsadiga etishish uchun shunday zo‗ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‗yinlarda ana shu zo‗ravonlik va yovuzlikning o‗zi bosh maqsad hisoblanadi.
Internet rivoji, u berayotgan imkoniyatlar o‗ziga xos qaramlikni ham keltirib chiqarmoqda. Ma‘lumotlarga ko‗ra, dunyo bo‗yicha internetdan foydalanuvchilarning taxminan 10 foizi unga mustahkam bog‗lanib qolgan.
Manfaatdor ijtimoiy-siyosiy kuchlar internetdan g‗araz maqsadlarda ham ustalik bilan foydalanilayotganini ta‘kidlash zarur. Mazkur masalaga to‗xtalib YUrtboshimiz “axloqiy buzuqlik va zo„ravonlik, individualizm, egotsentrizm g„oyalarini tarqatish, kerak bo„lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an‟ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma‟naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo„porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo„ymaydi, -deb yozadi.
Bu inson hayoti va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solayotgan va butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish hayotiy-amaliy ahamiyatga egaligini ko‗rsatadi. Ammo Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga yot va begona bo„lgan ana shunday hodisalarni faqat tanqid va inkor qilish yoki ularni taqiqlashning o„zi etarli emas. Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma‟naviy bo„shliqqa yo„l qo„ymaslik uchun avvalambor ezgu insoniy g„oyalar bilan xalqimizning ongu tafakkurini va saviyasini yuksaltirish, jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste‟dod musobaqasida bellashuvga qodir bo„lishimiz shart.
OAVning mafkuraviy jarayonlar rivojiga o‗ziga xos va kuchli ta‘sir o‗tkazayotganini quyidagi misolda ham ko‗rish mumkin. Ma‘lumki, bugungi kunda internet ommaviy axborot va kommunikatsiya tizimining eng tez rivojlanib borayotgan bo‗g‗ini hisoblanadi. Uning g‗oyaviy kurash va targ‗ibotning asosiy maydoniga aylanganini ekstremistik, shu jumladan, diniy ekstremistik qarashlarni targ‗ib qilishdagi o‗rni misolida ham ko‗rish mumkin.
Diniy ekstremistlar va terrorchilarning internetdagi saytlarida tashkilotning maqsadi, tarixi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy mazmundagi ma‘lumotlarga keng o‗rin beriladi. Jumladan, terrorchilar kuch ishlatish yo‗liga o‗tishga go‗yoki majbur bo‗lganlarini asoslashga, terror va qo‗poruvchilik harakatlarini ma‘naviy va axloqiy jihatdan oqlashga intilishadi, Bunda o‗zlarini
―ozodlik kurashchilari‖, ―partizanlar‖, ―qarshilik ko‗rsatuvchilar‖ deb atagan holda tinchlik tarafdori qilib ko‗rsatishga va ular bilan kurashda hukumat tinch yo‗l bilan harakat qilish lozimligini asoslashga intilish keng tarqalgan. Ular o‗z saytlarida hukumat tarafidan qo‗llanilayotgan usullarning ―vahshiyligini‖ yoritishga ham alohida e‘tibor beradilar.
Tezkor axborotlar, yangiliklarning bir vaqtning o‗zida bir necha tilda va terrorchilar uchun foydali bo‗lgan yo‗nalishda berib borilishi, ularning faoliyatni oqlovchi, ―qahramonligini‖ kuylovchi qo‗shiqlar, kliplar berilishi bunday saytlarning mafkuraviy hamda emotsional ta‘sir quvvatini oshirishga xizmat qiladi.
Bunday saytlar, bir tomondan, terrorchilik tashkilotining faol a‘zolariga, ikkinchi tomondan, terrorchilarning asl maqsad muddaolarini bilmaydigan, ularni ―kurashchilar‖,
―oppozitsiya‖ va shu kabi ijobiy maqom hamda sifatda qabul qilishga o‗rgangan odamlarga
mo‗ljallangan bo‗ladi. Ulardan jamiyatda tegishli ijtimoiy fikrni shakllantirish va qarma-qarshi (dushman) tomonga psixologik ta‘sir ko‗rsatish, qo‗rquv, vahima tarqatish orqali ichki ikkilanishni keltirib chiqarishdek maqsadlar ko‗zlanadi.
YUrtboshimiz ta‘kidlaganlaridek “tobora kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo„lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o„ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma‟naviy tarbiya bilan javob berish mumkin”.
Ana shunday sharoitda axborot xavfsizligini ta‘minlash uchun virtual olamda ham faol harakatlar olib borish zarur. SHundan kelib chiqib, ko‗pgina mamlakatlar axborot sohasida ustuvorlikni ta‘minlashni strategik maqsadlarga erishish, milliy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta‘minlashning asosiy yo‗llaridan biri sifatida e‘tirof etmoqdalar.
Globallashuv sharoitida ommaviy axborot vositalarining o‗rni haqida gap ketar ekan, masalaning yana bir muhim jihatiga e‘tibor qaratish lozim. I. Karimov ta‘kidlaganlaridek, “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o„quv dargohlarida, balki radio- televidenie, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma‟lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o„rab-chirmab, uni o„qima, buni ko„rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o„rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to„g„ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o„z oldimizga qat‟iy maqsad qilib qo„yganmiz va bu yo„ldan hech qachon qaytmaymiz”.
―Kimki axborotga ega bo‗lsa, u, dunyoga egalik qiladi‖,- degan fikr bugungi kunda barcha tomonidan e‘tirof etilgan. SHunday ekan, bugungi kunda har bir fuqaromizda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish hayotiy-amaliy ahamiyatga ega.
Ana shunday yondashuvdan kelib chiqib, mamlakatimizda mustaqillik yillarida zamonaviy texnik uskunalarga, keng va chuqur fikrlovchi kadrlarga ega bo‗lgan, yangicha mazmun-mohiyat kasb etadigan ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun hamma sharoitlar yaratildi.
1991 yilda respublikamizda bor-yo‗g‗i 1 ta teleradiokompaniya mavjud edi. Ma‘lumotlarga ko‗ra, hozirda mamlakatimizda 70 dan ziyod teleradio studiya, 29 ta kabel televideniesi faoliyat ko‗rsatmoqda.
O‗zbekiston matbuotining 40 foizdan ortig‗i nodavlat nashrlaridir. Jami 612 ta gazetadan 11 tasi, 165 jurnaldan 2 tasi xususiy sektorga tegishlidir.
Ommaviy axborot vositalari va ma‘naviy-g‗oyaviy tahdidlar haqida gap ketar ekan, eng avvalo g‗araz maqsadlarda amalga oshirilayotgan tashqi g‗oyaviy ta‘sirlar, mamlakatimiz hayotida sodir bo‗layotgan o‗zgarishlarga xolis yondashuv bayrog‗i ostida berilayotgan bir yoqlama axborotlar va baholarning oldini olish, ularga qarshi ob‘ektiv ma‘lumotlarni kishilarga tezkor, tizimli va tadrijiy etkazib berish masalasi dolzarb bo‗lib turganini alohida qayd etish zarur. SHunday vaziyatda har xil shaklu shamoyilda chiqayotgan bunday urinishlarga qarshi xalqimiz hayotida sodir bo‗layotgan ijobiy o‗zgarishlar haqida hikoya qiluvchi chuqur tahliliy ma‘lumotlarni muntazam berib borish, fuqarolarimizning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, turli ijtimoiy toifa va guruhlarning qiziqish va intilishlari, hayotiy manfaatlarini yoritish, fikrga qarshi fikr, g‗oyaga qarshi g‗oya, jaholatga qarshi ma‘rifat bilan kurashish har qachongidan ham hayotiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
SHu bilan birga, ommaviy axborot vositalari oldida O‗zbekistondagi vaziyat, turli sohalarda erishilgan yutuqlar bo‗yicha ob‘ektiv axborotlarni jahon jamoatchiligiga vaqtida etkazib
berish hamda mamlakatdagi real voqelikning undan tashqarida ham to‗g‗ri va o‗rinli qabul qilishlariga erishishdek muhim vazifa borligini ham ta‘kidlash zarur. Prezidentimiz so‗zlari bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta‟sir o„tkazadigan bu sohadagi faoliyatimizni xalqimizning ma‟naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko„tarishimiz zarur.
Aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo‗lishini ta‘minlash, yurtdoshlarimizning madaniy saviyasi, bilim va dunyoqarashini oshirish, qadimiy an‘analarimiz, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu bilan birga, fuqarolarimiz ongida demokratik qadriyatlar, grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashni ommaviy axborot vositalari oldida turgan yana bir muhim vazifa sifatida qayd etish mumkin.
Inson kundalik hayotida turli narsalardan foydalanadi. Inson ularni iste‘mol qilar ekan har gal muayyan tartib-qoidalar, sodda qilib aytganda, madaniyatga rioya qiladi. Aytaylik, kiyim- bosh kiyish yoki oziq-ovqat iste‘mol qilishning o‗ziga xos madaniyati bor. Bugungi kunda axborot ham iste‘mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson yoki alohida olingan jamiyat o‗zida uni iste‘mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim.
Xo‗sh, axborot iste‘moli madaniyati deganda nimani tushunish kerak? Axborot iste‘moli madaniyati, eng umumiy ma‘noda, axborot oqimidan inson manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma‘lumotlarni qabul qilish, saralash, tushunish va talqin etish xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat va malaka tizimini anglatadi.
Inson o‗zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun nima qilishi zarur? Buning uchun u yoki bu axborotni eshitar ekan, har bir inson hech bo‗lmaganda ―Bu axborotni kim uzatayapti?‖,
―Nima uchun uzatayapti?‖ va ―Qanday maqsadda uzatayapti?‖ degan savollarni o‗z-o‗ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak bo‗ladi. Ana shundagina turli g‗oyalar ta‘siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan ma‘lumotlarga ko‗r-ko‗rona ergashishning oldi olinadi. SHakllangan axborot iste‘moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo‗lgan xabar, ma‘lumotlarga nisbatan o‗ziga xos qalqon rolini o‗taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni ta‘minlashga xizmat qiladi.
Mafkuraviy globallashuv axborot vositalarining rivoji va bu sohada sodir bo‗layotgan inqilob bilan bog‗liq. Mutaxassislar fikricha, insoniyat bugungi kunda yangi axborot inqilobini boshdan kechirmoqda va u kishilik jamiyati tarixidagi birinchi inqilob emas. Nutqning shakllanishi axborot uzatish imkoniyatlarini kengaytirgan bo‗lsa, yozuvning paydo bo‗lishi uni uzoq vaqt davomida saqlash va axborotni uning yaratuvchisidan ajratgan holda ulkan masofalarga etkazish, hatto zamonlararo olib o‗tishga yo‗l ochdi. Gazeta va jurnallarni nashr etishning yo‗lga qo‗yilishi yozma axborotni uzatishdagi tezkorlik va qamrovlilikni yanada kengaytirdi. Radio va televidenie esa axborotni ovoz va tasvir orqali uzatishni ta‘minlab, uni yangi sifatiy bosqichga ko‗tardi.
Hozirgi axborot inqilobi oldingi davrlarda paydo bo‗lgan axborot uzatish usullarining ko‗pgina tomonlarini o‗zida sintez qilgan, zamonaviy kompyuter texnologiyalariga asoslangan internet kabi hodisalarning paydo bo‗lishi bilan bog‗liq. Bugungi kunda turli shakl va mazmundagi axborotlar inson va jamiyat hayoti, taraqqiyoti va kamolotining zaruriy shartiga, elektron ommaviy axborot vositalari (EOAV) va turli tashkilotlarning rasmiy veb-sahifalari esa uni tarqatishning muhim bo‗g‗iniga aylangan. Xususan, har qanday kishi murakkab ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarda to‗g‗ri yo‗l topa olishi, o‗zining individual tajribasi doirasidan chiqishga va keng qamrovli jarayonlar mohiyatini his qilishida internet radio, televidenie, gazeta va jurnallardan ham muhimroq ahamiyat kasb etadi.
50 millionlik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 yil, televideniega 13 yil, kabel televideniega 10 yil kerak bo‗lgani holda, bu bosqichni internet 5 yilda bosib o‗tdi. Internet odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta‘sir ko‗rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji g‗oyaviy ta‘sir o‗tkazishning miqyosi va ko‗lamining keskin darajada o‗sishiga olib keldi.Internet bugungi axborot makonining muhim bo‗g‗iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog‗i, balki kosmik aloqa yo‗ldoshlari, radiosignal, kabel televideniesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Avvallari faqatgina so‗zlashuv uchun ishlatilgan telefondan bugun internet, tovushli aloqa va ma‘lumotlar uzatish kabi turli qo‗shimcha xizmatlardan foydalanish, videotelefoniya va hatto teleko‗rsatuvlar ko‗rish imkoni bor.
Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotganini quyidagi raqamlardan bilib olish mumkin: 2000 yildan 2012 yil oxiriga qadar dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 9,6 barobarga oshib, 2,4 milliard kishiga etdi, mobil aloqa abonentlari soni esa 13,4 barobarga oshib, 6,7 milliardni tashkil etdi. Internetdan foydalanuvchilarning 44,8 % (1,1 mlrd. kishi) Osiyo, 21,6 % (519 mln. kishi) Yevropa, 11,4 % (274 mln. kishi) SHimoliy Amerika qit‘alariga to‗g‗ri keladi. Jahon veb-auditoriyasining 45 %ini 25 yoshgacha bo‗lgan shaxslar tashkil etadi. Mazkur o‗smirlarning 68 % har kuni kimgadir SMS-xabar jo‗natadi, 51 % ijtimoiy tarmoqlarga kiradi, 30 % elektron pochtadan foydalanadi. Ayni vaqtda virtual olamda 600 mln.ga yaqin internet saytlar mavjud bo‗lib, har oyda o‗rtacha 201,4 trln. videorolik ko‗rib chiqiladi, har kuni 144 mlrd. elektron maktub jo‗natiladi.
Yaratib berilayotgan huquqiy kafolatlar va shart-sharoitlar samarasi o‗laroq, hozirgi kunda yurtimizda faoliyat ko‗rsatayotgan ommaviy axborot vositalari qariyb 1200 taga etdi. Bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa
7 barobarga ko‗paydi. Mavjud barcha bosma nashrlar 60 %, telekanallar 53 %ga yaqini, radiokanallarning esa 85 % nodavlat ommaviy axborot vositalari hissasiga to‗g‗ri kelayotgani mamlakatimizda ushbu sohaga bozor mexanizmlari jadal sur‘atlarda joriy etilayotganining yorqin isbotidir.
O‗zbekistonda keyingi yillarda suniy yo‗ldosh aloqa tarmog‗i orqali teleradiodasturlarni tarqatish yo‗lga qo‗yildi. Bugun mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo‗nalish bo‗yicha to‗g‗ridan-to‗g‗ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega. YUrtimizdagi teleradiokanallar tomonidan tayyorlanayotgan ko‗rsatuv va eshittirishlar Internet global tarmog‗i orqali real vaqt rejimida jahonga uzatilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 9,8 milliondan oshdi. 16 mingga yaqin Uz domenidagi veb- saytlar faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq veb-sayt ommaviy axborot vositasi sifatida ro‗yxatga olingan. Internetning ta‘sir kuchi beriladigan materiallarning tezkorligi, ko‗tarilayotgan masalalarning dolzarbligi hamda tahliliylik darajasi va mavjud muammolarning samarali echimlarini taklif etishiga ko‗p darajada bog‗liq.
Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, ―Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‗iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‗q, deb beparvo qarab bo‗lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas‖. Internet orqali amalga oshiriladigan va katta mablag‗ talab qilmaydigan g‗oyaviy ta‘sir va tazyiqning o‗ziga xosligi shundaki, u o‗quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinga sezdirilmasdan amalga oshiriladi va bevosita qurbonlarni keltirib chiqarmaydi. Axborot urushi dushmanni yo‗q qilmagan, katta xarajatni talab qilmagan holda, yuqori samara beradi. Bunda g‗oyaviy ta‘sir yo‗naltirilgan mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, mentaliteti, mavjud muammolari jiddiy o‗rganilgan holda, asosiy
diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga ta‘sir ko‗rsatishga, shakllangan qadriyatlarni o‗zgartirishga, ularning regulyatorlik rolini kamaytirishga yoki butunlay yo‗qqa chiqarishga qaratiladi. Internet rivoji hozirgi davrdagi g‗oyaviy kurashga o‗ziga xoslik bag‗ishlamoqda. Bu ma‘lumotlar oqimi manfaatdorlik nuqtai nazaridan etkazilishida yoki ataylab qarama-qarshi xarakterdagi ma‘lumotlarni poyma-poy berish orqali oxir-oqibatda odamlar idrokini susayishtirishga intilishda yorqin namoyon bo‗ladi. Bu o‗ziga xoslik jamiyat a‘zolaridan tizimli ravishda axborotning muayyan qatlamini yashirish, ularni muhokama ob‘ektiga aylantirmaslikka intilishda ham yaqqol ko‗rinadi.
Har kuni dunyoda millionlab voqealar sodir bo‗ladi. Ammo internetda kishilar diqqatiga muayyan ijtimoiy-siyosiy kuchlar manfaatidan kelib chiqib e‘tibor qaratgan masalalargina havola etiladi. Bu ularning hodisalarni yoritishning ustuvor yo‗nalishlarini belgilab berishini, muayyan ma‘lumotlarni olish, talqin qilish, baholash va tarqatish orqali fuqarolarda tegishli fikr va xulosalar shakllanishiga xizmat qilishini ko‗rsatadi. Bu internetning ijtimoiy fikrni kerak bo‗lgan shaklga yo‗naltira olishi, u bilan manipulyasiya qila olishidan dalolat beradi. Mazkur jarayonda soxta, to‗qib chiqarilgan axborotni xaqiqat sifatida taqdim etish, voqelikni biryoqlama taqdim etish yoki buzib ko‗rsatish, reallikni adekvat qabul qilishga yordam beradigan muhim, kerak elementlarni yashirishga alohida e‘tibor berilishini ta‘kidlash zarur.
BMT Bosh assambleyasi 2006 yil 8 sentyabrda qabul qilingan ―BMTning global aksilterror strategiyasi‖da yangi uslublar qatorida bioterrorizm hamda internetdan terror maqsadida foydalanishning oldini olish choralarini kuchaytirish alohida qayd etilgan. 2007 yil noyabrda AQSH Davlat departamenti ―Tashqi raqamli aloqalar guruhi‖ nomli maxsus axborot dasturini joriy qilgan. Dastur maqsadi – arab, fors, urdu va boshqa tillardagi internet saytlari, chat va bloglarda AQSH siyosati haqidagi dezinformatsiya (noto‗g‗ri ma‘lumotlar)ga qarshi kurash hisoblanadi. Dasturga ko‗ra, zarur hollarda, departament xodimlari internet orqali rasman muloqotga kirishi va savollarga javob berishi, aniq hujjatlar asosida ma‘lumot keltirishi ko‗zda tutilgan.So‗nggi yillarda terroristik tashkilotlar g‗oyalarini targ‗ibtashviq qilishga qaratilgan veb-saytlarning soni bir necha barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar soni 20 ta bo‗lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanigan 7000 dan ortiq internet saytlari mavjud bo‗lib, ularga xizmat ko‗rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda. Bunday internet saytlar to‗satdan paydo bo‗ladi, vaqt o‗tgach yo‗qoladi, mazmunini o‗zgartirmagan holda, tez-tez nomlanishi va domenini o‗zgartirib turadi.

  • Internet quyidagilar bilan terroristlar uchun qulay hisoblanadi:

  • Internetga kirishning osonligi;

  • Foydalanuvchilar sonining ko‗pligi;

  • Aloqaning anonimligi;

  • Tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklangani;

  • Axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi;

  • Faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling