Oʻzbekiston respublikasi oliy


Download 238 Kb.
bet2/4
Sana19.04.2023
Hajmi238 Kb.
#1363432
1   2   3   4
Bog'liq
#OILA 3-k

KIRISH


Talabaning mustaqil ta’limi auditoriya va auditoriyadan tashqarida (o‘quv yuklamasida ajratilgan auditoriya soatini inobatga olmagan holda) bevosita o‘qituvchi rahbarligida mustaqil ish yoki talabaning fan (modul) bo‘yicha mavzularni mustaqil o‘qib-o‘rganishi tarzida amalga oshiradigan o‘quv ishlari majmuini anglatadi.


Mustaqil ta’lim – o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriya hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ish – o‘qituvchining topshirig‘i va rahbarligida o‘quv vazifasini hal etadigan ta’limning faol metodi. Mustaqil ish qo‘yilgan maqsad bilan bog‘liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabaning mustaqil ishlari uning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka hamda barcha vazifalarni o‘z vaqtida va mukammal tarzda bajarishga asoslangan faoliyatidir.
Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadi ko‘zlanadi.
Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Oila psixologiyasi” fani oila kichik guruh va ijtimoiy institut sifatida;oila-nikoh munosabatlarining tarixiy rivojlanishi; oila va nikoh tushunchalari; oila-nikoh munosabatlari evolyusiyasi; oilaviy munosabatlarning etnik xususiyatlari; oila tiplari va zamonaviy oilaning asosiy kategoriyalari, ularning xususiyatlari; oila tuzilmasi va dinamikasi, oiladagi o‘zaro munosabatlar tuzilmasi, sibling munosabatlar; oila dinamikasi, psixologik adaptatsiya va oila integratsiyasiga doir bilimlarni o’zlashtirilish lozim bo‘lgan vazifalarni mazmunan aniq va ravshan idrok etishlariga e’tibor qaratish zarur.
“Oila psixologiyasi” o‘quv fani bo‘yicha talabalarda oila kichik guruh va ijtimoiy institut sifatida;oila-nikoh munosabatlarining tarixiy rivojlanishi; oila va nikoh tushunchalari; oila-nikoh munosabatlari evolyutsiyasi; oilaviy munosabatlarning etnik xususiyatlari; oila tiplari va zamonaviy oilaning asosiy kategoriyalari, ularning xususiyatlari; oila tuzilmasi va dinamikasi, oiladagi o‘zaro munosabatlar tuzilmasi, sibling munosabatlar; oila dinamikasi, psixologik adaptatsiya va oila integratsiyasi mоhiyatini tushuntirish vа bu masalalarda amaliy tavsiyalar bera оlish ko’nikmalarini shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Oila psixologiyasi” fani bo‘yicha mustaqil ishlarni tashkil etish va bajarishning asosiy maqsadi fan (modul) bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, boyitish, amaliy ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish, axborot bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, kognitiv, kreativ, hamkorlikda ishlash kompetensiyalarini shakllantirishdan iboratdir.
Oila psixologiyasi” fani bo‘yicha mustaqil ishlarni tashkil etish va bajarishning asosiy vazifasi quyidagilarni muvaffaqiyatli hal etishga xizmat qilishi lozim:

  • talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi kompetensiyalarni egallash maqsadi bilan bog‘liqlikda mustaqil o‘quv faoliyatini amalga oshirish;

  • bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni shakllantira olish va uni hal etishning maqbul yo‘larini izlab topishga qobiliyatli kreativ shaxsni tarbiyalash;

  • talabalarda o‘quv dasturini o‘zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish;

  • ta’lim oluvchilarda bilim olishga doir mas’uliyatni oshirish;

  • talabalarda umummadaniy va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga imkon berish;

  • ta’lim oluvchilarda mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini boshqarish va o‘zo‘zini rivojlantirishga qobiliyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish.

Oila psixologiyasifani majburiy fan hisoblanib, 5-6-semestrlarda o‘qitiladi. “” fani bo‘yicha mustaqil ishlarni tashkil etilishi va bajarilishi ham o‘quv rejada rejalashtirilgan boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda olib boriladi.
Mustaqil ta’lim mazmuni ma’ruza va seminar (amaliy) mashg‘ulotlari mavzulari asosida shakllantiriladi. Biroq mustaqil ta’lim ko‘proq ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘rganilmagan masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Mustaqil ta’lim asosida o‘qib-o‘rganilgan masalalar fan bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari savollarida o‘z aksini topadi.
Ko‘rsatmada talabalarning mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha tavsiyalar, mustaqil ishlarini tashkil etish maqsadi, olib borish tartibi, ajratilgan soat, mustaqil ish turlari, ularni bayon etish yo‘l, usullari, texnikasi va mazmunini yoritishda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.

Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling