O’zbekiston respublikasi oliy
Download 1.99 Mb.
|
Tajriba mashg'ulot Informatika 1-kurs IO'M Tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoq sistemasi Asosi Sanoq sistemasining alfaviti
- Ikkili sanoq sistemasidan q = 2 n asosli sanoq sistemasiga o‘tish.
- Misollar.
- 2.4. q = 2 n asosli sanoq sistemasidagi sonni ikki asosli sanoq sistemasidagi songa o‘tkazish.
- Topshiriqlar Variantlar
- Tajriba ishi № 11 Mavzu
- Ishning borish tartibi
- Tajriba ishi № 12 Mavzu
Tajriba ishi № 10 Mavzu: 2 asosli sanoq sistemasida amallar bajarish. Ishdan maqsad:Ikkilik sanoq sistemasi haqida ma’lumot olish va ular ustida ammallar bajarish Kerakli jihozlar:Kompyuter,proyektor,kalkulyator Nazariy qism:
Ikkili sanoq sistemasidan q = 2n asosli sanoq sistemasiga o‘tish. Ikkili asosli sanoq sistemasidan q = 2n asosli sanoq sistemasiga o‘tishnig qulay usuli bo‘lib, bunday holda ikkili sonning butun va kasr qismlari mos ravishda chapga va o‘ngga qarab n ta raqamlardan tashkil topgan guruhlarga ajratiladi. Agar birinchi chap va oxirgi o‘ng tomondagi guruhlarda raqamlar soni n dan kam bo‘lsa ular nollar bilan to‘ldiriladi. So‘ngra ikkili sanoq sistemasidagi har bir guruh q = 2n sanoq sistemasidagi mos raqamlarga almashtiriladi. Misollar. 1. 101111111000000112 sonni sakkiz asosli sanoq sistemasiga o‘tkazing. Bunda q = 8 = 23 , n = 3. Yechish. Berilgan sonni chapdan o‘ngga qarab uchta (triada) raqamlardan tashkil topgan guruxlarga ajratib olamiz. Agar chap tomondagi oxirgi guruxda raqamlar soni uchtadan kam bo‘lsa uni nol soni bilan to‘ldiramiz va har bir triadaga sakkizli sanoq sistemasidagi mos raqam bilan almashtiramiz. 101111111000000112 = 010 111 111 100 000 011 = 2774038 2 7 7 4 0 3 Javob. 101111111000000112 = 2774038 2. 11011011100011,110112 sonini o‘n oltili sanoq sistemasiga o‘tkazing. Bunda q = 16 = 24, n = 4. 11011011100011,110112 = 0011 0110 1110 0011,1101 1000 = 36Е3,D816 3 6 Е 3 D 8 Yechish.h. Yuqoridagi usuldan foydalangan holda berilgan sonning butun qismini o‘ngdan chapga qarab, kasr qismini esa chapdan o‘ngga qarab n = 4 ta raqamlardan tashkil topgan tetralarga ajratib chiqamiz va ularga mos bo‘lgan o‘n oltili sanoq sistemsidagi raqamlar bilan almashtirib chiqamiz 2.4. q = 2n asosli sanoq sistemasidagi sonni ikki asosli sanoq sistemasidagi songa o‘tkazish. q = 2n asosli sanoq sistemasidagi sonni ikki asosli sanoq sistemasidagi songa o‘tkazish uchun berilgan sonning har bir raqamini n razryadli ikkili songa almashtirish kifoya. Ikki asosli sanoq sistemasida qo‘shish va ko‘paytirish jadvallari:
Sonlarni ayring. 1. 1100111002 - 1001100112 = 11010012
Izoh. 0 < 1 bo‘lganligi uchun oldingi ikkinchi razrayaddan 1 qarz olamiz. Ikkinchi razryadda ham 0 bo‘lganligi uchun uchinchi razryaddan ikkinchi razryadga 1 qarz olamiz, u 2 ga tеng bo‘ladi. Ikkinchi razryaddan birinchi razryadga 1 qarz olamiz, u holda ikkinchi razryadda 1 soni birinchi razryadda esa 2 soni hosil bo‘ladi. Dеmak, natijaning birinchi razryadiga 2 – 1 = 1 bo‘lganligi uchun 1 yoziladi. Ayriluvchining ikkinchi razryadida 0 soni o‘rnida 1 soni qolganligi uchun 1 – 1 = 0. Dеmak, natijaning ikkinchi razryadiga 0 soni yoziladi va h.k. Topshiriqlar
Tajriba ishi № 11 Mavzu: 8 asosli sanoq sistemasida amallar bajarish. Ishdan maqsad:Sakkizlik sanoq tizmi bilan ishlashni o’rganish. Kerakli jihozlar: Kompyuter,proyektor,kalkulyator Nazariy qism: Sakkiz asosli sanoq sistemasida qo‘shish va ko‘paytirish jadvallari:
3-jadval. Ishning borish tartibi: 1. Sakkiz asosli sanoq sistеmasidagi 2774038 sonni ikki asosli sanoq sistеmasiga o‘tkazing. Yechish. 2774038 = 010 111 111 100 000 011 = 101111111000000112 2 7 7 4 0 3 2. 7264,568 + 567,4768 = 10054,2568
2. 38 + 28 (q=8) ni hisoblang. 3 va 2 lar 8 asosli sanoq sistеmasida bo‘lganliklar uchun ular albatta 10 dan kichik sonlardir. SHuning uchun ular bеvosita qo‘shiladi. 310 + 210 = 510. 5 soni 8 dan kichik bo‘lganligi uchun 5 ning o‘zi yoziladi. Dеmak, 38 + 28 = 510 3. 68 + 78 (q=8) ni hisoblang. 68 + 78 = 610 + 710 = 1310. 1310 sonini q=8 asosli sanoq sistеmasiga o‘tkaziladi, u 158 ga tеng. Dеmak, 68 + 78 = 158. Topshiriqlar
Tajriba ishi № 12 Mavzu: 16 asosli sanoq sistemasida amallar bajarish. Ishdan maqsad:16 li sanoq sistemasi ustida turli ammallar bajarish. Kerakli jihozlar: Kompyuter,proyektor,kalkulyator Nazariy qism: O‘n oltili sanoq sistemasida qo‘shish jadvali: 4-jadval
O‘n oltili sanoq sistemasida ko‘paytirish jadvali: 5 - jadval
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling