O’zbekiston respublikasi oliy va innovatsion ta’lim vazirligi


Download 247.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana16.06.2023
Hajmi247.11 Kb.
#1513362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kurs ishining vazifasi. Xonlikning tashkil topish sabalarini,sharoitlarini 
o’rgangan holda mavzuni yanada yaxshiroq yoritishga hissa qo’shish.Shubhasiz 
Qo’qon xonligi mamlakatimiz tarixida muhim ahamiyatga ega davlat 
hisoblanadi.Shuning uchun ushbu xonlik tarixini,uning ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotini,davlat boshqaruvini ilmiy jihatdan chuqur tadqiq etish muhim vazifalardan 
hisoblanadi. 
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Ushbu kurs ishi XVIII asr boshlarida tashkil 
topgan bu xonlikning tarixini hozirgi qadar yetib kelgan manba va asarlar bilan 
taqqoslash orqali o’rgangan holda,bugungi kun uchun mavhum bo’lgan ilmiy 
faktlarni yanada aniqroq holatda ochib beradi.Albatta o’rganish jarayonida xonlik 
tarixining boshqa jihatlari ham e’tibordan chetda qolmaydi. 
Kurs ishinig o’rganilish darajasi. XVIII ars boshlaridan,ya’ni xonlik tashkil 
topgan davrdan boshlab,uning keying arslardagi siyosiy ahvoli, ijtimoiy holati 
o’rganiladi.Shuningdek kurs ishi XIX asrdagi jarayonlarni ham o’z ichiga qamrab 
oladi.Kurs ishi XVIII asr boshlaridan XIX asr ikkinchi yarmiga qadar bo’lgan 
davrni qamrab oladi. 
 
 
 


I - BOB Qo'qon xonligining tashkil topishi
1.1.Qo’qon xonligining tashkil topishi. XVIII asrning boshlarida Farg‘ona 
vodiysida shakllangan yangi davlat – Qo‘qon xonligiga mahalliy aholi vakillari 
bo‘lgan ming urug‘i asos soldi. Chunonchi, XVII asrning oxiri – XVIII asr 
boshlarida ashtarxoniylarning siyosiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tushkunlik, 
Farg‘ona vodiysi iqtisodiy mustaqilligining o‘sishi hamda 1704 yilda Chodak 
xo‘jalarining isyon ko‘tarib, Farg‘onaning bir qismini egallashi bunga shart-sharoit 
yaratib berdi. Ammo, Farg‘onaning shimoli va shimoli – g‘arbidagi Koson, Asht, 
Chodak hududlari xo‘jalar qo‘l ostida bo‘lsa –da, ular mustaqil davlatga asos sola 
olmadilar.  
Ma’lumotlarga ko‘ra, ming urug‘ining boshlig‘i, taxminan 1669-1670 
yillarda tug‘ilgan Shohruhbiy ibn Ashur Muhammad (1709-1721 yy.) Chodak 
xo‘jalari qo‘lida bo‘lgan siyosiy hokimiyatni kuch bilan tortib olib, 1709/1710 yilda 
Farg‘ona vodiysidagi minglar sulolasi hukmronligiga asos soldi. Ammo, uning 
hokimiyati hali ashtarxoniylardan to‘la yoki batamom mustaqil emas edi. Chunki 
manbalarda Shohruhbiyning nomi ashtarxoniy Abulfayzxondan so‘ng tilga olinib, 
Shohruhbiyga Buxoro xoni tomonidan otaliq unvoni berilgani eslatiladi. Shohruhbiy 
Buxoro xonligidan mustaqil ravishda (nisbatan bo‘lsa ham) siyosat olib borishga 
harakat qilib, minglar sulolasi tasarrufidagi yerlarni kengaytira boshladi. Shohruhbiy 
hukmronligi davrida Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara va ularning 
atroflaridagi qishloqlar minglar sulolasi qo‘lida bo‘lgan.
1
Shohruhbiyning o‘g‘li va 
vorisi Muhammad Abdurahimbiy (1721-1733 yy.) taxtga o‘tirganidan so‘ng minglar 
tasarrufidagi yerlar yanada kengaya boshladi. Abdurahimbiy 1724 yilda Andijonni, 
1725 yilda Xo‘jandni, 1726 yilda O‘ratepani bosib olib, xonlik hududlariga qo‘shib 
oldi. U qisqa muddat bo‘lsa-da Buxoroga qarashli Samarqand va Kattaqo‘rg‘onni 
egallab, Shahrisabzga ham tahdid solgan.

Download 247.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling