O’zbekiston Respublikasi Oliy va inovatsion texnologiyalar vazirligi


Download 63.53 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi63.53 Kb.
#1626563
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
er shari Ahmadjonov

1. Hindo-Afrika podoblasti.
Bu podoblast Afrikada Sahroi Kabirni janubi chegarasidan to Aranjevaya daryosigacha bo’lgan territoriyani, Arabiston yarim orolini janubiy qismini va Hindiston yarim orolini o’z ichiga oladi. Uning shimoliy chegarasi Himolay tog’lari orqali o’tadi.
Bo’r va uchlamchi davrlardan boshlab Kongoda va Gveniyada turlarga boy tropik flora vujudga keladi. Ular 13000 turdan ortiq bo’lib, asosan tutdoshlar, dukakdoshlar, palmadoshlar, anonadoshlar, sterkulyardoshlar va pandanusdoshlar oilasidan iboratdir.
Uchlamchi davrda Sharqiy Afrika va Arabiston territoriyasida iqlim qurg’oqlana borib, doim yashil gileya o’rmonlarini bargini to’kuvchi o’rmonlar bilan almashinishiga olib kelgan. Keyinchalik esa o’rmonlar siyraklasha borib savanna o’rmonlari bilan va savannalar bilan almashingan. Hindiston territoriyasida ham xuddi shu vaqtda shunday o’zgarishlar sodir bo’lib, uchlamchi davr nam tropik flora bareal flora bilan almashinib boradi. Bu hodisa tog’larda ninabargli tog’ o’rmonlari va alp o’tloqlarining tarkib topishga olib kelgan.
Hindo-Afrika podoblasti uchun xarakterli bo’lgan hozirgi o’simliklar rafi palmasi, moyli palma, liviya, kofe daraxti, banan, bambuk, chalov, papirus, qamish, baobab, akasiya, sutlama, kaktus va boshqa o’simliklardan iborat.
2. Malaziya podoblasti.
Bu podoblast Hindixitoy Yarim orolini, Malaya arxipelogini va Okeaniya orollarini (Gavaya va Yangi Zelandiya orollaridan tashqari) o’z ichiga oladi. Podoblastni iqlim sharoiti va o’simliklari uchlamchi davrdan buyon deyarli o’zgarmagan. Issiq va namgarchil iqlim (yog’in 2500-10000 mm) nam tropik florani rivojlanishiga imkon bergan. Maleziya florasi 45000 turga ega. Ular o’rtasida do’kkakdoshlar, sutlamadoshlar, tutdoshlar, palmadoshlar va dipterokarpodoshlar oilalarini vakillari keng tarqalgan (ular baland daraxt, lianalar, epifitlardirlar).
Podoblastning eng xarakterli o’simliklari sezalpiniya, altingiya, fikus, sagovnik, qalapirmunchoq daraxti, dorchin daraxti va 300 turdagi palmadan iborat. Ulardan tashqari oxrisgul va paporotniklarni ko’p turlari epifit holda uchraydi. Rafleziya va nepentes kabi hasharotxo’r o’simliklar ham uchraydi.
Maleziya podoblasti sholi, banan, shakarqamish, non daraxti, taro, yams, choy o’simligi va turli xil kauchukli va bo’yoqbop o’simliklarni markazi (vatani) hisoblanadi.

Download 63.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling