O'quvchilarni darsdan tashqari fan to'garaklari va fizik kechalarini tashkillashtirish. - Fizikadan o’tkaziladigan to’garak ishining eng qimatlisi shuki, bunda o’quvchilar o’z bilimlarini amalda qo’llashni o’rganadilar, hayotga ishlab chiqarish mehnatida ishtirok etishga tayyorlanadilar.
- Fizika to’garagining mazmuni masalasi eng muhim hisoblanadi. Ko’pincha o’qituvchi to’garak uchun qandaydir qisqa, texnik sohalarni - radiotexnika, kinotexnika va xokazolarni tanlaydi. Fizika o’qituvchisi rahbarlik qiladigan to’garak ishi o’quvchilarning to’garakdagi ishini fizikani o’qitish bilan to’laroq bog’lash imkoniyati bo’lishi uchun ko’proq fizika va texnika tematikasi bo’yicha olib boriladi. Fizika-texnika to’garagini tashkil etish bilan o’qituvchi o’quvchilarning shaxsiy qiziqishlarini hisobga olishi, rejalashtirayotgan to’garak faoliyatini ular bilan birga tashkillashtirishi, mavzularning zamonaviyligi katta ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, o’quvchilarni avtomatika, radio, yadro energiyasi, yarim o’tkazgichlar, raketa-texnikasi, kosmanavtika informatika kabi masalalar qiziqtiradi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan to’garak ishlari o’quvchilarni ayniqsa, qiziqtiradi.
- Fizika kechalari – bu maktabda darsdan tashqari ishni avj oldirib borish uchun ko’p mehnat talab qiladigan samarali tadbirlardan biridir.Fizika kechalarida o'quvchilar: zalni bezatadilar, dokladlar, devoriy gazeta demonstratsion tajribalar va modellar tayyorlaydilar.
Fizikadan darsdan tashqari ishlarning ko'rinishlari
Fizikadan darsdan tashqari ishlarning ko'rinishlari
Konsultatsiya
ekskursiya
Olimpiada
O'quv va namoyishi
Konferensiyalar
KVN
Musobaqalar
To'garaklar
Ular fizikaning ko’p sohalari bo’yicha o’quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga xizmat qiladi. Ko’pchilik o’quvchilarni ishtirok etishi talab qilinadi. Ayrim o’quvchilar dokladlar, boshqalari tajribalar tayyorlaydilar, uchinchilari devoriy gazeta chiqaradilar, to’rtinchilari kecha o’tkaziladigan zalni bezash bilan shug’ullanadilar, beshinchilari mehmonlarni kutish bilan va xokazolar bilan shug’ullanadilar. Kechani o’tkazishga o’quvchilarning ko’p tayyorgarlik ko’rishi ularning jamoa bo’lib birlashishlariga yordam beradi. Bu jamoa darsdan tashqari ishlarning yuqori shakli – fizika to’garaklarining yadrosi bo’lib qoladi. - Ular fizikaning ko’p sohalari bo’yicha o’quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga xizmat qiladi. Ko’pchilik o’quvchilarni ishtirok etishi talab qilinadi. Ayrim o’quvchilar dokladlar, boshqalari tajribalar tayyorlaydilar, uchinchilari devoriy gazeta chiqaradilar, to’rtinchilari kecha o’tkaziladigan zalni bezash bilan shug’ullanadilar, beshinchilari mehmonlarni kutish bilan va xokazolar bilan shug’ullanadilar. Kechani o’tkazishga o’quvchilarning ko’p tayyorgarlik ko’rishi ularning jamoa bo’lib birlashishlariga yordam beradi. Bu jamoa darsdan tashqari ishlarning yuqori shakli – fizika to’garaklarining yadrosi bo’lib qoladi.
- Hamma ommaviy tadbirlar singari fizika kechalari yaxshi o’ylab ko’rishni, aniq tashkil etishni talab qiladi. Kechaning mavzusi, uning ayrim bosqichlarining ketma-ketligi, davomiyligi, zalni bezatish, dokladlarning mazmuni, demonstratsion tajribalar, asboblar, modellar tanlash, devoriy gazetalar chiqarish-bularning hammasi aniq ishlangan va tayyorlangan bo’lishi kerak. fizika kechalarining mavzulari turlicha bo’ladi.
- Kecha fizika kursining qandaydir bo’limiga yoki mavzusiga, fan va texnikaning katta yutug’iga, ajoyib sanalarga (radio kuni, kosmanavtika kuni), vatanimizdagi va chet eldagi ulug’ fiziklarning hayoti va faoliyatiga, to’garak ishlarining natijalariga, shuningdek, tajribalarga, paradokslarga, qiziqarli fizikaga bag’ishlangan bo’lishi mumkin.
- Fizika bo’limlariga bag’ishlangan kechalar o’quvchilar bilimini chuqurlashtirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |