O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet10/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Orqa miya (medulla spinalis) umurtqa pog'onasi kanalida joylashgan. Orqa miya yuqorida katta ensa teshigi orqali uzunchoq miyaga ulanadi. Pastda bel umurtqasi ro'parasida konus shaklida tugaydi. Bu konus ingichka tortib ikkinchi dum umurtqasigacha chiziladi va oxirgi ipga aylanadi. Orqa miyaning bo'yin va bel qismi yo'g'onlashgan u yo'g'onlashmalardan qo'l va oyoqlarga boradigan nervlar chiqadi.
Bosh miya (encephalon) kalla bo’shlig’ida joylashib, og’irligi katta odamda 1360 gr bo'ladi. bosh miya hesh qismga bo'linadi: uzunchoq miya , ко'рriк, miyacha, o’rta miya, oraliq miya va katta yarim sharlar.
Uzunchoq miya, ko'prik, o’rta miya oraliq miya stvoli deyiladi. Miya stvolidan bosh miya nervlari chiqadi. Uzunchoq miya (medulla oblongata) va ko'prik orqa miyaning davomi bo'lib, kalla bo'shlig’- ida ensa teshigi ustida joylashgan. Uzunchoq miya bilan ko'prik kulrang va oq moddadan tuzilgan. Uzunchoq miya bilan ko'prik relektor vazifasini va qo'zg’aiishni o’tkazish funksiyasini boshqaradi. Uzunchoq miya bosh miya nervlarining yadrosidan tashqari hayot uchim muhim organlar faoliyatini idora etadigan markazlar, chunonchi nafas olish,yurak urishini boshqarish, qon aylanish. ovqat hazm qilish (yutish, so'lak chiqarish, me'da shirasini va me'da osti bezi shirasini ishlash) organlarining markazlati va ba'zi himoya reflekslari (qusish,aksa urish, yo’talish, ko'zni yumib-ochish va boshqa) markazlari joylashgan. Uzunchoq miya va ko’prikdan ko'tariluvchi (sezuvchi) va tushuvchi (harakatlantiruvchi) o’tkazuvchi yo'llar o’tadi. Bu yo’llar nerv impulsini orqa miyadan bosh miyaga bosh miyadan orqa miyaga o’tkazib turadi. O'rta miya to’rt tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan ihorat. O'rta miyada tor kanal-Silviy suv yo'li bor. Bu kanal miyaning to'rtinchi qorinchasi bilan uchinchi qorinchasini birlashtiradi. Miya oyoqchalari oq modda bilan kulrang moddadan tuzilgan. Kulrang modda yadrolar hosil qiladi, III va IV juft bosh miya nervlarining yadrolari va qizil yadro shular jumlasidandir. Oraliq miya-o'rta miyadan oldinda joylashgan bo'lib ko’rish dimboqlari oqimtir tanalar va dimboq osti sohasidan iborat. Kirish dumboqlari kulrang moddadan tuzilgan bo'lib, markazga intiluvchi nervlarning deyarli hammasi dastavval shu dimboqlarga kelib, keyin maxsus tolalar orqali bosh miya po'stlog'iga o’tadi Bu dimboqlar zararlanganda organizmda sezish qobiliyati yuqoladi yoki ancha susayadi. Bosh og'riydi uyqu buziladi, korish va eshitish qobiliyati pasayadi. Falajlanish yuz beradi. Yurish. Yugurish. Ovqat hazm qilish kabi murakkab reflekslarning sezuvchi qismi kirish dumboqlari bilan harakatlantiuvchi qismi esa oqimtir tanalar bilan bog'langan. Dimboq osti sohasida moddalar almashinuvi ter chiqarish va termoregulyasiyani boshqaradigan, ichak, qon tomirlari, bachadon va qovuq devorlaridagi muskullarning qisqarishiga ta'sir etadigan markazlar joylashgan. Oraliq miyada gipofiz va epifiz joylashgan. Oraliq miya bo'shlig'i- uchinchi qorincha orqa tomonda Silviy suv yo'liga oldingi tomonda maxsus teshiklar yordamida katta yarim sharlarni yon qorinchalarga tutashtiradi.
Miyacha uzunchoq miya bilan ko'prikni orqa tomonida joylashadi. Miyacha 2 ta yarim shardan iborat bo'lib, ular o'rtasida chuvalchang deb ataladigan qism tafovut etiladi. Miyacha yuqori ,o'rta va pastki oyoqchalar yordamida o'rta miya, ko'prik va uzunchoq miya bilan birlashadi. Miyacha oyoqchalari o'tkazuvchi yo'llardan iborat. Bu yo'llar orqali miyacha markazi nerv tizimining hamma bo'limlari bilan bog'lanib turadi. Miyacha asosan, harakatni koordinasiyalash, muvozanatni saqlash va muskullar tonusini normal ravishda taqsimlash funksiyalarini bajaradi. Miyachasi olib tashlangan hayvonlarda 4 xil o'zgarish yuz beradi.
l.Atoniya- muskullar tonusini o'zgarishi. 2.Asteniya- tez charchash. 3.Astaziya-qo'l -oyoq va boshning titrashi. 4.Ataksiya- harakatlar koordinasiyasining buzilishi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling