O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


) salomatlikning tibbiy biologik va ijtimoiy omillarini o’rganish


Download 0.82 Mb.
bet3/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

1) salomatlikning tibbiy biologik va ijtimoiy omillarini o’rganish;
2) salomatlikning shakllanish mexanizmlarini o’rganish;
3) muayyan shaxsning salo matligi darajasini va turmush tarzini baholash uslublarini yaratish;
4) salomatlikni saqlash va mustahkamlash borasida amaliy uslublar yaratish;
5) valeologiya ta'limini o’rganish borasida nazariy va uslubiy qo’llanmalar. yaratish.
Valeologiya fanining vazifasi soglom yoki kasallikka moyil inson xususiyatlarini tahlil qilish va o’rganishdan iborat bo’lsa, uning maqsadi esa xar bir insonning salomatligini shakllantirish, saklash va mustahkamlash, to’g’risida nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirishdir. Valeologiya tibbiyot xodimlarining, faylasuflarning, ta'lim berish sohasi namoyondalarining, ekologlarning, madaniyatshunoslarning va boshkalarning inson salomatligini sag’lash va mustaxkamlash yo’lidagi intilishlarini va yutuqlarini jamlashtiradi. Valeologiya salomatlikning nazariy va amaliy asoslaridir. Salomatlik haqidagi nazariya nafaqat tibbiy-biologik kontseptsiyalari asosida yaratiladi, balki jismoniy tarbiya va sport nazariyasiga_xam asoslanadi. Jismoniy tarbiya va sport bilan sho’gullanish jismonan sog’lom va hayot mobaynida faoliyatning barcha turlarini oliy darajada qodir shaxsning shakllanishiga ijobiy ta'sir kursatadi. Ikkinchi tomondan, u tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shaxsning keng dunyoqarashga ega bo’lishini, ma'naviy, ijtimoiy va biologik barkamollikka erishishini, kasalliklarga chalinmaslik xo’susiyatiga ega bo’lishini ta'minlovchi asosiy omillardan biridir. Jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishning rivojlanayotgan organizmga, ijobiy ta'siri zaminida organizmdagi xamma a'zolar, tizimlar va yaxlit organizmning ichki va tashqi muhitlar o’zgarishlariga, ijtimoiy hayotda yuz beradigan o’zgarishlarga keng miqyosda moslashish xususiyatlarining shakllanishi yotadi. Kam xarakatlik (gipodinamiya) sharoitida voyaga etayotgan bolalar va o’smirlar organizmining va a'zolarining moslashuv xususiyati qoniqarli darajada bo’lmaydi. Shu sababli ularning organizmi_tashqi muxitning ichki muxitning hamda ,faoliyatning turli va keskin o’zgarishlariga o’z vaqtida va etarli darajada moslasha olmaydi. Natijada bolalar organizmida turli xil patologik jarayonlar va kasalliklar kelib chiqadi. Bu hol, ayniqsa, voyaga etgan yosh ayollar a'zolarining xomiladorlikka xos bo’lgan yuqori va uzluksiz ortib boruvchi faollikni bajarishga moslasha olmasligi oqibatida ko’plab kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.O’z o’rnida bunday ayollardan tug’ilgan avlodlarning ham hayoti mobaynidagi moslashuv xususiyatlari cheklangan bo’lishi mumkin.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling