O’zbekiston Respublikasi oliy va o


Rostlagich quyidagicha ishlaydi


Download 76 Kb.
bet10/11
Sana02.01.2022
Hajmi76 Kb.
#199017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarning vazifalari. O’t oldirish tizimiga qo’yiladigan talablar va uning asosiy ko’rsatkichlari. Koktaktli o’t oldirish tizimining ishlash printsipi. Afzallik va kamchiliklari

Rostlagich quyidagicha ishlaydi. Dvigatelning aylanish chastotasi ortishi bilan (taxminan 400 min-1 dan boshlab) yukchalar markazdan qochma kuch ta’sirida prujinalar kuchini yengib,

o‘z o‘qi atrofida ikki tomonga ajrala boshlaydi. Bu vaqtda yukchalardagi shtiftlar flanetsning qiya ariqchalariga kirib turganligi tufayli, uni va u bilan birga kulachokni valning aylanish yo‘nalishi bo‘ylab ma’lum burchakka buradi. Natijada, kulachok qirralari uzgich kontaktlarini oldinroq uzib, o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini oshiradi. Aylanishlar chastotasi kamayganda yukchalar prujinalar ta’sirida o‘zining dastlabki holatiga qaytadi. Prujinalar har xil qayishqoqlikka ega va bu dvigatel aylanishlar chastotasi o‘zgarganda o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini talab qilingan qonuniyat bo‘yicha o‘zgartirish imkoniyatini beradi.
5.4-rasm. Kontaktli o‘t oldirish tizimining tav- sifnomasi

Vakuum-rostlagich. Vakuum-rostlagich o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini dvigatelning yuklamasiga ko‘ra rostlash uchun xizmat qiladi. YUklama kam bo‘lganda silindrlarning yonilg‘i aralashmasi bilan to‘lish darajasi, va demak, o‘t olish daqiqasidagi bosim pasayadi. Shu bilan birga ishchi aralashmaning qoldiq gazlar bilan ifloslanishi kuchayadi, natijada yonish tezligi kamayadi. Bu esa o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini oshirish zaruriyatini tug‘diradi. YUklama ortishi bilan silindrlarning yonilg‘i aralashma bilan to‘lish darajasi ortib boradi, qoldiq gazlar miqdori esa aksincha, kamayib boradi va yonish tezligi ortadi. Demak, bu holda o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini kamaytirish kerak bo‘ladi.

Vakuum-rostlagichning tuzilishi 5.6-rasmda keltirilgan. U ichki bo‘shlig‘i elastik diafragma 4 bilan bo‘lingan qobiq 5 va uning qopqog‘i 1 dan iborat bo‘lib, uning prujina 3 joylashtirilgan o‘ng yarim bo‘shlig‘i naycha 2 yordamida drossel to‘siqchasining yuqori qismidagi karburatorning aralash-tirish kamerasi bilan bog‘langan. Ikkinchi yarim bo‘shlig‘i esa atmosfera bilan tutashtirilgan. Diafragma 4 ga tortqi 6 mahkamlangan bo‘lib, u sharnirli birikma yordamida uzgich o‘rnatilgan qo‘zg‘aluvchi plastina 7 bilan bog‘langan. Qo‘zg‘aluvchi plastina zo‘ldirli podshipnikka o‘rnatilgan bo‘lib, bu vakuum- rostlagichning sezuvchanlik darajasini oshiradi.




Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling