O`zbekiston respublikasi oliy va o`ra maxsus ta`lim vazirligi farg`ona davlat universiteti sirtqi bo`limi


Download 348 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana16.06.2023
Hajmi348 Kb.
#1489371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nutq rivojlantirish mustaqil ish

Go’daklik yoshi: 0 - 1 
Bola hayoti kattalar hayoti va faoliyatiga uyg‘unlashgan bo‘ladi. Ayni paytda 
bolada unga ta'sir o‘tkazish uchun biron-bir o‘ziga xos insoniy vositaga mavjud 
bo‘lmaydi. Bu mazkur rivojlanishning asosiy genetik vazifasi - kichkintoylarda 
katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini shakllantirishdan 
iboratdir. Emotsional-erkin muloqot - ushbu yoshdagi yetakchi faoliyat turi 
hisoblanadi. 
Bolaning 
boshqalardan 
ajralib 
qolishi, 
kattalar 
bilan 
emotsional 
muloqotlarning yetishmasligi bola hayotining dastlabki oylaridan boshlab uning 
yetarli darajada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin. 
Bolaning kattalar bilan muloqotining dastlabki belgilari «jonlanish 
kompleksi», ya'ni bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy munosabati 
ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 2-2,5 oydan boshlab kichkintoy muloqotga kirishishni 
faol talab qila boshlaydi. 
Muloqotning birinchi shakli - emotsional-erkin (vaziyat-shaxs) shakldir. Bu 
boshqa odamga bo‘lgan qiziqish, unga nisbatan emotsional munosabat bilan 
tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga 
xos holatdir. 
Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli - ya'ni, emotsional-vositali 
(vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro‘y beradi. Bu 
muloqot predmetlar orqali vositali muloqotga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning 
qiziqishlari atrofdagi olamga yo‘naltirilgandir. Unda yangi taassurotllarga ehtiyoj 
yorqin paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat: 
Bolalar muassasalarida, oilada bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan kattalarga 
nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini tarbiyalash. 
Unga nisbatan ijobiy diqqat-e'tiborga bo‘lgan ehtiyojni qondirish. 
Kichkintoyning uni o‘rab turgan atrof-olamga va uning o‘ziga nisbatan 
qiziqishni rivojlantirishga ko‘maklashish. 

Download 348 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling